9-rasm. Vulqon krateri. Shakli eng oddiy vulqonlar maarlardir. Ular faqat bug` va gaz otadi. Vulqon
otilgan joyda otilish naychasi deb ataladigan teshik va konussimon kengayib
boruvchi krater qoladi. Mana shu krater maar deb ataladi. Maarlarning diametri
300 m dan 3000 m gacha, chuqurlngi 300 m gacha bo`ladi. Nam iqlimli o`lkalarda
bu kraterlarda ko`llar paydo bo`ladi.
Maarlar – so’ngan vulqonlarda uchraydi, uning voronkasimon, silindrsimon
o`yiq, tog`orasimon relyef shakli uchraydi. Zabaykale tog`idagi Obruchev va
Mushketov vulqonlarining kraterida yog`in suvi to`planib ko`l hosil qilgan.
Obruchev vulqoni gumbazi balandligi 150 m, kraterini chuqurligi 500 m. Ular
doira shaklida bo`lib, qirg`oq chizig`i tekis bo`ladi, o`rtasiga yaqinlashgan sari
chuqurligi orta boradi. Kamchatkadagi Kronotskiy ko`li va Shtutgart yaqinidagi
Ural hududida 50 km
2
maydonda maar ko`llar tarqalgan. Dengiz qirg`oqlarida yoki
orollarda joylashgan krater va kalderalar suv yuzasi bilan barobar bo`lsa suv to`lib
qolib, qo`ltiqlar hosil qiladi. Kamchatkadagi Avachinskiy qo`ltig`ining bir qismi
37
Tariya ko`rfazi kraterga va Atlantika okeanidagi Svyatoy Pavel oroli kalderaga
misol bo`la oladi.
10-rasm. So’ngan vulqon krateridagi ko’l. Diatermlar ham maarlarga o`xshash bo`ladi, lekin farqi faqat shuki
diatermlarning suv bilan to`lgan kraterlari bo`lmaydi. Janubiy Afrikadagi
Kimberliy diatermlari ayniqsa mashhurdir. Bular silindrsimon quduqlardir.
Magmadan ajralib chiqadigan yer osti gazlari yer po`stidagi tog` jinslarining kichik
yoriqlarida siqilgan va nihoyat portlash natijasida yorib chiqqan, shu yo`l bilan
quduqlar hosil bo`lgan.
Ba’zi vulqonlarni lavasini ko`proq qismi kul bo`lib ketadi, bu tipga Vezuviy
vulqoni xosdir.
Agar vulqon qattiq otqindi jinslar (bombalar-kattaligi mushtdan to kalladek
keladigan dumaloq lava bo`laklari, lapilla mayda toshlar, vulqon kuli) bilan birga
vaqti-vaqti bilan lava ham chiqarib turadigan bo`lsa, konus qatlamli tuzilishda
bo`ladi. Bular strato vulqonlardir. Bunday holat poligan vulqonlar uchun xos. Bu
vulqonlar yonbag`rining qiyaligi 30-35
o
bo`ladi. Bu vulqonlarni krater va konusi
38
o`sib boradi. Chimbarosa- 6272 m, Elbrus - 5633 m, Klyuchi-Sopkasi - 4750 m,
Fudzyama - 3376 m, Ararat -5156 m. Bir marta otilib tamom bo`ladigan vulqonlar