«mikrobiologiya, virusologiya va immunologiya» kafedrasi


Qorin bo‘shlig‘iga yuqtirish



Yüklə 217,91 Kb.
səhifə6/8
tarix14.06.2023
ölçüsü217,91 Kb.
#130316
1   2   3   4   5   6   7   8
7-Laboratoriya hayvonlariga qo‘yilgan talablar, tajribada hayvonlarni belgilash, virus yuqtirish usullari

Qorin bo‘shlig‘iga yuqtirish – Hayvonlarga bu usulda yuqtirilganda bosh qismini pastga qaratib vertikal holatda fiksatsiyalanadi, chunki qorin bo‘shlig‘idagi organlar diafragmaga yaqinlashadi va igna kiritilgan vaqtda ichakni jarohatlamaydi (1-rasm).
1-rasm qorin pardasi ichiga yuqtirish
Tovuqlarning chot qismiga yani to‘sh qismining boshi va kloakaning o‘rtasidagi oraliqga kichkina igna bilan qorin devorining terisi teshilib, tananing ko‘ndalang o‘qiga 450 burchak ostida yuboriladi.
Shu paytda chap qo‘l bilan qorin devorining muskullarining inyeksiya qilinadigan tamoni taranglashishi uchun tovuqning oyog‘i salgina tortiladi.
Ignani kirganligini qorin devorining qarshiligi sustligidan bilsa bo‘ladi.


Vena ichiga yuqtirish - Eng muhimi shpris ichidagi havo pufakchalari, materialning bo‘lakchalari tushmasligiga etibor beriladi, chunki havo pufakchalari hayvonda emboliya chaqirib, o‘limiga sababchi bo‘ladi.
Oq sichqon va kalamushlarga yuqtirishda dumning yonbosh venasidan foydalaniladi.
Yuqtirishdan oldin vena kengayishi uchun ksisol yoki issiq suv shimdirilgan tampon bilan artiladi.
Yordamchi chap qo‘li bilan dumning ildizini qisadi, o‘ng qo‘li bilan hayvonni ensa terisidan tutib fiksatsiyalaydi. Ignani tashqi tomonga qiya qaratib o‘tkir burchakostida dumning pastki uchinchi qismiga yuboriladi (2-rasm).



2- rasm sichqonning venasi ichiga yuqtirish

Agar igna tomirga tushsa shpris ichidagi suyuqlik engil oqib kirib, tomir esa uzunasiga oqaradi.
Dumning ildiz qismi bo‘shatilgandan so‘ng material sekinlik bilan yuboriladi. So‘ngra igna chiqarib olinadi va inyeksiya qilingan joy quriq paxta bilan qisib turiladi.
Dengiz cho‘chqachalarining yuragiga chap tamondan qilichsimon o‘simtadan 1 sm yuqoriga qobirg‘a oralig‘ga ignani sanchib kiritib virusni qon oqimiga yuborish mumkin. Buning uchun yurak urayotgan joyni aniqlab shprissiz igna kiritiladi. Agar ignada qon ko‘rinsa demak igna yurakka tushgan u holda ignaga shpris ulanadi va material ineksiya qilinadi.
Quyonlar venasining ichiga material yuborilganda, quloqning chetki venasi tanlanib junlari oldindan qirib olinadi va igna kiritilish joyini sal pastki qismidan tomir bosib turiladi. Virus saqlovchi material qushlarning qanot osti venasiga yuboriladi.

Yüklə 217,91 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin