Microsoft Word Вулқонлар Айбуллаева Ситора


 Vulqon otilishidan hosil bo’lgan relyef shakllari



Yüklə 1,46 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə14/25
tarix05.04.2023
ölçüsü1,46 Mb.
#93692
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   ...   25
522c4820b5c6e4cf78ed686631ff3529 Vulqonlarning Yer yuzida geografik tarqali

2.2 Vulqon otilishidan hosil bo’lgan relyef shakllari 
Vulkanik jarayonlar tog`li va tekislik relyef shaklini vujudga keltiradi. Vulqon 
portlashida chiqarib tashlagan magmadan vujudga kelgan relyef vulqon relyef 
shakllaridir. Vulqon hosil qilgan relyef uning harakat tipiga bog`liq. Vulkanizm 
jarayoni o`ziga xos vulkanik relyef shakllarini vujudga keltiradi. Vulqonlar okean 
yer po`stining kontinental yer po`stiga aylanishida ham ishtirok etadi. 
Magma oqib chiqadigan darzning xususiyatiga ko`ra vulqonning 3 turi bor: 
 
1) Maydon hosil qilib portlash jarayoni. Asosan yer sayyorasi paydo 
bo`lgan vaqtda yer po`sti yupqa bo`lib, yer yuzasining ko`p joylaridan maydon 
hosil qilib vulqon harakat qilgan va ko`plab magma yer yuzasiga oqib chiqqan. 
Buning natijasida lava platolari hosil bo`ladi. Hozirgi vaqtda bu jarayon deyarli 
yo`q. 
 
2) Chiziqli yoki yoriqlar bo`ylab vulqon harakati. Asosan yer po`stida 
vujudga kelgan yoriqlardan suyuq lava oqib chiqadi va katta maydonni egallab 
lava qoplamini hosil qiladi. Yoriqlardan lavaning oqib chiqish jarayoni hozirgi 
davrda Islandiyadagi Laki va Gekla vulqonlari (lava yorig’ining uzunligi 30 km), 
Kanar, Azor, Gavay, Yangi Zelandiya orollarida ro`y bergan. Islandiya oroli 
butunlay ana shunday vulkanik jinslaridan tarkib topgan. 1783-yil uzunligi 24 km li 
yer yorig`idan 15 km
3
dan ortiq lava va uvoq jinslar otilib chiqib, kattagina 
vulkanik tekislik hosil qilgan.
O`tgan eralarda, paleozoy, mezazoy va quyi kaynazoy eralarida bu jarayon 
juda kuchli bo`lgan. Ular katta-katta vulqon platolari yoki yassi tog`liklar hosil 
qilgan; bunga lava qoplagan joylar to`lqinsimon tekislikdan iborat; ular qancha 


34 
qadimiy bo`lsa, relyefi shuncha ko`p parchalangan bo`ladi. 
Kolumbiyadagi lava platosi (maydoni salkam 400 000 km
2
), Dekan trapplar 
platosi (maydoni 300 000 km
2
ga yaqin) Patagoniyadagi Bazalt platosi
Armanistondagi vulkanik yassi tog`liklar Sharqiy Sibirdagi trapplar o`lkasi 
(maydoni 1 mln. km
2
) misoldir. Buning natijasida Sibir trapplari (shvedcha 
“zinapoya”) hosil bo`lgan. Asosan platformani cho`kindi jinslar o`rab olgan ustida 
qalin lava qoplami hosil bo`lgan. U gabbro, diabaz, andezid kabi magmatik 
jinslardan tarkib topgan. Bu trapp relyef shakli deyiladi. O`rta Sibirda uning 
maydoni 1,5 mln km
2
, Dekan yassi tog`ligida 653 ming km
2
. Lava platosi Shimoliy 
Amerikada Kolorado vodiysida 550 ming km
2
, Janubiy Amerikada bazaltdan 
tuzilgan Patagoniyada 750 ming km
2
, ularning usti deyarli tekis bo`ladi. Arman 
yassi tog`idagi lava qoplami holatini o`rgansak, uning yuza qismi tekis yoki kichik 
to`lqinlar hosil qilganini ko`ramiz. Agar lava oqib chiqadigan yoriqlar ma’lum 
tomonga yo`nalgan bo`lsa, bu yerda lava chiqib qotadi va atrofdagi boshqa jinslar 
yemirilib ketgach uzun devorlar singari cho`zilib yotadi.
Vulqon relyefi shakllari vulkanning otilish xarakteriga hamda lavasi tarkibiga 
bog`liq. 
Dayka - yer yuzasining yuvilib ketishi va undagi jinslar nurashi natijasida 
tomir jinslar ochilib, yer yuzasiga chiqib qoladi, qadimgi yemirilgan binolardek 
yoki to`nkadek ko`tarilib turadi. Bunday ko`rinish Sharqiy Qrimdagi Qora-dog` 
tog`larining vulkanik guruhlarida, Eronning Elbrus tog`larida uchraydi. Shulardan 
eng kattasi Rodeziyadagi Serpantin daykasi, uzunligi 500 km dan ortiq, eni esa 10 
km gacha keladi. 

Yüklə 1,46 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   ...   25




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin