Microsoft Word Вулқонлар Айбуллаева Ситора


-rasm. Yer yoriqlaridan sizib chiquvchi vulqon



Yüklə 1,46 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə10/25
tarix05.04.2023
ölçüsü1,46 Mb.
#93692
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   25
522c4820b5c6e4cf78ed686631ff3529 Vulqonlarning Yer yuzida geografik tarqali

5-rasm. Yer yoriqlaridan sizib chiquvchi vulqon. 
Kaldera ispancha “caldera” —katta qozon ma’nosini bildirib, vulqon og`zi. 
Vulqon cho’qqisi, ba’zan unga yondosh joylarning o’pirilishi natijasida vujudga 
kelgan yonbag`irlari tik va tubi bir qadar tekis qozonsimon botiq. Vulqon otilganda 
katta hajmdagi magma tashqariga chiqadi, keyingi otilishga qadar vulqon 
kamerasida bo’shliq hosil bo’ladi, natijada vulqon tepasi tayanchini yo’qotib 
o’pirilib tushadi. Diametri 10—15 km ga yetadi, ba’zan esa undan ham ziyod. 
Kaldera termini Kanar orollaridagi Palma orolida joylashgan katta vulqon krateri 
nomidan kelib chiqqan. Kalderaning kraterdan farqi uning kelib chiqishi va 
o’lchamlarining kattaligidadir. Vulqon bo’g`izidan chiqayotgan gazlarning kuchli 
portlashlari natijasida vujudga keluvchi portlash (eksploziv) kalderasi hamda 
o’pirilish (gravitastion) kalderasi farq qilinadi. 1883 yilda Krakatau kalderasi 
vulqon gazi portlashidan hosil bo’lgan. O’zbekistonda qadimgi kalderalar Chotqol-
Qurama tog`larida uchraydi. 
Yer yoriqlaridan chiquvchi asosli bazalt lava hozirgi vaqtda orollarda, yarim 
orollarda va okean tagida ko’p uchraydi. Masalan, Grenlandiya, Islandiya 
orollarida hozir ham yer yoriqlaridan lava quyilib turadi. Bazalt lavasi Atlantika, 
Hind va Tinch okeanlar tagida ham otilib turadi. Ba`zi vulqonlarning tuzilishi maar 


25 
tipdagi vulqonlarga o’xshasa ham, ularning krateri quruq bo’ladi, bunday 
vulqonlar diaterm deb ataladi. Janubiy Afrikadagi dunyoga mashhur diatermlar 
buning misolidir. 
Ma’lum bo`lishicha, diaterm vulqonlar harakatga kelganda magmadan 
ajralgan ko`p miqdordagi gazlar yuqori bosim va harorat ta’sirida chuqur yer 
yorig`idan zarb bilan ustki qatlamni irg`itib tashlaydi. Diatremning tuzilishi 
silindrsimon bo`lib, uning yon atrofida va qisman ichida qumtosh, ohaktosh
o`zgargan jinslardan zmeevik va ularning parchalaridan hosil bo`lgan brekchiyalar 
uchraydi. 
Geyzerlar vulqon otilib turadigan joylarda vujudga keladi. Geyzer vaqt-
vaqti bilan otilib turadigan issiq suvlardir. “Geyzer” so’zi islandcha “geysir”
so’zidan kelib chiqqan bo’lib, “shiddatli oqim” ma’nosini bildiradi. 
Geyzerlar asosan, so’nish arafasidagi yoki yaqinda so’ngan vulqonlar yon 
atrofida vujudga keladi. Yoriqlardan suv katta bosim va yuqori haroratda shiddat 
bilan (qaynoq suv 20—40 m, bug` 150 m balandlikkacha) otilib chiqadi. Geyzer 
suvi nisbatan toza, bir oz minerallashgan (1—2 g/l). Kimyoviy tarkibi xlorid-
natriyli yoki xlorid-gidrokarbonat-natriyli. Silikat angidridi (SiO
2
) ko’p bo’ladi. 
Vulqon kanalining og`zida va yon bag`rida geyzerit hosil bo’ladi. Geyzerlar 
muntazam va nomuntazam turlarga bo’linadi. Geyzerning otilish sikli va alohida 
bosqichlari muntazam xilida doimiy, nomuntazamida o’zgaruvchan. Geyzer 
bosqichlarining harakati bir necha minut yoki undan ko’proq davom etishi 
mumkin. Tinchigan vaйti esa bir necha minutdan bir qancha soat yoki kun bo’ladi. 
Geyzerlar quyidagicha vujudga keladi: Yer yoriqlarida qadimiy vulqon 
kanallarida joylashgan suv avval tinch turib, uning usti soviydi, tagi esa issiq, hatto 
bug` holatida bo’ladi. Bug` sovigan suvni yuqoriga qattiq zarb bilan favvora 
singari otadi. Bunday geyzerlar Rossiyaning Kamchatka yarimorolida, Islandiyada, 
AQShning Yellouston milliy bog`ida va Yer yuzining boshqa joylarida uchraydi. 
Kamchatka yarimorolidagi Geyzernaya daryo vodiysida o’nlab kichik va 20 ta 
yirik geyzerlar bo’lib, eng kattalari Velikan, Troynoy, Fontan va boshqalardir.


26 

Yüklə 1,46 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   25




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin