5-chizma. Daromad o’zgarishining byudjet chizig’iga ta’siri
Iste‘molchi byudjeti chizig‘ining holatiga uning daromadlari va tovarlar narxining o‘zgarishi ta‘sir ko‘rsatishi mumkin. Misol uchun, iste‘molchi daromadining muayyan miqdorida 20 birlik A tovar yoki 10 birlik B tovar sotib olish mumkin bo‘lsin. Birdaniga sotib olinishi mumkin bo‘lgan har ikkala tovarning turli kombinattsiyalari G byudjet chizig‘ida joylashadi. Agar iste‘molchining daromadi 2 barvar oshsa, u holda uning byudjet chizig‘i ham tegishli ravishda G1 holatiga siljiydi. Aksincha, daromadning kamayishi, byudjet chizig‘ining ham qisqarishiga va G2 holatiga siljishiga olib keladi.
Bozorda tovarlar narxi hamda iste‘molchi daromadlari darajasi o‘zgarib turadi. Iste‘molchining narx o‘zgarishiga ta‘sirchanligi o’rnini bosish samarasi deyiladi. Bunda bir tovar narx o‘sganda xaridor uchun o‘rnini bosuvchi boshqa tovar nisbatan arzon bo‘lib qoladi hamda u ancha qimmatli tovarni mazkur tovar bilan almashtiradi. Jumladan, margarin va sariyog‘ shunday o‘rnini bosuvchi tovarlar hisoblanadi. Ulardan biriga narxning o‘sishi boshqasining xarid qilinadigan miqdori ortishi bilan birga boradi.
Daromad samarasi narx o‘zgarishi oqibatida iste‘molchi pul daromadi xarid qilish layoqati tebranishi natijasida tovarlarga talabning o‘zgarishidir. Daromad samarasi turli xaridorlar toifasi uchun har xil o‘ringa ega bo‘ladi.
Iste‘molchi tanlovini o‘rganishda mazkur tanlov oqilona ravishda amalga oshiriladi va quyidagi shartlar ta‘minlanadi deb faraz qilinadi:
1) mavjud va cheklangan byudjetdan to‘liq foydalaniladi;
2) ehtiyojlar maksimal darajada qondiriladi.
Ma‘lum olingan tovarning narxi o‘zgarsa, u byudjet chizig‘iga ikkala turdagi o‘zgarish orqali ta‘sir qiladi. Bu daromad samarasi va o‘rnini bosish samarasi. Agar ikki tovardan aytaylik B tovarning narxi oshsa unda byudjetimizning real qiymati pasayadi, natijada iste‘molchi nominal qiymati o‘zgarmagan xuddi shu byudjet darajasida har ikkala tovardan kamroq sotib olishi mumkin va bu byudjet chizig‘i chap tarafga parallel ravishda ko‘chib o‘tib, Qa1 Qb1 to‘g‘ri chizig‘i shaklini oladi. Bu narx o‘zgarishining daromad samarasi deyiladi. Ammo narx o‘zgarishi natijasida o‘rnini bosish samarasi yuz beradi. A tovarning narxi va ikkala tovarlarning nafliliklari o‘zgarmay turib V tovarning narxi oshishi uning narxiga nisbatan so‘nggi qo‘shilgan nafliligini kamaytiradi va iste‘molchi o‘z tanlovini A tovarga tomon o‘zgartiradi. Bu esa byudjet chizig‘ining o‘zgarishiga olib keladi va iste‘molchi daromadi darajasini o‘zgartirmagan holatda Qa1 Qb1 byudjet chizig‘i Qa0 Qb2 to‘g‘ri chizig‘i shaklini oladi. Bu narx o‘zgarishining o‘rnini bosish samarasi deyiladi.
Normal tovarlar uchun quyidagilar xarakterli: xaridor o‘sgan real daromadining bir qismini mazkur tovarlar iste‘molini ko‘paytirishga sarflaydi, ya‘ni o‘rnini bosish va daromad samarasi bir xil yo‘nalishda ta‘sir ko‘rsatadi.
Daromad samarasi ko‘p darajada oziq-ovqat mahsulotlari, kiyim-kechaklar, tamaki mahsulotlari va boshqa shu kabi tovarlarga nisbatan o‘z o‘rniga ega bo‘ladi. Mazkur tovarlar uchun sarflar iste‘molchi byudjetining sezilarli qismini tashkil qiladi, shu bilan bir vaqtda tovar birligi narxlari unchalik katta bo‘lmaydi.
6-chizma. Narx o’zgarishining daromad va o’rnini bosish samarasi.
Hayotiy zarur tovarlarga narxning o‘sishi ularga bo‘lgan talab miqdorining qisqarishiga emas, balki o‘sishiga olib kelishi mumkin, chunki odamlar boshqa xaridorlardan voz kechib narxi o‘sganda ham hayotiy zarur tovarlarni sotib ola boshlaydi. Bu Giffen samarasi deb ataladi. Giffen samarasi ko‘pincha sanoat jihatdan rivojlangan mamlakatlarda kuzatiladi, u namoyon bo‘ladigan tovarlar Giffen tovarlari deb nomlanadi.
FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR:
https://genderi.org/
Dostları ilə paylaş: |