35
Nordon lava (tarkibining 75% i SiO) gaz bosimi ta’sirida
vulqon kanalidan
chiqib lava quyuq va yopishqoq bo`lgani uchun gumbazsimon relyef shaklini hosil
qiladi. Ularning balandligi 400 m gacha bo`ladi, chunki bu lava juda ham
yopishqoq lavadan tuzilgan. Masalan: Martinika orolidagi Lisa tog`li,
Kaliforniyadagi Lyasen cho`qqisi, traxitdan tuzilgan Taushon Teppa (Janubiy
Gruziyada), hozirgi vaqtda Bogoslov orolida bor.
Asosiy lava sekin oqib chiqadi
va atrofga keng yoyiladi, vulqon qalqoni
relyef ko`rinishini hosil qiladi. Ularning qalinligi va balandligi turlicha bo`ladi. Bu
vulqonlar kraterining diametri katta bo`ladi. Masalan:
Katta-Mauna Loaning
diametri 2438 m, Yava orolidagi Ringit vulqoni kalderasining diametri 21 km
keladi. Suyuq lava harakat qilayotgan davrida bu vulqonlar lava ko`lini hosil qilib
turadi. Ya’ni suyuq lava xuddi ko`l suviga o`xshab qalqib turadi.
Tipik vulqon tashqaridan qaraganda konussmon tog`dir, uning tepasida og`zi
- krateri bo`ladi. Kraterdan pastga, vulqon konusining ichiga kanal ketgan. Konus -
vulqon chiqargan jinslarning to`planishidan vujudga kelgan va butunlay lavadan
yoki lava hamda g`ovak (kul va toshlar) vulqon jinslaridan iborat.
Har bir vulqon
otilishi bilan konusning balandligi oshib boradi. Vulqon harakati davomida konus
yonining
turli joylaridan lava oqib, yangi yo`lak hosil qiladi. Bunday vulqonlar
ikkilamchi vulqonlar bo`lib, katta vulqonlar yonbag`rida bo`ladi. Masalan: Etna
vulqoni atrofida shunday ikkilamchi vulqonlar ko`p.
Krater (yunoncha -“tovoq”), vulqon ogzi odatda voronkasimon chuqurga
o`xshash bo`ladi, vulqon harakatlanganda kraterdan bug`, gaz, kul,
toshlar chiqib
so`ngra lava otilib chiqadi.
Kaldera (ispancha- “qozon” demakdir) vulqonning o`ziga nisbatan juda
katta vulqon kraterini hosil qilishi. Kamchatkadagi kalderaning diametri 28 km
bo`lib, uni hozir Kronotskiy ko`li qoplagan. Kalderaning paydo bo`lishi
birinchidan vulqon kraterida to`plangan gazlarni kuchli
portlashi orqali kengayib
ketadi (Yaponiyadagi Badan-San kalderasi), ikkinchidan lavali vulqonlarga xos
o`pirilgan kalderalar (Gavay orollaridagi Mauna-Loa kalderasi)
va uchinchisi
36
eroziya kalderalari. Kaldera ko`pincha vulqon yonbag`rini oqar suvlar yuvib oqizib
ketishi natijasida hosil bo`ladi (Palma orolidagi kaldera).
Dostları ilə paylaş: