Byudjet chizig'i – byudjetni to'liq sarflash sharti bilan iste’molchi sotib oladigan tovarlar kombinatsiyalarini ifodalovchi chiziq. Byudjet chegarasi tenglamasi quyidagicha yoziladi:
Bu erda: R – daromad;
P1, P2 – 1-2-tovarlar narxi;
X1, X2 – sotib olinadigan 1-2-tovarlar miqdori.
Byudjet chizig'ini befarqlik chizig'i bilan urinish nuqtasi iste’molchining muvozanat holatini bildiradi.
G rafikdagi ko'rinishi quyidagicha:
Ne’matlarning bir-birini o'rnini bosishi-- ne’matlarning bir-birini o'rnini bosish zonasi deb - bir ne’mat bilan ikkinchi ne’matni samarali almashtirish mumkin bo'lgan oraliqga aytiladi
O'rindosh tovarlarni almashtirish samarasi – iste’molchining iste'mol majmuasiga kiruvchi ne’matlardan birining narxi o'zgarishi natijasida iste'mol tarkibining o'zgarishi.
Daromad samarasi – iste'mol majmuasiga kiruvchi ne’matlardan birining narxi o'zgarishi natijasida hosil bo'lgan real daromad hisobidan iste'mol tarkibini o'zgarishi.
Dostları ilə paylaş: |