«mikroiqtisodiyot»



Yüklə 0,55 Mb.
səhifə32/92
tarix31.12.2021
ölçüsü0,55 Mb.
#50184
1   ...   28   29   30   31   32   33   34   35   ...   92
«mikroiqtisodiyot»

Majmua

X

Y

MRS

MUx

MUy

1

2

90

15




6

2

4

60




60




3

5

48







12

4

8

36




6




5

10

30







1

6

11

29











5. To'lqin akaning bir haftalik daromadi 9600 som. U ushbu daromadini kolbasa va sariyoga sarflaydi. Bir kg sariyo narxi 3200 som, 1 kg kolbasa narxi 2400 som. Naflik funksiyasi U = XcXk ga teng .Sariyo narxi tushib 2600 somni tashkil etdi.

Aniqlansin:

a) Narx tushmasdan oldingi naflikni olish uchun daromadni qanchaga o'zgartirish kerak?

b) Almashtirish samarasi, daromad samarasi va umumiy samara hisoblansin.


6. Ozod bir oyda qulupnay va o'rik uchun 140 000 som sarflashni rejalashtirdi.

a) O'rikdan olinadigan umumiy naflik funksiyasi TU(x)=30x-2x2

Bu yerda, x- o'rik hajmi.

Qulupnaydan olinadigan umumiy naflik funksiyasi esa TU(y)=20y-y2 ga teng.

Bu yerda, y-qulupnay hajmi.

1 kilogramm o'rik narxi -1 000 som, 1 kilogram qulupnay narxi esa -2 000 somga teng. Ushbu ma’lumotlar asosida Ozod uchun eng maqbul tanlov topilsin.



7. Robiyaning mablai 100 000 somni tashkil etadi. U ushbu puliga olma va go'sht sotib olmoqchi. Bozorda 1 kg olma narxi 2000 som va 1 kg go'sht narxi 7000 som edi. Bozordagi o'zgarishlar tufayli olma narxi 1500 somga tushdi, lekin go'sht narxi 20% ga ko’tarildi. Robiyaning dastlabki va hozirgi vaqtdagi byudjet chizig'i grafikda chizilsin va o'zgarishlarni izohlang.
8. Jadvalda uzum bilan malinadan olinadigan umimiy naflik (TU, yutilda) keltirilgan:


TU, yutil

Malina, kg

1

2

3

4

5



Uzum,kg

1

30

40

48

55

60

2

35

45

53

60

64

3

39

49

57

X

67

4

42

52

60

Y

69

5

45

55

62

Z

70



  1. X,Y,Z larning olishi mumkin bo'lgan qiymatlarini toping?

  2. X,Y,Z olishi mumkin bo'lgan butun sondan iborat 1 ta misol keltiring.


9. Fotimaning 35 000 som mablai bor. U mehmonlar kelishi munosabati bilan uyiga tort olmoqchi. Mehmonlar va oilasining tort yeyishdan oladigan umumiy nafliligi (TU), chekli nafliligi (MU) quyida aks ettirilgan jadval ma’lumotlarida keltirilgan pul miqdori bilan o'lchaydi.



Tortlar soni

Mehmonlar

Oilasi

TU

MU

TU

MU

1

80

80

120




2

140







90

3

190

50




60

4

235




300




5




35

310




Agar tort narxi 4000 somga teng bo'lsa, bo'sh kataklarni to'ldiring va Fotima uchun eng ma’qul yo'lni tanlang.

8- MAVZU. BOZOR VA TAVAKKALCHILIK.
Reja:

1.Tavakkalchilik to’g’risida tushuncha va uning o’lchovi

2. Tavakkalchilikka bo’lgan munosabat

3. Tavakkalchilikni pasaytirish yo’llari


Noaniqlik – axborotlar yetarli va to’liq bo’lmaganda qabul qilingan qarorlarda noaniqlik vujudga keladi. Noaniqlik sharoitida qabul qilingan qarorlar natijasida tavakkalchilik vujudga keladi.

Tavakkalchilik (risk) - qo'yilgan maqsadga erishishdagi yo’qotishlar.

Ehtimol (probability) – ma’lum natijaga erishish imkoniyati.

Ob’ektiv (matematik) ehtimol – voqea va hodisalar jarayonida takrorlanishlarni hisob-kitob qilishga asoslangan ehtimol.



Kutiladigan qiymat (matematik kutilish) -

Bu yerda, Pi - voqea va hodisaning ehtimoli;

Xi – voqea va hodisaning natijasi.

Dispersiya kutiladigan natijadan haqiqiy natijaning o'rtacha kvadratik chetlanishi:
Chetlanish – kutiladigan natija bilan haqiqiy natija o’rtasidagi farq.
Standart (o'rta kvadratik) chetlanish – dispersiyadan olingan kvadrat ildiz:
Tavakkalchilikka qarshi inson (zist orvezse person) – kutilgan daromadga nisbatan kafolatlangan daromadni ustun ko'radigan inson.
Tavakkalchilikka befarq qarovchi shaxs – kutiladigan daromadda u kafolatlangan daromad bilan tavakkal daromaddan qaysi birini tanlashga befarq qaraydigan shaxs.
Tavakkalchilikka moyillik (zist prefeped) – kutiladigan daromadda kafolatlangan natijaga ko'ra ko'proq tavakadchilik bilan bog'liq bo'lgan natijani ustun ko'radigan shaxs.
Diversifikatsiya – tavkkalchilikni pasaytirish usuli bo'lib, bunda tavakkalchilik (yo’qotishlar) bir qator tovarlarga shunday taqsimlanadiki, tovarlardan bittasini sotib olishdan tavakkalchilikning ortishi boshqa tovarni sotib olishdagi tavakkalchilikning pasayishini bildiradi. Masalan, 2 ta mahsulotga bo'lgan talabni bir vaqtda kamayib ketish ehtimolidan ulardan bittasiga talabni kamayib ketish ehtimoli yuqori.
Tavakkalchiliklarni qo'shish – ushbu usul tasodifiy yo’qotishlarni o'zgarmas harajatlarga aylantirish orqali tavakkalchilikni kamaytirishga qaratilgan (mulkni suurtalash)
Tavakkalchilikni taqsimlash – ushbu usulga ko'ra zarar ko'rish ehtimoli bilan bog'liq bo'lgan tavakkalchilik sub’yektlar o’rtasida shunday taqsimlanadiki, oqibatda har bir sub’yektning kutiladigan zarari nisbatan kichik bo'ladi. Yirik moliya kompaniyalari katta masshtabdagi loyihalarni tavakkalchilikdan qo’rqmasdan moliyalashtiradi.
Asimmetrik axborot – bu shunday holatki, bunda bozorda bo'ladigan savdo-sotiqda bozor qatnashchilaridan bir qismi kerakli va muhim axborotga ega qolgan qismi esa ega emasligi tishuniladi.

Ma’naviy tavakkalchilik – yo’qotishlar suurta kompaniyasi tomonidan to’liq qoplanishiga ishonch hosil qilgan holda, vujudga kelishi mumkin bo'lgan yo’qotishlar ehtimolini ongli ravishda oshirib ko’rsatishga intiluvchi shaxsning xatti-harakati.


Auktsion – tovarni oldi-sotdisini tashkil qilish usullaridan biri bo'lib unda transaktsiya harajatlari real vaqt rejimida o'tadi.
Inglizcha auktsion – bunda stavka pastdan yuqoriga tovar sotilgunga qadar oshib boradi, tovar taklif qilingan maksimal narxda sotiladi.
Gollandcha auktsion – bu auktsionda stavka yuqoridan pastga tovar sotilgunga qadar pasayib boradi.
Yopiq auktsion - bunda tovar uchun auktsion qatnashchilari bir-biriga bog'liq bo’lmagan holda stavkalarni belgilaydilar va tovar kim ko'p stavka qo’ygan bo'lsa shunga beriladi.
Fyuchers – hozirgi narxlarda ma’lum miqdordagi tovarni kelajakda ma’lum kunda etkazib berish uchun tuzilgan muddatli shartnoma.
Opsion - bu fyuchersning bir turi bo'lib, unga ko'ra bir tomon komission to'lov asosida biror tovarni kelajakda sotib olish yoki sotish huquqini oldindan kelishilgan narxda sotib oladi.

Yüklə 0,55 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   28   29   30   31   32   33   34   35   ...   92




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin