1939—45 yillardagi Ikkinchi jahon urushi davrida gitlerchilar tomonidan bosib olingan hududlardan turli ishlarda foydalanish uchun millionlab kishilarning boshqa mamlakatlarga majburlab olib ketilishi natijasida koʻchirilgan shaxslar deb atalgan odamlar toifasi vujudga keldi. Urushdan keyin Qochoqlar muammosi keskin boʻlib qoldi, chunki ularni tezlik bilan vataniga qaytarish kerak edi. Oʻtgan asrning 50 — 70-yillarida Afrikada ham qochoqlar bilan bogʻliq masalalar kelib chiqdi.
Qochoqning yuridik ta’rifiga keladigan bo‘lsak, u 1951 yilda Jenevada qabul qilingan xalqaro konvensiya doirasida qabul qilingan. Mazkur konvensiyaga binoan «Qochoq — irqi, dini, millati, biron-bir ijtimoiy guruhga tegishliligi yoki siyosiy qarashlari uchun ta’qib qilinayotgan insondir». Ya’ni insonga qochoq maqomi berilishi uchun yuqorida sanab o‘tilgan ta’qiblar mavjud bo‘lishi kerak. Lekin hozir yana bir holat yuzaga kelganki, uning o‘ziga xosligi rasmiylarni va olimlarni o‘ylantirmoqda.