«mikroiqtisodiyot»


Seminar mashg’ulotlari uchun savollar



Yüklə 0,55 Mb.
səhifə38/92
tarix31.12.2021
ölçüsü0,55 Mb.
#50184
1   ...   34   35   36   37   38   39   40   41   ...   92
«mikroiqtisodiyot»

Seminar mashg’ulotlari uchun savollar

  1. Yangi korxonalarni tashkil etish – iqtisodiyotni rivojlantirish va erkinlashtirishning muhim sharti.

  2. Yangi korxonalarni tashkil etishning asosiy maqsad va tamoyillari.

  3. Korxonalarni tuzish qo’llaniladigan ta’sis hujjatlari va ularni ro’yxatdan o’tkazish tartibi.

  4. Korxonalar faoliyatini to’xtatishning asosiy sabablari.

  5. Tarkibiy o’zgarishlar (restrukturizatsiya) va uning korxona iqtisodiy barqarorligini ta’minlashdagi roli.


10 -MAVZU. ISHLAB CHIQARISH VA UNING FUNKSIYASI.
Reja:

1. Ishlab chiqarishning mohiyati va omillari

2. Izokvantalar

3. Qisqa muddatli davrda ishlab chiqarish

4. Ishlab chiqarishni 2 ta o’zgaruvchan omil xisobiga tashkil etish

5. Korxona hajmi samarasi.



Ishlab chiqarish korxona (firma) faoliyatining asosini tashkil etadi. Ishlab chiqarish jarayoni resurslarrvi layyor mahsulotga aylantirish jarayoni sifatida ko’riladi. Ishlab resurslari strukturasi va maksimal ishlab chiqarish hajmlari orasidagi bog'liqlik ishlab chiqarish funkiyasi bilan xarakterlanadi. Ishlab chiqarish funksiyasi grafikda izokvantalar kartasi orqali ifodalanadi.

Izokvanta ma'lum ishlab chiqarish hajmini olish uchun ishlab chiqarish omillaridan sarflanishi kerak bo'lgan turli kombinaciyalarni ko'rsatadi.

Ishlab chiqarish omillariga misol qilib ikkita omii - mehnat va kapitalni olishimiz mumkin.

Mahsulot ishlab chiqarish hajmi mehnat va kapital miqdoriga bog'liq. Shu bilan birga, ushbu omillarning o'zaro bog'liqligi ishlab chiqarish texnologiyasi bilan ham bevosita bog'liq, chunki shunday ishlar mavjudki, ularning ayrimlariga mehnat, boshqalariga kapital sarfi ko'p talab qilinadi. Demak, ma'lum miqdordagi mahsulot ishlab chiqarish uchun ikki omildan birini ko'paytiramiz va ikkinchisini kamaytiramiz.

Agar ikki omil - kapital va mehnat resursi bo'lsa, ularni bittasini kamaytirish va ikkinchisini oshirish (yoki aksincha) asosida ular o’rtasidagi optimal mutanosiblikni yuqorida aytib o'tgan izokvantalar ifodalaydi.

Mahsulot ishlab chiqarish uchun bevosita ta'sir etadigan omillar to'g'risida fikr yuritar ekanmiz, ularning o'rin almashtirish normasi to'g'risida- ham fikr yuritishimiz lozim. Misol uchun, alla etishtirishda ham mehnat, ham kapital sarfi bo’Iishi taqozo etiladi. Kaysi xo’jalivda ishlab chiqarish ko'proq mexanizaciyalashtirilgan bo'lsa, bu erga kapital sarfi ko'proq, aksincha bo'lsa, qo'l mehnati ko'proq bo'ladi. Bunday holda xo'jalik rahbari uchun omillarni o'rin almashtirish normasini buzilish zarurati vujudga keladi. ,

Mikroiqtisodiyotda izokvanta bilan birga izokosta tushunchasi ham ishlatiladi. Korxonalarda ma'lum bir hajmdagi umumiy harajatga kapital va mehnatning turli miqdordagi shartlari to'g'ri kelishi mumkin. Grafik tarzda. korxona ma'lum umumiy harajatlariga to'g'ri keluvchi kapital va mehnat miqdorlarini izokosta degan chiziq xarakterlavdi. Izokosta chizig'ida jovlashgan har bir nuqta, bir xil umumiy harajat qilish uchun ncchta kapital va nechta mehnat birligi talab qilinishini anglatadi. Xar bir izokosta o'zidan quyida turgan izokostadan yuqoriroq harajatlarni, o'zidan yuqorida turgan izokostadan kamroq harajatlarni namoyon etadi. Grafik tarzda, ma'lum bir hajmda mahsulot olish uchun kerakli harajatlarning minimal mivdorini aniqlash uchun biror hajmini ifodalaydigan izokvantani izokostalar grafigiga kiritiladi. Algebraik tarzda harajatlarni minimallashtirish quyidagi shart bajarilsa erishiladi:



MCHM = KCHM

Rm Rk


bu erda: MChM - mehnatning chegaraviy mahsuloti;

KChM - kapitalning chegaraviv mahsuloti;

Rm - mehnat bahosi; Rk - kapital bahosi.

Iqtisodiyot nazariyasi va amaliyotida qisqa muddatli davr va uzoq muddatii davr tusiuinchalari mavjud. Qisqa muddatli davrda hecli bo’lmaganda bitta ojnil o'zgarmas, uzoq muddatda esa lianima omillar o'zgaradi.

Qisqa muddatli davrda ishlab chiqarish hajmini faqat mehnat omilini o'zgartirish hisobigagina o'zgartirish mumkin. Shuning uchun samaradorlikni oshirish uchun mehnat unumdorligini oshirish talab etiladi. Mehnat unumdorligi deganda, bir birlik mehnat sarfiga to'g'ri keluvchi mahsulot hajmi tusliuniladi.

Chegaraviy mehnat unumdorligi yoki mehnatning chegaraviy mahsuloti bitta qo'shimcha mehnat hisobiga olinadigan qo'shimcha mahsulot hajmini bildiradi.

Chegaraviy 'unumdorliklarning pasayib borish qonuni shuni ifoda etadiki, unga ko'ra mehnatning chegaraviy unumdorliklari ma'lum meXnat birligicha oshib boradi, so'ng esa oshishi surhatlari pasaya boshlaydi va ma'lum nuqtada ishlab chiqarish hajmini shu darajadan oshiqqa o'zgartirib bo'lmaydi.

Uzoq muddatli davrda esa firma ishlab chiqarish hajmini oshirish uchun barcha omillarni o'zgartirishga harakat qiladi. Agar ishlab chiqarish hajmini o'zgartirmasdan, resurslar nisbatini o'zgartirish talab qilinsa bitta resursni oshirish uchun ikkinchi resursning ma'lum qismidan voz kechish kerak. Uzoq muddatli davrda shunday hollar ham bo'ladiki, ishlab chiqarish omillari ideal tarzda bir birini almashtirish mumkin.

Uzoq muddatli davrda firma optimal yolni tanlavdi, bu chiziq izokosta va izokvanta nuqtasidan o'tadi.

Korxonalarning iqtisodiy samaradorligini oshirish imkoniyatlari uzoq muddatli davrda qisqa muddatli davrdagidan kengroq bo'ladi.


Yüklə 0,55 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   34   35   36   37   38   39   40   41   ...   92




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin