44
dalalaridan iborat. G`arbiy Shpitsbergen orolida ham so’ngan vulqonlar va issiq
buloqlar bor.
Kanar orollarining ham eng baland joyi 3718 m bo’lib, Tenerife orolidagi
Teyde vulqoni.
Hind okeanida ham bir necha so`nmagan vulqonlar bor. Masalan,
Madagaskar
yaqinidagi Komor, Mavrikiy, Reyunon orollarida va Antarktida
materigi atrofidagi orollarda ham so`nmagan (Erebus) vulqonlar bor.
Okean o`rtasidagi yoki chekka orollardagi harakatlanuvchi vulqonlardan
ko`pincha asosli lava, materik chekkasidagi va o`rtasidagilardan ko`pincha nordon
va o`rta lava chiqadi. Bu xususiyat yer po`stining rivojlanishini o`rganishda
katta
ilmiy va amaliy ahamiyatga egadir.
Vulqon jarayoni faqat okeanda yoki orol, yarim orollarda bo`lmasdan,
materik orasidagi tog`lar, platolarda ham bo`lib turadi va o`z mahsuloti bilan Yer
po`stini vulqon jinsi va foydali qazilmalar bilan boyitadi. Materikdagi vulqonlar
okean va orollardagiga nisbatan paydo bo`lishi va mahsuloti bilan farq qiladi.
Quruqlikda neogen va antropogen davrida harakatda bo`lgan vulqonlardan
xarakterlilari
Markaziy va Sharqiy Afrika, Arabiston, Yevropaning g`arbi,
Osiyoning markazi, shimoli-sharqi va sharqiy qismida ko`proq tarqalgan.
Afrika markazida va sharqiy qismidagi vulqonlar asosan paleogen va
antropogen davrida hosil bo`lgan katta yer yoriqlariga joylashgan bo`lib, yangi
strukturalar hosil bo`lishi bilan yaqindan aloqadordir. Afrikaning shimoli-g`arbida
3000 km cho`zilgan tog`liklar Markaziy Afrika do`ngligidan regional yer yorig`i
bilan ajralib turadi. Biafra qo’ltig`i sohilida Kamerun vulkanik massivi (4070 m)
ajralib turadi. Keniya Sharqiy
Afrikadagi vulkanik massiv, balandligi bo’yicha
Afrikada ikkinchi o’rinda (5199 m). Sharkiy Afrika rift zonasidan sharqroqda, lava
platosidan kesik konus ko’rinishida ko’tarilgan.
Janubda Janubiy Afrika tog`lari (eni 2,5 ming km) bor. Materik sharqida esa
4 ming km ga cho`zilgan baland Afrika tog`lari bo`lub, u Zambiyadan boshlanib
Qizil dengizgacha boradi. Bu tog` tizmalarida neogen va antropogen davrlarida
katta yer yoriqlari paydo bo`lgan. Yer yoriqlaridan chiqqan bazalt tarkibli vulqon
45
jinslari qari (tokembriy) tog` jinslari ustiga quyilgan.
Bunday harakat ayrim joylarda hozirgi vaqtda ham bo`lib turibdi. Masalan,
Afrikadagi Klimanjaro vulqon guruhi tarkibida Kibo — 6010 m, Solfator
bosqichida Chanbaysan tog`idagi Bay-tau-shan vulqoni (KXDR) dan 1898-yilda
traxit lavasi chiqqan.
Afrika g`arbida Gvineya qo`ltig`idan shimolga qarab yo`nalgan yer yorig`i
Atlantika okeani ostidan boshlangan bo`lib,
unda bir qator vulqonlar, chunonchi,
Bambuto (2680 m), Kamerun (4070 m) vulqonlari joylashgan. Kamerun vulqoni
1959-yilda ham harakatga kelgan. Markaziy Sahroi Kabirda Tibestida tog`i ustida
katta vulqon krateri (kalderasi 14 km) va yosh lava qatlamlari keng tarqalgan. Bu
yerda vulqon mahsuloti 14
ming km
2
maydonnn egallagan. Tibesti vulqoni
(kalderasi) krateri eni 14 km ga teng. Bunday vulqon krateri ko`p bo`lib, ularning
balandligi yer yuzasidan 2800—2900 m balandda. Vulqon mahsuloti bazalt-
andezit lavalardan tashkil topgan.
Baykal ko`lining janubi-sharq va janubida quyi to`rtlamchi davrda yer
yorilib bazalt lavalari oqib chiqqan. Bazalt lavalar
daryo vodiysidagi allyuvial,
delyuvial yotqiziqlar bilan qat-qat bo`lib yotadi. Bazalt lavasi bir necha ming m
2
maydonni tashkil etadi. Tog` oralig`idagi soylarning botiq joylarida bazalt lavasi
qalinligi 50—60 m dan ortiq. Bazalt lavasi oqib chiqqan joylari asosan meridional
yo`nalishdagi yer yorig`iga joylashgan.
V.E. Xain, N.I. Nikolayevlarning fikricha, yer shari ichki harakati, jumladan
tektonika, zilzila va vulqon jarayonlari o`tgan davrlarga nisbatan hozirda ancha
faollashgan.
Yevropada joylashgan mashhur vulqonlarga quyidagilar kiradi:
Vezuviy — Yevropaning materik qismidagi so’nmagan yagona vulqon.
Apennin yarimorolida, Janubiy Italiyada Neapol shahri yaqinida joylashgan ushbu
vulqon 3 ta konus hosil qilgan. Ichki konus eng kattasi va yoshi bo’lib, balandligi
1277 metrga yetadi. Krateridan va yangi oqib chiqqan
lava orasidan harorati
400° li suv bug`lari va gazlar chiqib turadi. Vezuviy otilganda bazaltli lava oqib
chiqadi. Ana shu paytlarda ko’pincha momaqaldiroq bo’lib, jala quyadi; yomg`ir
46
suvi kul bilan aralashib sel hosil qiladi. Milodiy 79-yilda Pompey, Gerkulanum va
Stabiya shaharlari shunday oqim ostida qolib ketgan. Vezuviy 1631, 1794, 1822,
1906 va 1944-yillarda, oxirgi marta esa 1957—59 yillarda otilgan. 1842-yilda 608
m balandlikda vulkanologiya rasadxonasi qurilgan. 800 m balandlikkacha bog`lar,
tokzor, qarag`ayzorlar bunyo’d etilgan. Ushbu vulqonni ko’rish uchun ko’plab
turistlar tashrif buyuradi.
Dostları ilə paylaş: