6
I BOB. EFFUZIV MAGMATIZM JARAYONI
1.1 Vulkanizm jarayoni va uning mahsulotlari
Endogen kuchlar bilan bog`liq bo’lgan geologik jarayolardan bevosita
tekshirish mumkin bo`lgan geologik harakatlar bu effuziv magmatizm ya’ni
vulkanizmdir. Tektonik harakatlar, zilzila, intruzif magmatizm va metamorfizm
jarayonlarini bevosita kuzatish va tekshirish imkoniyati ancha past hisoblanadi.
Yer po`sti va yuzasida magma harakati bilan bog`liq bo`lgan jarayonlar
yig`indisiga fanda vulkanizm jarayoni deyiladi.
Effuziv so’zi grekcha so’z bo’lib “chiqib quyilgan” degan ma’noni
anglatadi. Shuning uchun ayrim vulqonshunos olimlar vulkanizm degan termindan
ko’ra effuziv magmatizm deyishni ma’qul ko’radilar.
Vulkanizm — magmaning yer qa’ridan yer yuzasiga otilib chiqishi bilan
bog`liq bo’lgan hodisalar majmui. Vulkanizm natijasida harakatga kelgan magma
Yer po’stida qotgach, intruziv jinslarni va yer yuzasiga otilib chiqib vulqon
jinslarini hosil qiladi. Vulkanizm jarayonlari Yer po’stining chuqur qismlarida
bo’lganda magma o’choqlari va kanallari hosil bo’ladi, ularning atrofidagi tog`
jinslari yuqori harorat va magmaning ta’sir etishidan o’zgaradi. Yer yuzasida
vulqon konuslari, vulqon gumbazlari, kalderalar, lava oqimlari, pemzali qoplamlar,
geyzerlar, issiq buloqlar hosil bo’ladi. Turli xil vulkanizm jarayonlari sodir bo’lishi
natijasida Yer po’stidagi tog` jinslarining hajmi har yili 5 km
3
ga ko’payadi.
Vulkanizm jarayonida atmosferaga ko’p vulqon gazlari, suv bug`lari ajralib
chiqadi va yerning gaz hamda gidrosfera qobig`ini hosil qiladi. Vulkanizm bilan
ko’pgina yirik metall (oltin, kumush, surma, margimush va boshqa rudalar) va
nometall (oltingugurt, alunit, boratlar, qurilish materiallari va boshqalar) hamda
qimmatbaho toshlar konlari bog`liq, jumladan O’zbekistonda Qurama tizmasidagi
alunit konlari vulkanizm jarayoni bilan bog`liqdir.
Vulqonlarning vujudga kelish jarayonlari va sabablari, tuzilishi va otilib
chiqqan jinslar tarkibi, yer yuzida joylanish qonuniyatlarini o’rganish muhim.
Vulkanizm kuchli planetar jarayon; vulqonlar, kalderalar, lava oqimlari va
maydonlari Oy, Mars, Merkuriy va Yupiter yo’ldoshi Ioda aniqlangan.
7
Vulkanizm jarayonida magma yer betiga va litosferaning ichki qismlariga
qolib ketadi.
Vulkanizmni yer yuzasidagi ko`rinishi vulqonlardir. Bu
jarayonni odamlar ibtidoiy jamoa tuzumi davridan boshlab kuzatib keladilar.
O`tmishda vulqon otilib turadigan o`lkalarda yashovchi kishilar bu tabiiy harakatni
ilohiy kuchga bog`lab kelganlar. Masalan, qadimgi rimliklar otilib chiqayotgan
vulqonni ko`rib, uni olov xudosi Vulkano (Vulqon lotincha “vulkanos”- olov
xudosi degan ma’noni anglatadi.) harakatlari bilan bog`laganlar. Qadimgi Rim
mifologiyasida Vulkano olov, yong`in, o’choq xudosi hamda olov bilan bog`liq
bo’lgan kasb-hunarlar homiysi hisoblangan. Vulqon atamasining kelib chiqishi
O`rta dengizdagi orolning nomi bilan ham bog`lashadi. Yunon mifologiyasidagi
olov va temirchilik san’ati xudosi Gefestga to’g`ri keladi. Ko’p tillarda tarqalgan
«vulqon» (vulqon) so’zi shundan kelib chiqqan.
Darhaqiqat, tabiatda bo`ladigan dahshatli harakatlar ichida eng qo`rqinchlisi
vulqon otilishidir. Vulqon harakatidan yer po`stida kuchli o`zgarishlar ro`y beradi.
Vulqonlar Yer po’stidagi yoriqlar, kanallar orqali lava, issiq gaz, suv
bug`lari va jins bo’laklarini chiqarib turadigan geologik tuzilma. Vulqonlar
markazida asosiy vulqon kanali joylashgan bo’lib, yuqori mantiyadagi magma
havzasidan (magma o’chog`i) magma va boshqa vulqon jinslari shu kanal orqali
ko’tariladi. Vulqon kanalining yuqori qismi vulqon bo’g`zi, kanalning
voronkasimon teshigi krater deb ataladi. Vulqonning otilishi, lavaning qotishi
jarayonida bug` va vulqon suvlari ajralib chiqadi. Vulqon otilishi qisqa, davriy va
uzoq, davom etishi, ba’zilari butunlay so’nib qolishi mumkin. Shunga ko’ra
vulqonlar so’nmagan, so’ngan, tinchigan xillarga bo’linadi. Vulqonning
ko’tarilgan kanallari shakliga qarab markaziy va yoriqlardan otiladigan xillarga
bo’linadi. Markaziy vulqonda mahsulotlar markaziy kavakdan otilib chiqsa,
yoriqlardan otiladigan vulqonda ochilib qolgan yoriq yoki bir qancha unchalik
katta bo’lmagan konuslardan lava chiqadi.
So’nmagan vulqonga doim yoki davriy otiladigan, issiq gaz va suv chiqib
turadigan vulqonlar hamda vulqon otilgani haqida tarixiy ma’lumotlar mavjud
bo’lgan vulqonlar kiradi.
8
Tinchigan vulqon hozirgi paytda tinch holatda, ammo uning tubida suyuq
magma o’chog`i bo’lib, vaqt o’tishi bilan u faollashishi mumkin.
So’ngan vulqonga kuchli yemirilgan va yuvilgan, butunlay harakatdan
to’xtagan vulqon kiradi.
Vulkanizm umuman olganda magmatizm jarayonining bir qismi bo`lib,
bunda yer yuzasiga vulqon mahsulotlari otilib chiqadi. Magmatizm jarayonining
o’zi intruzif va effuziv jarayonlardan iborat.
Vulqonlarni vulkanologiya fani o’rganadi. Vulkanologiya — dinamik
geologiyaning bo’limlaridan biri. Vulqonlarning vujudga kelish jarayonlari va
sabablari, tuzilishi va otilib chiqqan jinslar tarkibi, yer yuzida joylanish
qonuniyatlarini o’rganadi. Vulkanologiyaning amaliy maqsadi vulqon otilishini
oldindan aytish metodlarini ishlab chiqish, vulqon jinslari (issiq suv, bug` va h.k.)
dan xo’jalikda foydalanishdan iborat.
Vulkanologiyaga oid dastlabki ma’lumotlar mil. av. 1-ming yillik o’rtalariga
to’g`ri keladi. 1842 yilda Vezuviy vulqoni yonbag`rida maxsus ilmiy muassasa —
vulkanologik rasadxona tashkil qilindi. Vulkanologiya boshqa fanlar, jumladan
geologiya, geotektonika, geofizika, fizika, kimyo, petrologiya va geokimyo fanlari
bilan uzviy bog`liq. Shu bilimlar yutuqlaridan foydalanib vulkanologiya geologiya
fanlarining nazariy masalalarini ya’ni vulqon energiyasining manbalari, magma
evolyutsiyasi sharoitlari, Yer po’stida chuqur va magma o’choqlarining
joylashishi, vulkanizmning Yer po’stini hosil bo’lishidagi rolini hal etishda ishtirok
etadi.
Vulkanologiyaning
paleovulkanologiya
sohasi
qadimgi
vulqonlarni
o’rganadi. Vulkanologiya sohasidagi ilmiy tadqiqotlar MDH mamlakatlaridan
Rossiyada
Petropavlovsk-Kamchatsk
vulkanologiya
instituti,
Saxalin
vulkanologiya laboratoriyasida, Armaniston, Gruziya ilmiy tadqiqot institutlarida
bajarilmoqda. Rossiya Fanlar Akademiyasining 1935 yilda tashkil qilingan
“Kamchatka vulkanologiya stanstiyasi” dunyoda eng yirik tadqiqot markazlaridan
biridir.
9
XVIII asrda vulqonlarni tekshirish ishi bilan S. P. Krashennikov, N. I.
Bogdanovich va V.I. Komarovlar shug`ullanganlar.
Akademik A.N. Zavariskiy 1931 yildan Kamchatkadagi Avachi vulqonini
tekshira boshladi. Klyuchi Sopkasi yaqinidagi vulkanologiya stansiyasi Yu.S.
Levinson-Lessing tashabbusi bilan tashkil qilingan. Stansiyaning ilmiy xodimlari
V.I.Vlodoves, A.A. Menyaylov, S.I. Nabako, B.I. Piip, V.F. Popkov va boshqalar
qimmatli materiallar to’pladilar. Ular vulqon harakatlanib turgan vaqtda kraterga
yaqin kelib, uning issiqligi va undan chiqqan mahsulotlarning fizik va kimyoviy
xususiyatlarini tekshirdilar.
Kurill orollaridagi vulqonlar G.V.Korsunskiy va V.I.Vlodoves tomonidan
tekshirilgan.
Vulkanologiyani rus olimlaridan Yu.S. Levinson-Lessing, A. N. Zavaristkiy,
amerikalik Makdonald, franstiyalik G. Taziev, shveystariyalik Ritman va boshqa
olimlar
rivojlantirdilar.
Vulkanologiya
sohasidagi
ma’lumotlar
jahonda
vulkanologiya va seysmologiyaga tegishli jurnallarda nashr etiladi. Bu sohadagi
tadqiqotlarni Vulkanologiya va Yer qa’ri kimyosi Xalqaro assotsiatsiyasi 1967
yildan buyon muvofiqlashtirib turadi. Ushbu tashkilot rahnamoligida dunyo
vulqonlari xaritasi nashr qilingan.
Shu bilan birga paleovulkanologiya (paleo... va vulkanologiya) fani o’tmish
geologik davrlar vulkanik jarayonlarini o’rganadigan geologiyaning tarmog`i
hisoblanadi. Qadimgi vulqonlar hosil qilgan qurilmalar (lava, piroklast), ularni
tarkibi va joylashish qonuniyatlarini o’rganadi. Qadimgi vulqonlar haqida
ma’lumot antik davr olimlaridan Pifagor, Strabon va o’rta asrlarda Majioli, Guk va
boshqalarning asarlarida uchraydi. Qadimgi vulqonlarning tuzilishini o’rganishda
strukturaviy, fatsial tahlil usullari qo’llaniladi. Qadimgi vulkanik jinslar tarkibi
zamonaviy optik, kimyoviy va boshqa usullar yordamida aniqlanadi.
Paleovulkanologik izlanishlar ko’p amaliy muammolarni hal qilishda muhim omil
bo’ladi, masalan, mis, oltin, kumush va boshqa foydali qazilmalarni izlashda
muhim o’rin tutadi.
Vulqon mahsulotlari gazsimon (vulqon gazlari), suyuq (lava) va qattiq
10
(vulkanik tog` jinslari) bo’ladi. Vulqonda suv va gaz ta’siridan magmatik yoki
atrofdagi cho’kindi, metamorfik jinslarda ruda hosil qiluvchi har xil elementlar va
turli foydali qazilmalar hosil bo’ladi. Masalan, oltingugurt, alunit, temir, marganes,
fosforit, kumush, qo’rg`oshin, pyx, simob, mis, qalay, olmos konlari, jumladan
O’zbekistonning Chotqol, Qurama va g`arbiy qismidagi ba’zi bir konlar vulqonlar
faoliyati natijasidadan paydo bo’lgan. Vulqon jinslaridan bino va inshootlar
qurishda, issiq suvlari (geyzerlar) dan elektr energiya olishda, uylarni isitish va
tibbiyotda ishlatiladi.
Vulqon otilishidan bir oz avval guldiragan ovoz eshitiladi, so’ngra krater
yoriqlaridan gaz va bug` chiqa boshlaydi. Chiqqan gaz va bug`lar vulqon ustida
qarag`ay daraxti shox-shabbasi shakliga o’xshab yuqoriga ko’tariladi. Gaz va
bug`lar bilan birga, ko’p miqdorda har xil mayda qora chang - vulqon kuli ham
chiqadi. So’ngra vulqon kuli asta-sekin atrofga suv bug`lari bilan aralashib
yomg`ir kabi yog`adi.
Vulqon kulidan tashqari, no’xatdek va undan sal katta donalar vulqon qumi,
yanada kattarog`i vulqon lapillasi, eng kattalari vulqon bombalari deb ataladi.
Vulqondan otilib yoki quyulib chiquvchi mahsulotlar fizik va kimyoviy
xossalariga qarab gazsimon holatda, qattiq holatda va suyuq holatda bo`ladi.
Dostları ilə paylaş: |