«mikrobiologiya, virusologiya va immunologiya» kafedrasi


-rasm sichqonlarning elektromeliya (oyoqlar va dumning tushib qolishi.)



Yüklə 217,91 Kb.
səhifə8/8
tarix14.06.2023
ölçüsü217,91 Kb.
#130316
1   2   3   4   5   6   7   8
7-Laboratoriya hayvonlariga qo‘yilgan talablar, tajribada hayvonlarni belgilash, virus yuqtirish usullari

5-rasm sichqonlarning elektromeliya (oyoqlar va dumning tushib qolishi.)
Bunda faqatgina paydo bo‘lgan o‘ziga xos o‘zgarish inobatga olinibgina qolmay, balki yashirin davrning uzoq bo‘lishi ma’lum bir kasallikka xos hisoblanadi.
Yashirin davr qo‘zg‘atuvchining xususiyatiga bog‘liq bo‘lmay, balki virusning miqdoriga, organizmga kirish yo‘liga va organizmning holatiga ham bog‘liq.
Biologik tajriba o‘tkazish, yani virusni uchratish uchun yuqtirilgan laboratoriya hayvonlarida kasallikning klinik belgilari paydo bo‘lishi tekshirilayotgan patmaterialda virus borligidan dalolat beradi.
Misol uchun: charchoqlik, ishtahaning pasayishi, hansirash va h.k belgilar ko‘pchilik davrda ajralib turadigan xususiyatga ega bo‘lmay, tekshirishning bu bosqichida qaysi turdagi virus kasallik chaqirganligiga yakun yasashning iloji bo‘lmaydi.
Uchratilgan virus bunday vaziyatda serologik reaksiya yordamida indentifikatsiyalanadi. Bu holda noma’lum antigen bo‘lib, tajriba uchun virus yuqtirilgan hayvonlarni yorib ko‘rish tufayli olingan material tarkibidagi virus hisoblanadi. Ayrim holda kasallik o‘lim bilan tugaydi, xuddi shunday holat virus yuqtirilgandan so‘ng paydo bo‘lib virusni organizmda ko‘payish belgilaridan biri sanaladi.
Organizmda virus ko‘payganligini klinik belgilarining paydo bo‘lishi va hayvonning o‘lishini ko‘rsatibgina qolmay, balki virus yuqishi tufayli o‘lgan hujayralar va to‘qimalarda ko‘rinarli o‘zgarishlar paydo bo‘lishi ko‘riladi.
Patologoanatomik o‘zgarishlar rangining o‘zgarishi, kattaligi organning shakli va konsistensiyasi hamda normada uchramaydigan kiritmalarning paydo bo‘lishida ifodalanadi.
Laboratoriya hayvonlariga yuqtirilganda materialda virusni borligini uchta kasallikning alomati, patologoanatomik o‘zgarishlari va o‘limi bildiradi. Otdan olingan patologik materialdagi virus, oq sichqonlar organizmida klinik belgilarni osonlikcha paydo qilib ko‘paya olmaydi.
Birinchi passajda virusning ayrim bo‘laklari o‘ziga mos bo‘lgan sezgir hujayralarni topsa, bu organ uchun juda oz bo‘lib organizmda ko‘zga ko‘rinarli o‘zgarishlar paydo bo‘lmaydi. Bunday passaj “ko‘r passaj “ deb nomlanadi.
Yuqtirilgan organizmda kasallikning belgilari paydo bo‘lmasa, ma’lum ikki intervaldan so‘ng hayvonlar o‘ldiriladi va yorib qaralgach, patologik material olinadi. Bu materialda virus ko‘payish natijasida toplangan bo‘ladi. Birinchi passajdan olingan material suspenziyasi bilan o‘sha turdagi hayvonga yuqtiriladi.
Bu vaqtda birinchi passajga nisbatan ko‘proq virus bo‘lakchalari organizmga tushib shunday sharoitda ko‘paya boshlaydi. Lekin ikkinchi passajda ham virus yuqumli miqdorgacha to‘planmay ko‘zga ko‘rinarli o‘zgarish chaqirmasligi mumkin. U holda ikkinchi passaj bo‘ladi.
Yuqoridagilarga asoslanib, uchinchi passaj o‘tkaziladi. Kasallikning belgilari paydo bo‘lishi tekshirilayotgan materialda virus borligidan dalolat beradi. Shunday javob reaksiyasini bergan hayvondan olingan virus saqlovchi materiall ajratib olingan virus hisoblanadi. Virusni uchratish uchun laboratoriyaning boshqa tirik sistemalarida yuqoridagi nuqtai nazarga asoslanib biologik tajriba qo‘yib ko‘riladi. Viruslarni uchratishda va ajratib olishda tabiiy moyil hayvonlar ishlatiladi. Chunki ular oldindan moslashtirishga muxtoj bo‘lmay, birinchi passajdayoq ma’lum belgilarni paydo qiladi.

Tekshirish uchun savollar
1.Laboratoriya hayvonlarini belgilashda qaysi bo`yoq va eritmalardan foydalaniladi?
2.Laboratoriya hayvonlariga virusni yuqtirishda asosan nimaga e`tabor beriladi?
3. Laboratoriya hayvonlariga virusni yuqtirish usullarini ta`riflang.
Yüklə 217,91 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin