«mikrobiologiya, virusologiya va immunologiya» kafedrasi



Yüklə 217,91 Kb.
səhifə7/8
tarix14.06.2023
ölçüsü217,91 Kb.
#130316
1   2   3   4   5   6   7   8
7-Laboratoriya hayvonlariga qo‘yilgan talablar, tajribada hayvonlarni belgilash, virus yuqtirish usullari

Burun ichiga yuqtirish-Quyondan tashqari ko‘pchilik laboratoriya hayvonlarining burniga material tomizilganda aksa urishi tufayli virus saqlovchi suspenziyani sochib yuboradi.



Nafas olayotganda burunga tomizilgan material, havo bilan ichkariga kiradi. Quyonning narkozsiz bosh qismini orqaga qaratgan holda virus saqlovchi suspenziya tomchilatib yuqtiriladi.
Miyaning ichiga yuqtirish-Sichqonnig bosh terisini chap qo‘lning ko‘rsatgich barmog‘i bilan ensa tamoniga qarab tortiladi. Ko‘zning tashqi tamonidan o‘tuvchi o‘rtanchisagital chiziqdan va unga perpendikulyar bo‘lib hosil bo‘lgan kvadratning o‘rtasidagi nuqtaga cheklovchisi bor shprisli igna 1-2 mm kiritiladi (3-rasm).

3-rasm sichqon miyasining ichiga yuqtirish.
Oq kalamushlarning miyasi ichiga trepanatsiyalangan teshik orqali yuqtiriladi, yosh quyon va dengiz cho‘chqachalarini ko‘z olmasining ustidagi eng yupqa kalla suyagi teshilib yuqtiriladi. Bu holda ham ignani 4-5 mm dan ko‘p kirgizmasligi uchun cheklagichi bor ignadan foydalaniladi. Qari hayvonlarning miyasining ichiga trepanatsiyalangan teshik orqali yuqtiriladi.(4-rasm).


4-rasm quyon miyasining ichiga yuqtirish
Hayvonlarga virus yuqtirilgandan so‘ng, xonalarga joylashtirilib, yuqtirilgan virus yoki tekshirilayotgan materialni ekspertiza nomeri, yuqtirilgan hayvonlarning soni, yuqtirilgan vaqti yozilgan yorliq osib qo‘yiladi.
Ish jurnalida virusning nomi yoki tekshirilayotgan materialning ekspertiza nomeri, yuqtirilgan hayvonlarning soni va tavsifnomasi, belgisi, yuqtirish usuli va virusning miqdori yozilgan bo‘ladi.
Hayvonlarni kuzatib borib, ularning tashqi tuzilishiga, harakatchanligiga, ovqatlanishi va h.k. e'tibor beriladi. Shuni inobatga olish kerakki yuqtirilgandan so‘ng birinchi soatlarda hayvonlarni o‘lishi travma yoki tekshirilayotgan materialni zaharli ta’siri tufayli sodir bo‘lishi mumkin.
Laboratoriya hayvonlari organizmida viruslarning ko‘payish belgilari
Yuqtirilgandan so‘ng hayvonlar har kuni nazorat qilinib klinik holati kuzatiladi. Organizmning sezgir hujayralarida viruslarning ko‘payishi natijasida hujayralar jarohatlanadi yoki o‘ladi. Viruslar blian jarohtlanish kam miqdorda bo‘lsa, u holda organ funksiyasini bajarib turuvchi bir qismi yoki barchasi butunlay buziladi. Bu esa hayvonning ma’lum darajada xulqini, holatini o‘zgarishi bilan kechadi.
Respirator trakti hujayralarida virusning reproduksiyalanishi natijasida xirillash, yo‘tal, hansirash sodir bo‘lsa, miya hujayralarida virusning ko‘payishi tufayli tortishib qolish, falajlik, shollik va h.k kuzatiladi.
Organizmning holatida va funksiyasini bajarishida ko‘zga ko‘rinarli o‘zgarishlarning paydo bo‘lishi kasallikning klinik belgilari deyiladi. Ularni tajriba uchun yuqtirilish tufayli paydo bo‘lishi virus ko‘payganligini ko‘rsatuvchi dalil hisoblanadi. (5-rasm).


Yüklə 217,91 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin