22
Vulqon otilishidan hosil bo`lgan shakllar xilma-xildir. Masalan, maar
tipidagi vulqon kraterining atrofi tuf yoki vulqon kulidan iborat bo`ladi.
Vulqon
kraterining diametri 250 m dan 1 km gacha bo`lib,
uning shakli voronkaga
o`xshash, krateri ko`pincha suv bilan to`lib ko`l hosil bo`ladi.
1-jadval
Vulqon relyefining genetik kategoriyasi
(Speridonov A. I. bo`yicha qisqartirib olingan)
Relyefning
asosiy
genetik
kategoriyasi
Relyefni hosil
qiluvchi sabab
Relyefni genetik va morfologik xillari
Faqat vulqon
harakatidan
Effuziv
harakatidan
Massaning siqilib
chiqishidan
Otilib chiqishidan
Nordon lavadan: tikroq yonbag`ir, lava konusi
Asosiy lavadan: yotiq yonbag`irlar,
lava qoplagan platolar, qalqonsimon shakllar
Otilib chiqqan mahsulotlaridan:
qiya yonbag`irlar, konus shakllari
Quyuq lavadan siqilib chiqib:
liparitli, andezitli, datsitli do`ng, qabariqlar
Kraterlar, maar, kalderlara.
Balchiq
vulqonlar
Quyilib va otilib
chiqishidan
Do`ng, adir, sopka (cho`qqi)
Geyzerlar
Tommalar
Travirtinali, geyzeritli, do`nglar
va vulqon terrasalari
Yoriqlardan chiquvchi vulqonlar odatda ma’lum bir markaziy kanaldan
otilib chiqmay, balki bir necha 100 m cho`zilgan va chuqur yer yoriqlaridan otilib
chiqadi. Ulardan otilib chiqqan suyuq bazalt lava
konus shaklini hosil qilmay,
ko`pincha qalqonsimon qoplam hosil qiladi. Yer tarixida eng ko`p maydonni
23
egallagan bazaltli vulqonlar Hindistonda, AQShning
Vashington va Oreon
shtatlarida joylashgan, ular miotsen davrida vujudga kelgan. Oreon shtatidagi
bazalt lavasi qalinligi 1000—1500 m ga yetadi va maydoni 500 km
2
dir.
Hindistonda bazalt lavalari 6,5 mln km. kv.
maydonni qoplab olgan, ularning
qalinligi 3 ming km ga yaqin.
Yoriqlardan chiqadigan asosli magma, bazalt mahsulotlari suyuq bo’lib yer
betiga
bir tekisda quyulib, bora-bora qalqonsimon shaklni oladi. Ba`zan vulqon
apparatlarining yon tomonlaridan yoriqlar paydo bo’ladi, u yerdan ham vulqon
mahsulot chiqa boshlaydi. Bu xildagi vulqon parazit vulqon deb ataladi. Markaziy
vulqon kraterlarining diametri ko’pincha 500—2000 m bo’lib, ba`zan 25—75 km
gacha (Afrikada), chuqurligi esa bir necha 100 m ga boradi.
Vulqon jarayoni Yer
sharining ko’p joylarida, okean va dengizlarda uchraydi. Uning mahsulotlari
yerning tarixiy rivojlanishida katta ahamiyatga ega.
Yer yoriqlaridan chiquvchi asosli bazalt lava hozirgi vaqtda orollarda, yarim
orollarda va okean tagida ko`p uchraydi. Masalan,
Grenlandiya, Islandiya
orollarida hozir ham yer yoriqlaridan lava quyilib turadi. Bazalt lavasi Atlantika,
Hind va Tinch okeanlar tagida ham otilib turadi.
Vulqon otilishdan hosil bo’lgan shakllar xilma-xildir. Masalan: Maar
tipidagi vulqon kraterining atrofi tuf yoki vulqon kulidan iborat bo’ladi. Vulqon
kraterining diametri 250 m dan 1 km gacha bo’lib, uning shakli voronkaga
o’xshash
, krateri ko’pincha suv bilan to’lib ko’l hosil qiladi.
Gaz va bug’ning juda ko’p to’planib qolishi natijasida ba`zan kuchli portlash
yuz berib, vulqon tepasida katta botiqlik —
kalderalar vujudga kelishi mumkin.
Ular aylana shaklda bo’lib, chetlari tik, ichki devorlari vertikal bo’lishi mumkin.
Ularning o’rtasida keyin paydo bo’lgan yosh konuslar bo’lishi mumkin.
Kalderalarning diametri 10— 15 km gacha va undan ham ko’proq bo’lishi
mumkin, keyinchalik kalderalar katta ko’lga aylanadi.