Mikrobiologiya


Tavsiya etilayotgan mustaqil ishlarning shakllari



Yüklə 83,71 Kb.
səhifə10/16
tarix10.07.2023
ölçüsü83,71 Kb.
#136231
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   16
Микробиология фан дастури ФТТИ лотин

4.2. Tavsiya etilayotgan mustaqil ishlarning shakllari:
Talaba mustaqil ishni tayyorlashda muayyan modulning xususiyatlarini hisobga olgan holda quyidagi shakllardan foydalanish tavsiya etiladi:

  • darslik va o‘quv qo‘llanmalar bo‘yicha ma’ruzalar qismini o‘zlashtirish;

  • maxsus adabiyotlar bo‘yicha modullar bo‘limlari yoki mavzulari ustida ishlash;

  • yangi texnikalarni, biologik tekshiruv asboblarini, jarayonlar va texnologiyalarni o‘rganish;

  • talabaning o‘quv-ilmiy-tadqiqot ishlarini bajarish bilan bog‘liq bo‘lgan modullar bo‘limlari va mavzularni chuqur o‘rganish;

  • faol va muammoli o‘qitish uslubidan foydalaniladigan o‘quv mashg‘ulotlari;

  • masofaviy (distantsion) ta’lim.

  • berilgan mavzu bo‘yicha axborot (referat) tayyorlash;

  • modulning bo‘limlari yoki mavzulari ustida maxsus yoki ilmiy adabiyotlar (monografiyalar, maqolalar) bo‘yicha ishlash va ma’ruzalar qilish;

  • vaziyatli muammollarga yo‘naltirilgan vaziyatli masalalar yechish;

  • keys (real vaziyatli masalalar asosida kase-study) yechish.

  • grafik organayzerlarni ishlab chiqish va to‘ldirish;

  • krossvordlar tuzish va yechish;

  • prezentatsiya va videoroliklar tayyorlash hamda mustaqil ish jarayonida keng qo‘llash.

4.3. Mustaqil ta’lim va mustaqil ishlarni tashkil etish bo‘yicha umumiy ko‘rsatma va tavsiyalar:
Mikrobiologiya modul dasturi talabaning mustaqil ishi o‘rganilayotgan mavzu yuzasidan kengaytirilgan ma’lumotlarni yig‘ish, buning uchun axborot texnologiyalarining imkoniyatlaridan keng foydalanish, olingan ma’lumotlarni mustaqil ravishda ishlab chiqishdan iborat bo‘lib, uning turlari va shakllari turli ko‘rinishda bo‘lishi mumkin. Mustaqil ishga mo‘ljallangan mavzular va topshiriqlar talabaning mustaqil ishini tashkil etish bo‘yicha kafedrada ishlab chiqilgan va muntazam yangilanib boradigan uslubiy qo‘llanmalarda keng yoritilgan.
Mustaqil ta’lim natijalari reyting tizimi asosida baholanadi. Uyga vazifalarni bajarish, qo‘shimcha darslik va adabiyotlardan yangi bilimlarni mustaqil o‘rganish, kerakli ma’lumotlarni izlash va ularni topish yo‘llarini aniqlash, internet tarmoqlaridan foydalanib ma’lumotlar to‘plash va ilmiy izlanishlar olib borish, ilmiy to‘garak doirasida yoki mustaqil ravishda ilmiy manbalardan foydalanib ilmiy maqola va ma’ruzalar tayyorlash kabilar talabalarning darsda olgan bilimlarini chuqurlashtiradi, ularning mustaqil fikrlash va ijodiy qobiliyatini rivojlantiradi.
Talaba mustaqil ishni tashkil etishda quyidagi shakllardan foydalaniladi:
- ayrim nazariy mavzularni o‘quv adabiyotlari yordamida mustaqil o‘zlashtirish;
- berilgan mavzu bo‘yicha axborot (referat) tayyorlash;
-modulning bo‘limlari yoki mavzulari ustida maxsus yoki ilmiy adabiyotlar (monografiyalar, maqolalar) bo‘yicha ishlash va ma’ruzalar qilish;
- vaziyatli va klinik muammolarga yo‘naltirilgan vaziyatli masalalar yechish;
- aholi orasida sanitar oqartuv ishlarini suhbat va ma’ruzalarni o‘tkazish;
- modellar yasash, krossvordlar tuzish, organayzerlar tuzish va h.k.



Yüklə 83,71 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   16




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin