Mavzuga doir masalalar
1.Tadbirkorning jami mablag'i 20 mln somga teng. Agar tadbirkor daromadini tavakkalchilik aktivlarga tiksa 12% daromad olishi, tavakkalchiliksiz aktivlardan foydalansa 6% daromad olishi mumkin. Investorning naflik funksiyasi quyidagicha berilgan:
U=r-2σ2
Tavakkalchilik aktivlarning tavakkalchilik ko'rsatkichi 2% ga teng bo'lsa, portfelning optimal tarkibi va tadbirkorning maksimal daromadi aniqlansin.
Yechimi:
a) Agar tadbirkor daromadining – x qismini tavakkalchilik aktivlarini olishga sarflagan bo'lsa, qolgan (1-x) qismini tavakkalchiliksiz aktivlarni olishga sarflaydi.
Tavakkalchilik va tavakkalchiliksiz aktivlarni kutilayotgan umimy daromad r=12×x+6×(1-x)=12x+6-6x=6x+6 (1)
Tavakkalchilik aktivlaridan olinadigan foydaning dispersiyasi σx2=4 ga teng bo'ladi, o'rtacha o’lchovli kutiladigan foydaning standart chetlanishi x·2 boladiya’ni σ=2x bundan x=σ/2 bo'ladi. (2)
(2) ni (1) ga keltirib qo’ysak r=6+6x=6+3σ. (3)
ni naflik funksiyasiga joylashtirsak U=6+3σ-2σ2 bo'ladi. Ushbu funksiyaning maksimum nuqtasini topish uchun undan hosila olib 0 ga tenglashtirsak
U'=3-4σ=0 bo'ladi. Bu yerdan σ0=0.75 ligini aniqlab formulaga qo’yamiz
r0=6+3×0.75=8.25
Maksimal naflik 8.25-2×0.752=7.12
Portfelning optimal miqdori r=7.12+2σ2
b) x=σ/2=0.75/2=0.375 demak tadbirkor daromadining 0.375 qismini tavakkalchilik aktivlarini olishga qolgan 0.625 qismini tavakkalchiliksiz aktivlarga sarflaydi.
Tavakkalchilik aktivlariga 20 mln×0.375=7.5 mln som sarflab undan 7.5 mln×0.12=0.9 mln som daromad oladi.
Tavakkalchiliksiz aktivlarga 20 mln·0.625=12.5 mln som sarflab, ulardan 12.5×0.06=0.75 mln som daromadga ega bo'ladi.
Umimiy daromad 20mln+0.9mln+0.75mln=21.65 mln somni tashkil etadi.
Javob: Portfelning optimal tarkibi r=7.12+2σ2.
Umimiy daromad miqdori 21.65 mln som bo'ladi.
Mustaqil ishlash uchun masala va topshiriqlar
1. Tadbirkorning jami mablai 40 mln somga teng. U daromadini tavakkalchilik aktivlariga tikib 16% daromad olishi, yoki tavakkalchiliksiz aktivlardan foydalanib 8% daromad olishi mumkin. Investorning naflik funksiyasi berilgan, ya’ni U=2r-3σ2
Tavakkalchilik aktivlarning tavakkalchilik ko'rsatkichi 4% ga teng, deb qarasak portfelning optimal tarkibi aniqlansin.
Dostları ilə paylaş: |