«mikrobiologiya, virusologiya va immunologiya» kafedrasi


Laboratoriya hayvonlarini belgilash



Yüklə 217,91 Kb.
səhifə2/8
tarix14.06.2023
ölçüsü217,91 Kb.
#130316
1   2   3   4   5   6   7   8
7-Laboratoriya hayvonlariga qo‘yilgan talablar, tajribada hayvonlarni belgilash, virus yuqtirish usullari

Laboratoriya hayvonlarini belgilash
Tajribada foydalanilgan hayvonlarni belgilash eng muhim vazifalaridan biridir. Kasallik yuqtirilgan hayvonlar saqlanayotgan kataklarga yozuvli yorliq yopishtiriladi,bunda yuqtirishda ishlatiladigan virus (yoki tekshirilayotgan patologik materialning ekspertiza nomeri) yuqtirilgan hayvonlarning soni, virus yuqtirilgan sanasi agar zarur bo‘lsa boshqa ma’lumotlar ham yoziladi.
Har xil turdagi hayvonlarga belgilashning har xil o‘ziga xos usuli qo‘llaniladi. Yirik hayvonlarga va tovuqlarga bosilib yozilgan nomerli metall yorliq ishlatiladi.
Quyonlarning qulog‘ini ildiz qismiga kiydiriladi, dengiz cho‘chqachasining qulog‘iga sirg‘a o‘rnatiladi, tovuqlarning oyog‘iga xalqasimon shaklda belgi kiydiriladi.Tajribada kam gruhdagi hayvonlardan qisqa muddatda foydalaniladigan bo‘lsa, u holda elkasidagi juni, quyonlarda esa son qismidagi juni qirqilib belgilanadi.
Dengiz cho‘chqachalarini farqlashda rangiga e’tibor berilib, ish jurnaliga ham yozib qo‘yiladi. Oq sichqonlar, oq kalamushlar alohida oldingi va keyingi barmoq, oyoqlarini kesib tashlash yoli bilan belgilanishi mumkin. Ularning har biri u yoki bu tartib nomeriga to‘g‘ri keladi. Oldingi oyoqdagi bir sonini, keyingi oyoqdagi esa- o‘n sonini bildiradi. Lekin ko‘pchilk holda pigmentlanmagan junga rangli dog‘ surtish bilan belgilanadi. Barcha bo‘yoqlarga(fuksin eritmasi, brilliant yashili) nisbatan pikrin kiclotasining to‘yingan eritmasi eng yaxshi belgilovchi bo‘yog hisoblanib,jun va terida uzoq vaqtgacha saqlanib turadi. Rangli belgilar hayvonning ma'lum bir tartib nomeriga qo‘yiladi.Agarda hayvon tanasini ko‘z oldimizga keltirib uzunasiga uch bo‘lakka bo‘lsak (chap yonbosh, yelka, o‘ng yonbosh) u holda rangli belgi qo‘yishni chap tamonning yuqoringi burchagidan, demak kurakchadan boshlaymiz va bu 1 bo‘ladi,shu holda keyinga harakatlansak, chap yonbosh 2, chap son 3, so‘ngra esa 4, yelka 5, dumg‘aza oblasti 6, o‘ng yelka 7, o‘ng yonbosh 8, o‘ng son 9 bo‘ladi. Ikki rangdan foydalanib birinchi rangda birlik, ikkinchi rangda o‘nlik son bilan belgilanadi.

Yüklə 217,91 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin