Iste’molchi tanlovi masalasi.Iste’molchining naflik funksiyasi 2 ta tovar uchun berilgan U(X1X2), daromadi R bo'lsa va P1 va P2 – 1-2-tovar narxlari ma’lum bo'lganda iste’molchi 1-2-tovardan shunday X1 va X2miqdorda sotib olsinki, ular iste’molchining naflik funksiyasini maksimal qiymatga erishishini ta’minlasin.
Engel chiziqlari – iste'mol qilingan tovarlar miqdorini iste’molchi daromadining o'zgarishidan bog'liqligini ko’rsatuvchi chiziq.
Oliy kategoriyali tovar – daromad oshganda talab oshib ketadigan tovarlar.
Normal tovarlar – daromad oshganda talab oshadigan tovarlar.