«mikrobiologiya, virusologiya va immunologiya» kafedrasi



Yüklə 217,91 Kb.
səhifə5/8
tarix14.06.2023
ölçüsü217,91 Kb.
#130316
1   2   3   4   5   6   7   8
7-Laboratoriya hayvonlariga qo‘yilgan talablar, tajribada hayvonlarni belgilash, virus yuqtirish usullari

Teri ostiga yuqtirish- Teri qavatini chap qo‘lning katta va ko‘rsatkich barmoqlari bilan tutib ko‘riladi va uning pastki qismiga tanaga parallel holda shprisli igna kiritiladi. Ko‘pchilik hayvonlarda inyeksiya joyi bo‘lib bo‘yin qismi, yonbosh, yelka, kurakcha, itlarda esa ko‘krak qafasining yonbosh qismi, dengiz cho‘chqachalarida tizza qatlamlari, tovuqlarda bo‘yin qismi hisoblanadi.
Terining ichiga yuqtirish-quyonlarda bu usulda virus yuqtirish uchun yonbosh yoki qorin qismidagi juni qirqiladi, so‘ngra terida qolgan junlarni o‘tkir olmos yoki ustara bilan qirib tashlanadi.
Tayyorlangan joy spirt va fiziologik eritma bilan artiladi. Shprisli ignani o‘tkir burchak ostida terining yuza qismiga bir necha mm kiritiladi. Material teri qavatida yumoloq shishcha hosil bo‘lguncha yuboriladi.
Mayda laboratoriya hayvonlariga keyingi oyoqning plantar yuzasidagi teri ichiga material yuboriladi. Chap qo‘lning ko‘rsatkich barmog‘i ustiga fiksatsiyalangach, o‘ng qo‘l bilan shpris ignani barmoqdan tizza tavon payiga qaratilgan holda terining ichiga yuboriladi.
Dermotrop viruslarni organizmda ko‘payishi uchun virus saqlovchi materialni tirnalgan teriga surkaladi (Masalan chechak kasalliginig qo‘zg‘atuvchisi).
Terining yuzasi terining ichiga yuqtirilganday tayyorlanadi, igna va paster nayining singan bo‘laklari bilan limfa suyuqligi tomchilari paydo bo‘lguncha bir necha marta tirnaladi. So‘ngra material tomizilib shpatel, shisha tayoqcha, yoki tish cho`tkasi bilan surkaladi. Yirik hayvonlarning tirnalgan terisiga virus yuqtirishda uning yonbosh yoki qorin qismiga,mayda hayvonlarning bel qismiga shu zohotiyoq yuqtiriladi.
Muskil ichiga yuqtirish – bu usulda yuqtirish uchun ko‘pincha son muskullari,tovuqlarda esa ko‘krakning kattamuskuli tanlanadi. Inyeksiya qilingan joy dezinfeksiyalangach shpris bilan ignani teri orqali, teriosti kletchatkasiga, so‘ngra tana yuzasiga perpendikulyar holda muskulga kiritib yuqtiriladi. Materialni yuqtririb bo‘lgach igna tortib olinib, inyeksiya o‘rni qayta dezinfeksiyalanadi.

Yüklə 217,91 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin