Mijozlarning boshqa depozit hisobvaraqlari bo‘yicha operatsiyalar hisobi


Mijozlarning hisobvaraqlarini yuritish tartibi



Yüklə 28,01 Kb.
səhifə3/4
tarix16.01.2023
ölçüsü28,01 Kb.
#79373
1   2   3   4
Mijozlarning boshqa depozit hisobvaraqlari bo‘yicha operatsiyalar hisobi.

Mijozlarning hisobvaraqlarini yuritish tartibi.


Mijozlarning talab qilinguncha saqlanadigan depozit hisobvaraqlardagi mablag‘lari bank uchun mablag‘larining manbalari hisoblanadi. Ulardagi mablag‘lar bank balansining passiv qismida hisobga olib boriladi. Mijozlarning depozitlari bo‘yicha hisobvaraqlari mazmunan passiv hisobvaraqdir. Shuning uchun hisobvaraqning saldosi (qoldig‘i) uning kredit tomonida bo‘lib, mablag‘larning kelib tushishi ham kreditda, mablag‘larning kamayishi hisobvaraqning debet tomonida aks ettiriladi. Mijozlarning depozit bo‘yicha hisobvaraqlaridan to‘lovlar shu hisobvaraq qoldig‘i chegarasida o‘tkazilishi lozim.
Talab qilinguncha saqlanadigan depozit hisobvaraqlari orqali quyidagi operatsiyalar o‘tkazilishi mumkin:


5-jadval.


Talab qilinguncha saqlanadigan depozit hisobvarag‘i orqali o‘tkaziladigan operatsiyalar





Debet




Kredit




Tovarlar uchun to‘lovlar




Sotilgan mahsulot uchun tushum




Xizmatlar uchun to‘lovlar




Ko‘rsatilgan xizmatlar uchun
tushgan to‘lovlar




Soliqlarni to‘lash




Qurilish montaj ishlari uchun
kelib tushgan to‘lovlar




Budjetdan tashqari turli
fondlarga to‘lovlar




Olingan kredit




Kreditlarning qaytarilishi




Undirilgan jarima va penyalar




Kreditlar uchun foizlar




Deponentlangan ish haqi




Ish haqi, nafaqa, stipendiya,
gonorar




Beg‘araz yordam




Mukofotlar




Vaqtinchalik moliyaviy yordam




Xizmat safari xarajatlari




Boshqalar




Boshqalar




X

Bank amaliyotida hisobvaraqlardan turli operatsiyalarning o‘tkazilishi doimiy jarayon bo‘lib, to‘xtovsiz davom etib turadi. Mijozning hisobvarag‘ini yurituvchi mas’ul ijrochi doimo mijozning hisobvarag‘ida operatsiyalarning o‘tkazilishi uchun pul mablag‘larining yetarli miqdorda ekanligini nazorat qilib,


mablag‘larning kamayishi bilan bog‘liq bo‘lgan operatsiyalarni ushbu hisobvaraqdagi mablag‘lar chegarasida o‘tkazishi lozim.
Yuqorida mijozlarning talab qilinguncha saqlanadigan depozit hisobvaraqlarini ochish, uni nomerlash va yuritish tartibi bilan tanishtirdik. Korxonaning barcha asosiy operatsiyalari ushbu hisobvaraqlardan o‘tkaziladi. Lekin korxona va tashkilotlar o‘z hoxishlariga ko‘ra talab qilinguncha saqlanadigan depozitlardan tashqari jamg‘armali va muddatli depozit hisobvaraqlarini ochishlari hamda ularda o‘zlarining ortiqcha pul mablag‘larini saqlashlari mumkin. Jamg‘arma yoki muddatli depozit hisobvaraqlari ochish uchun yuridik shaxslar tomonidan bankka alohida, jismoniy shaxslar tomonidan alohida belgilangan hujjatlar taqdim etiladi. Yuridik shaxslar jamg‘arma yoki muddatli depozit hisobvaraqlarini ochish uchun bankka quyidagi hujjatlarini taqdim etishlari lozim:

  • hisobvaraq ochish uchun ariza;

  • davlat ro‘xatidan o‘tganligi to‘g‘risida guvohnoma yoki litsenziya;

  • imzolar va muhr izi qo‘yilib, notarius tasdiqlagan varaqcha.

Agar yuridik shaxs shu bankda ilgari hisobvaraq ochgan bo‘lsa, u holda jamg‘arma yoki muddatli hisobvaraq ochish uchun faqat ariza taqdim etadilar. Ariza asosida mijoz bilan bank o‘rtasida shartnoma tuziladi va shartnomada ochilayotgan depozit turi bo‘yicha shartlar belgilab qo‘yiladi.


Jamg‘arma yoki muddatli depozit ochish uchun jismoniy shaxslar quyidagi hujjatlarni rasmiylashtirib bankka topshiradilar:

  • hisobvaraq ochish to‘g‘risida ariza;

  • shaxsini tasdiqlovchi hujjat (pasport, tug‘ilganlik to‘g‘risida guvohnoma);

  • imzo namunasi qo‘yilgan varaqcha.


Ariza asosida jismoniy shaxs bilan bank o‘rtasida shartnoma tuziladi va unda
depozit shartlari belgilab qo‘yiladi. Shartnomada depozitorlarning hisobvaraq ochilayotganda jamg‘arma yoki muddatli depozit shartlari bilan tanishtirilishi ko‘zda tutiladi hamda bu haqda depozitor belgilangan shakldagi dastlabki hujjatlarga tegishli yozuv kiritib imzo qo‘yadi.
Budjet tashkilotlari ham jamg‘arma va muddatli depozit hisobvaraqlarini ochishlari mumkin, lekin ularning talab qilinguncha saqlanadigan depozit hisobvaraqlariga budjetdan o‘tkazilgan mablag‘lari hisobidan jamg‘arma va muddatli depozit hisobvarag‘i ochilishiga yo‘l qo‘yilmaydi. Budjet tashkilotlari uchun jamg‘arma va muddatli depozit hisobvaraqlari faqat ularning budjetdan tashqari mablag‘lari uchun ochiladi. Buning uchun budjet tashkilotlari tomonidan bankka tegishli hisobvaraq ochish uchun ariza taqdim etiladi.

  1. Yüklə 28,01 Kb.

    Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin