6-rasm. Islandiyadagi geyzer.
Yellouston milliy bog`idag geyzer favvorasining balandligi 40 m ga,
Kamchatkadagi Velikan geyzerining favvorasi 50 m balandlikda, undan
chiqayotgan bug` esa 300 m balandlikka ko’tariladi. Velikan geyzeri har uch
soatda to’rt minut davomida otilib turadi. Kamchatkadagi geyzerlar va issiq
buloqlar suvi to’planib, Geyzernaya daryosini hosil qiladi. Geyzernaya daryosining
suvi issiq bo’lgani uchun qishda muzlamaydi.
Geyzerlar suvining harorati yer yuzasida 90
0
C -99
0
C
ga yetsa,
chuqurroq
qismida 150
0
C va undan ham ortiq bo’lishi mumkin.
Hozirgi vaqtda geyzerlar va issiq buloqlar suvidan uylarni, issiqxonalarni
isitishda, elektr energiya olishda hamda davolanishda foydalanilmoqda. Jumladan,
Kamchatka yarimorolining Paujet rayonida geotermal elektr stansiya ishga
tushirilgan. Islandiya, Kanada, Yaponiya, Xitoy, AQSh, Yangi Zelandiyada ham
geyzerlar ko’p.
27
II BOB. VULQON HOSIL QILGAN RELYEF SHAKLLARI
2.1 Vulqonlarning tiplari
Vulqon jarayonlarini va mahsulotlarini muttasil kuzatish va tekshirish
natijasida tarkibi uning har xil ekanligi aniqlanadi. Natijada vulqon mahsulotlari
tarkibiga ko`ra quyidagi guruhlarga bo`linadi:
1. Gavayi tipidagi vulqonlar. Bunga Gavayi orollarida va Islandiyada
joylashgan vulqonlar kiritiladi. Gavayi orolida bir qancha vulqon kraterlari bor.
Gavayi tipidagi vulqonlardan asosiy, ya'ni tarkibida kremniiy kam bo`lgan
bazalt lavasi otiladi. U sekin otiladi va sekin-asta sovur ekan, atrofga keng
yoyiladi. Bunday vulqonlar qalqon qoplamlari hosil qiladi; qalqon qoplamlari
maydoni juda katta va yuzasi yassi bo`ladi. Gavayi orollarining eng kattasi —
Gavayi uchta vulqonning qo`shilishidan hosil bo`lgan. Bu vulqonlarning tepasi
ancha baland bo`lishiga qaramay (Mauna Loa — 4170 m. Mauna Kea—4205 m,
Gualalai — 2251 m), yon bag`irlari juda yotiq — 6° atrofida. Gualalai (2521 m),
Mauna-Loa va boshqa vulqonlar yer yorig`i ustida joylashgan. Bular ichida eng
balandi Mauna-Loa vulqoni bo`lib, dengiz sathidan 4166 m balandda joylashgan.
Bu vulqon 1843-yildan boshlab 1896-yilgacha har 2—3 yilda, ba’zan har yili
otilib, o`zidan va yon yoriqlaridan juda ko`p olivinli bazalt lava chiqarib turgan.
Kamchatkadagi Tolbachek vulqoni ham qalqonli vulqonlarga kiradi.
Islandiyadagi so`nmagan vulqonlardan Kodlouttadingya (1180 m) vulqoni
uncha baland bo’lmasa ham mahsuloti va harakati bilan boshqa vulqonlardan farq
qiladi. Vulqondan harorati 1200° C ga yetadigan suyuq bazalt lava oqib chiqib
turadi. Qiya joylarda lava sekundiga 4—5 m, tik joylarda 8 m gacha harakat qilib,
80 km gacha masofaga oqib boradi. Lava suyuq bo`lganligidan balanddan pastga
qarab xuddi daryo sharsharasidek sharillab turadi. Bu xil vulqonlardan bomba, kul
chiqmaydi va ular portlamaydi. Bunday vulqonlar mahsuloti qavat-qavat bo`lib,
qiyaligi 5—8°, ustidan qalqonga o`xshab ko`rinadi.
|