«mikrobiologiya, virusologiya va immunologiya» kafedrasi



Yüklə 217,91 Kb.
səhifə1/8
tarix14.06.2023
ölçüsü217,91 Kb.
#130316
  1   2   3   4   5   6   7   8
7-Laboratoriya hayvonlariga qo‘yilgan talablar, tajribada hayvonlarni belgilash, virus yuqtirish usullari


O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI
OLIY VA O‘RTA MAXSUS TA’LIM VAZIRLIGI
Samarqand DAVLAT VETERINARIYa MEDItSINASI, CHORVACHILIK VA BIOTEXNOLOGIYALAR UNIVERSITEti
«MIKROBIOLOGIYA, VIRUSOLOGIYA VA IMMUNOLOGIYA» KAFEDRASI




Laboratoriya hayvonlariga qo‘yilgan talablar, tajribada hayvonlarni belgilash, virus yuqtirish usullari.

SAMARQAND
Virusologiyada tekshirish uchun hayvonlarni guruhlarga ajratgach quyidagi talablarni bajarish shart. Hayvonlar tekshirilayotgan virusga sezgir bo‘lishi kerak; ko‘pchilik viruslarni o‘stirish uchun uni yoshi katta ahamiyatga ega. Bir qancha viruslar yosh, yaqinda tug‘ilgan hayvonlar organizmiga yaxshi ko‘payadi.
Masalan: quturish va oqsil kasalligida biologik tajriba o‘tkazish uchun sut emadigan sichqonlar, parrandalarning laringotraxeit kasalligida-jo‘jalardan foydalaniladi. Shu o‘rinda shuni aytish kerakki, Aueski kasalligining virusi katta yoshdagi quyonlarga yuqtirilsa, kasallikka xos bo‘lgan aniq klinik belgilarning paydo bo‘lishiga olib keladi.
Standart sezgirlikka erishish uchn ma’lum yoshdagi va bir xil og‘irlikdagi hayvonlar tanlanadi. Sezgirligi jihatdan standart xususiyatga bir necha bor yaqin qarindoshlik yo‘li bilan urchitilgan hayvonlar ega bo‘ladi. Bunday hayvonlarga genetik bir xillik tufayli, reaksiya yoki boshqa ta’sirlar ham bir xilda ta’sir etadi. Hozirgi paytda yaqin- qarindoshchilik yo‘li bilan urchitilgan hayvonlar ilmiy-tekshirish ishlarida ishlatilmoqda.
Laboratoriya hayvonlariga bo‘lgan eng muhim talablardan biri ularni sog‘lomligidir. Virusologiya laboratoriyasining vivariysiga olib kelinadigan hayvonlar yuqumli kasalliklari bor bo‘lmagan xo‘jaliklardan olinishi kerak. Oq sichqon, kalamushlar 14 kun va boshqa turdagilari esa 21 kun ajratilgan holda karantinda saqlanadi. Shu davr ichida har kuni hayvonlar klinik tekshiruvdan o‘tkaziladi. Hayvonlarda yuqumli kasallik borligi gumon qilinsa, laboratoriya tekshiruvidan o‘tkaziladi. Karantindagi hayvonlar orasida yuqumli kasallik borligi aniqlansa, shu guruhdagi barcha hayvonlar o‘ldirilib tashlanadi.
Hayvonlarni haqiqatdan ham to‘lasincha sog‘lom deb ishonch hosil qilish uchun bunday nazorat qilish yetarli emas. Laboratoriya hayvonlari ichida virus etiologiyasiga xos bo‘lgan latent infeksiya tarqalgan bo‘lishi mumkin. Bizga malumki latent infeksiya organizmda doimo bo‘lib klinik ko‘rinish bermaydi. Organizmga yomon ta’sir ko‘rsatuvchi omil bo‘lsa, qo‘zg‘atuvchi tezda ko‘payishi natijasida kasallikning klinik belgilari namoyon bo‘lishi mumkin.
Virusologik tekshirishda laboratoriya hayvonlariga virusni yuqtirish oldindan bor bo‘lgan latent infeksiyani o‘tkir kechuvchiga aylanishi tufayli kasallikni klinik belgilarini paydo bo‘lishiga olib keladi, natijada tajriba o‘tkazilayotgan hayvon reaksiya natijasini aniqlashni qiyinlashtiradi.
Laboratoiya hayvonlarining virus etiologiyali latent infeksiyalaridan eng ko‘p tarqalgani oq sichqonlarning ekteromeliya kasalligidir. Uning qo‘zg‘atuvchisi chechak virusi oilasiga mansub. Kasallik oyoqlarning nekrozli yallig‘lanishi bilan barcha organlarga tarqalganida, o‘pka, jigar va taloqda nekrozli markazlar hosil bo‘lisi bilan kechadi. Unga yaqin bo‘lgan viruslar laboratoriya hayvonlarida virusli pnevmoniya chaqiradi. Shulardan eng ko‘p uchraydigan qo‘zg‘atuvchisi Senday virusi hisoblanadi. Virusli latent infeksiyaning uchinchi guruhi bu neyroinfeksiya bo‘lib, tortishib qolish, falajlik, shollik holatida kechadi. Oq sichqonlarning limfotsitar xoriomeningiti, ensefalomieliti va boshqa laboratoriya hayvonlarini virusi latent ensefalitlaridir. Alohida o‘stirilayotgan hayvonlarni latent infeksiyasidan nazorat qilish usuli bir bo‘lib, shu maqsadda ataylab o‘ldirilgan hayvonlar organidan suspenziya tayyorlangach, maxsus belgilangan usul bilan o‘sha xo‘jalikda bor bo‘lgan hayvonlarga (misol uchun suspenziya miya ichiga interaserebral yo‘l bilan) yuboriladi. Shu yo‘l bilan passaj qilingan virus latent infeksiya bo‘lsa kasallikning o‘tkir kechishiga olib keladi.

Yüklə 217,91 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3   4   5   6   7   8




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin