«mikrobiologiya, virusologiya va immunologiya» kafedrasi


Laboratoriya hayvonlariga virus yuqtirish usullari



Yüklə 217,91 Kb.
səhifə3/8
tarix14.06.2023
ölçüsü217,91 Kb.
#130316
1   2   3   4   5   6   7   8
7-Laboratoriya hayvonlariga qo‘yilgan talablar, tajribada hayvonlarni belgilash, virus yuqtirish usullari

Laboratoriya hayvonlariga virus yuqtirish usullari
Laboratoriya hayvonlariga viruslarni saqlovchi materialni turli usullar bilan yuqtirsa bo‘ladi. Ko‘pincha quyidagi yuqtirish usullaridan foydalanamiz: teri ostiga (t/o), teri ichiga (t/i), muskul ichiga (m/i), qorin bo‘shlig‘iga (q/b), vena ichiga (v/i), burun ichiga (b/i), miya ichiga intraserebral (m/i). Ammo har qanday aniq holatda ham materialni yuqtirishda shu usullardan birini tekshiruvchi tanlashi kerak.
Yuqtirish usulini tanlaganda virusni tropizmi inobatga olinadi. virusning organizmning ma'lum bir turdagi hujayralarida ko‘payishi (reproduksiyalanishi), virusning tropizmi deyiladi.
Nerv hujayrasida reproduksiyalanuvchi virusni neyrotrop (masalan quturish kasalligida) teri hujayralarida reproduksiyala-nuvchi virusni dermatrop (masalan, chechak virusi), o‘pka hujayralarida pnevmatrop (gripp virusi) viruslar deyiladi. Bir qancha turdagi hujayralarda reproduksiyalanadigan viruslarni politrop (yirik shoxli hayvonlarda yuqumli rinotraxeit kasalligini chaqiruvchi virus nafas olish va ko‘payish organlarida reproduksiyalanadi), barcha turdagi hujayralarda reproduksiya-lanuvchi viruslar pantrop viruslar deyiladi.
Pantrop viruslarga itlarda o‘lat kasalligini chaqiruvchi virus misol bo‘la oladi. Viruslarning tropizmini bilgan holda shu virusga sezgir bo‘lgan organ hujayralariga virus materiali yuboriladi. Masalan gripp virusini–burun ichiga, chechak virusini – teri ichiga, quturish virusini- miya ichiga yuboriladi.
Pantrop viruslar vena ichiga yoki qorin pardasiga yuborilgandagina organizmga yaxshi tarqaladi. Tekshiruvchi material tarkibidagi virusning tropizmi to‘grisida ma’lumotga ega bo‘lmasa bir necha guruh hayvonlarga har xil usulda yuqtiriladi.
Yuboriladigan materialning hajmi va miqdori hayvonning turi, yuborish usuliga ko‘pdan ko‘p bog‘liq.(1-jadval).


1-jadval. Laboratoriya hayvonlariga yuboriladigan materialning eng yuqori miqdori




Yüklə 217,91 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin