Mikroiqtisodiyot va makroiqtisodiyot


-chizma. Jamg`arma va investitsiya o`rtasidagi muvozanatning



Yüklə 272,01 Kb.
səhifə12/14
tarix01.06.2022
ölçüsü272,01 Kb.
#60372
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   14
Shohjahon kurs ishi

4.2-chizma. Jamg`arma va investitsiya o`rtasidagi muvozanatning
keynscha modeli.
Bu keynscha model bo`lib, bunda grafik ko’rsatkichlarining joylashuvi ham klassik modeldan farq qiladi. Tik o’qda jamg’arma (S) va investitsiya (I) darajasi, yotiq o’qda esa milliy daromad darajasi (NI) joylashgan. Iqtisodiyotdagi jamg’arma darajasi milliy daromad hajmiga bog’liq holda o’zgaradi. Milliy daromad hajmi amalda investitsiya darajasiga ham ta’sir ko’rsatsada, mazkur modelda uni milliy daromadga bog’liq bo’lmagan, ya’ni avtonom holda beriladi. Grafikda investitsiya va jamg’arma egri chiziqlari E nuqtada kesishadi. Agar iqtisodiyotdagi to’la bandlik holatiga milliy daromadning F darajasida erishiladi, deb qaraydigan bo`lsak, u holda bu darajada investitsiya va jamg’arma muvozanatini (EFnuqta) ta’minlash uchun investitsiya IF darajada bo’lishiga erishish lozim bo’ladi. Biroq, Keyns talqiniga ko’ra, investitsiya va jamg’arma darajasining muvozanati to’la bandlik bo’lmagan sharoitda ham ta’minlanishi mumkin: grafikdagi milliy daromadning N hajmida aynan shu holatga (E nuqta) erishiladi. Yuqorida o`rgangan ikki modelimiz haqida umumiy xulosaga kelib, ba`zi zarur taqqoslashlarni amalga oshiramiz:



Klassik modelda bu muvozanat ro’y berishi uchun iqtisodiyotning doimiy ravishda
to’la bandlik holatida bo’lishi taqozo etiladi. Keynscha modelda esa, yuqorida
ko’rib chiqilganidek, bu muvozanatga to’la bandlik bo’lmagan holatda ham
erishish mumkin





Ikkinchidan, klassik modelda narx mexanizmi juda harakatchan
bo’ladi. Keynscha modelda narxning bunday moslashuvchanligi inkor etiladi





Uchinchidan, yuqorida ta’kidlanganidek, klassik modelda jamg’arma foiz
stavkasining funktsiyasi sifatida, keynscha modelda esa daromad funktsiyasi sifatida qaraladi.


Demak, yuqoridagilardan ma`lumki, jamg’arma va investitsiya o’rtasidagi muvozanatning keynscha modeli klassik modelga nisbatan asoslangan, real hayot, ya’ni iqtisodiyotning to’la bandligi mavjud bo’lmagan holatga nisbatan ham tatbiq etilib, takomillashtirilgan model hisoblanadi. Shunga ko’ra, biz ham makrodarajadagi boshqa muammolarni ko’rib chiqish va tahlil qilishda, asosan, ushbu modeldan foydalanamiz.




Yüklə 272,01 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   14




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin