Microsoft Word Вулқонлар Айбуллаева Ситора


Vulqonning gazsimon mahsulotlari



Yüklə 1,46 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə5/25
tarix05.04.2023
ölçüsü1,46 Mb.
#93692
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   25
522c4820b5c6e4cf78ed686631ff3529 Vulqonlarning Yer yuzida geografik tarqali

Vulqonning gazsimon mahsulotlari vulqon harakati boshlanishdan to 
so`nguncha vulqonning asosiy krateridan va uning atrofidagi teshik-yoriqlardan, 
lava qoplamalaridan va qotayotgan vulqon jinslardan turli xil gaz va suv bug`i 
holatida chiqib turadi. Vulqon gazlari vulqon otilayotganda va tinchigandan 
so’ng ajralib chiqadigan gazlar. Vulqon otilayotganda ajralib chiqadigan gazlar 
eruptiv va vulqon otilishi tinchigandan keyin kuch bilann va burqirab ajralib 
chiqadigan gazlar fumarol, mofet va sulfator gazlar deb ataladi. Vulqon gazlari  
vulqon krateri, vulqon yon bag`irlari yoriqlaridan, lava oqimlari va piroklastik 
jinslardan ajralib chiqadi. Vulqon gazlari  yer osti suvlari zonasidan o’tganda issiq 
buloqlar hosil qiladi.
Bu gazlarni ajralib chiqish vaqti va haroratiga qarab bir qancha turlarga 
bo’lamiz: 


11 
1. Eruptiv gazlar — vulqon otilayotgan paytda krateridan ajralib chiqadigan 
gazlar. Eruptiv gazlar tarkibida suv bug`lari, N
2
, HCl, NF, H
2
S, CO, CO
2
va ozroq 
galogenlar bor. Eruptiv gazlar portlab vulqon qay tarzda otilishlarini belgilaydi va 
lavani oqishiga ta’sir etadi. 
2. Fumarol gazlar — tinch harakati davrda ayrim joylardan burqirab 
chiquvchi yoki lava qoplamalari yuzasidan ajraluvchi gazlar (Fumarol — lotincha 
fumus — tutun degan ma’noni bildiradi).
1-rasm. Vulqonning gazsimon materiallari. 
 
Yer qa’ridan qaynoq vulqon gazlari hamda suyuq holatga aylangan suv 
bug`lari oqib chiqadigan yoriq va teshiklar ham fumarollar deb ataladi. Magmadan 
ajralib chiqqan qaynoq gazlar (N
2
O, HCL, HF, SO
2
, CO
2
, CO, H
2
S ) birlamchi, 
hali sovib ulgurmagan lava okimlari va piroklastik yotqiziqlardan chiqqan gazlar 


12 
ikkilamchi fumarollar deyiladi. Fumarollar kraterlarda, vulqonning yuqori va 
pastki qismlarida bo’ladi. Fumarollardan gazlarning chiqishi bosim ostida sodir 
bo’lib, ovoz chiqarib turadi. Harorat pasayishi bilan suv bug`lari suyuq holatga 
aylanadi; termodinamik sharoitga bog`liq holda, unda birgalikda ajralayotgan ba’zi 
gazlar hamda yon atrofdagi jinslar bilan reaksiyaga kirishish natijasida hosil 
bo’ladigan va Yer yuzasiga kutarilayotganda birga olib chiqilgan gaz va moddalar 
eriydi, harakatdagi vulqonlar rayonida gidrotermal eritmalar .hosil bo’ladi. Dengiz 
ostida vulkanik gazlarining otilib chikishi suv osti fumarollari deyiladi. 
Fumarol gazlar lava yoki piroklast jinslar (vulqondan otilib chiqqan 
mahsulotlar qotishidan paydo bo’lgan chaqiq tog` jinslari)dan ajralgan gazlar, 
atmosfera gazlari va ularni lava qoplamalari tagidagi organik moddalar bilan 
reaksiyaga kirishishidan hosil bo`lgan gazlar aralashmasidan iborat bo`ladi. 
Vulqon harakati vaqtida va so`ngandan so`ng ham ajralib chiqadigan gazlarning 
issiqligi 100° dan 600—700° gacha va undan yuqori bo`lishi mumkin. Fumarol 
gazlarning issiqligi 180° dan yuqori bo`ladi. Agar gazlarning issiqligi 100° dan 
180° gacha bo`lgan gazlar — sulfator
gazlar (Sulfator — lotincha so’z bo’lib, 
“solfor” oltingugurtli degan ma’noni bildiradi. Italiyadagi Sulfator vulqoni ham 
bor) deyiladi.
Sulfatorlar Yer po’stining vulqonli rayonlarida, vulqon kraterlari va 
ularning yon bag`irlaridagi mayda bo’shliq va yoriklardan, qotgan lava 
oqimlaridan ajralib chiquvchi ko’p miqdordagi issiq (100—300°) oltingugurt gazi, 
suv bug`i va karbonat angidridi aralashgan vodorod sulfidi gazlari. Sulfatorlar 
so’nmagan vulqonlar atrofida uchraydi. Asta-sekin, ammo uzoq vaqt muttasil 
ravishda gazlar ajratuvchi vulqonlarga Neapol yaqinidagi Solfatara vulqoni misol 
bo’ladi. Ba’zi sulfatorlardan sanoat miqyosida oltingugurt ajratadi 
Gazlarning issiqligi 100° dan kam bo`lsa, moffet gazlar (lotincha —mofete 
— yer osti do`zaxining bug`lanishi ma’nosini bildiradi ) deyiladi. 
Fumarol gazlar haroratiga va undagi gazlarning tarkibiga ko`ra quruq (bug`i 
bo`lmaydi), nordon, ishqorli fumarollarga bo`linadi. 
Quruq fumarol gazlarda harorat 650—1000°C gacha boradi. Ulardan suv 


13 
bug`i ajralib chiqmaydi; undagi gazlar asosan, xlorli birikmalardan, natriy xlor, 
kaliy xlor va boshqalardan tashkil topgan bo`ladi. Bundan tashqari ozroq temir
marganes, mis, ftor bo`ladi. 
Ko`pincha nordon fumarol tarkibida suv bug`lari bilan aralash xlorit va 
sulfat kislotasi uchraydi. Ularning issiqligi 300—400°C bo`ladi. Nordon 
fumaroldan sof oltingugurt va qizil temir oksidi (gematit) kristallari hosil bo`ladi. 
Bunga Chotqol tog`laridagi gematitli konlarni misol qilib keltirish mumkin. 
Ishqorli fumaroldan xlor ammoniyli suv bug`i, ba’zan gazi ajralib chiqadi. 
Bunday fumarolda ko`pincha xlor ammoniysining havoda parchalanishidan 
ammiak gazi hosil bo`ladi. Ularning harorati 100° C dan salgina oshadi. 
Sulfatorlardagi suv bug`i va karbonat angidridi hamda H
2
S gazidan 
oltingugurt birikmasi va tuzlar hosil bo`ladi. Mofettlardan suv va suv bug`i bilan 
birga karbonat angidridi chiqadi. Mofettlarning paydo bo`lish vaqti ko`pincha 
vulqonning so`nishi yaqinlashayotganidan darak beradi. Suv bug`lari va gazlardan 
xalq xo`jaligida, eruptiv gazlardan tashqari, issiqlik elektr stansiyasida, uy-joylarni 
isitishda keng foydalanilmoqda. Bulardan tashqari ulardan bor kislotasi 
mahsulotlari, ammoniy tuzlari va sof oltingugurt olinadi. Vulqon gazlari va suv 
bug`lari bilan mis, qo`rg`oshin, qalayi, oltin, kumush, margimush va simob 
konlarining vujudga kelishi bog`liq hisoblanadi.

Yüklə 1,46 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   25




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin