Mahsulot sifati noaniqligi. Avtomobil va sugʻurta bozoridagi asimmetrik axborot. Faraz qilaylik, bozorda foydalanilganavtomobillar sotiladi. Faraz qilaylik, mashinaning holati (sifati) oʻrtacha holatdan yuqori boʻlsa yaxshi avtomobil, past boʻlsa - yomon avtomobil (ushbu masalani 1970-yilda birinchi boʻlib amerikalik olim A.Akerlof oʻrgangan). Yaxshi avtomobillarning narxi 3000 doll. Agar bozorda ikkala kategoriyadagi avtomobillar soni bir-biriga teng boʻlsa, avtomobilning oʻrtacha narxi 2000 doll. boʻladi. Ushbu holatda yaxshi avtomobilni ham, yomon avtomobilni ham sotib olish ehtimoli 50 foizga teng.
Biroq sotuvchilar oʻzlarining avtomobili sifatini yaxshiroq biladi, xaridorlar bunday axborotga ega emaslar. Yaxshi mashina sotuvchilarni 2000 doll. narx qanoatlantirmaydi. Yomon mashina sotuvchilarni esa 2000 doll. narx qanoatlantiradi va bu narx ular kutgan narxdan ancha yuqori.
Bozorda asimmetrik axborot boʻlgan sharoitda avtomobil bozoridagi narx avtomobil sifati toʻgʻrisida toʻliq axborotni bermaydi, natijada bozordagi savdo-sotiqlarni noratsional boʻlishiga olib keladi. Yaxshi avtomobil egalari oʻz avtomobillarini 2000 doll.da sotishdan voz kechadilar. Oqibatda yaxshi avtomobillar taklifi kamayadi. Yomon avtomobillar narxi yuqori boʻlgan uchun, ularning taklifi oshadi. Bunday holatda yaxshi avtomobil olish ehtimoli 50 foizdan nolga tushib ketadi.
3.Talab va taklif elastlikligi “Elastiklik” termini iqtisodiyotda ilk bor Alfred Marshall tomonidan 1885 yilda talab va taklif elastikligida qo‘llanildi. Elastiklikning iqtisodiy tahlilga kiritilishi katta ahamiyat kasb etadi. Jumladan, - bir tomondan, elastiklik koeffisienti statistik o‘lchovlarni olishda asosiy vosita bo‘lib xizmat qiladi, ayniqsa, marketing tadqiqotlarini olib borishda keng qo‘llaniladi; - boshqa tomondan, elastiklik konsepsiyasi iqtisodiy tahlilning muhim vositasi hisoblanadi, chunki, fanda nafaqat o‘lchash, hisoblash balki, olingan natijani tushuntirish, tahlil qilishni ham bilish kerak.
Narx bo‘yicha talab elastikligi – narxning bir foizga o‘zgarishi natijasida talabning son jihatdan foiz bo‘yicha o‘zgarishi darajasini ko‘rsatadi. Bunga eng muhim misollardan biri, narxga bog‘liq bo‘lgan talab elastikligidir. Bu elastiklik tovar narxining bir foizga o‘zgarishi, unga bo‘lgan talabning necha foizga o‘zgarishini ko‘rsatadi. Narxga bog‘liq talab elastikligini quyidagicha yozamiz: E p =^Q%/ ^P%
Bu yerda ^Q% - talabning foiz o‘zgarishi; ^P%- narxning foiz o‘zgarishi.
Shuni eslatish lozimki, foiz o‘zgarish, o‘zgaruvchining mutlaq o‘zgarishini, o‘zgaruvchining oldingi darajasiga nisbatidir.
^Q%=^Q/Q*100%; ^P%=^P/P*100%
Narxga bog‘liq talab elastikligi talab chizig‘ining alohida nuqtasida o‘lchanadi va egri chiziq bo‘yicha siljiganimizda, u o‘zgarib boradi. Shunga mos ravishda, real statistik ma’lumotlarga ko‘ra, nuqtaviy va yoysimon elastiklik koeffisientlarini aniqlash mumkin.
Narx bo‘yicha taklif elastikligi koeffisienti Yes – narxning bir foizga o‘zgarishi natijasida taklif hajmining son jihatidan foiz bo‘yicha o‘zgarishini bildiradi. Bunday elastiklikning qiymati ijobiy bo‘ladi, chunki, ishlab chiqaruvchilar uchun yuqori narx ularni ko‘proq mahsulot ishlab chiqarishga rag‘batlantiradi. Aniq tovarga bo‘lgan bozor taklifi alohida firmalarning individual takliflarining yig‘indisidan shakllanadi. Buning natijasida bozordagi taklifning elastiklik hajmi alohida firmalarning bozordagi ulushi va ular taklifining elastiklikligiga bog‘liq.
Talabning narx elastikligi va uning omillari Talab qonuni tovar narxining tushishi talab qilinadigan miqdorning oshishiga olib kelishi ifodalaydi. Talabning narx elastikligi - talab qilinadigan miqdor qancha bo`lganda narx o`zgarishiga javob berishini o`lchaydi. Agar talab qilinadigan miqdor narx o`zgarishiga katta miqdorda ta’sir qilsa, tovar uchun talab elastik deyiladi. Agar talab qilinadigan miqdor narx o`zgarishiga kichik miqdorda ta’sir qilsa, talab noelastik deyiladi. Har qanday tovar uchun talabning narx elastikligi narx oshganda iste’molchilar kamroq tovar sotib olishga qay darajada tayyor ekanliklarini o`lchaydi. Elastiklik iste’molchi afzal ko`radigan iqtisodiy, ijtimoiy va psixologik kuchlarga ta’sir etadi. Tajribaga asoslangan holda talabning narx elastikligini qanday omillar belgilab berishi haqidagi ba’zi umumiy qoidalarni ko`rib chiqamiz. O`rin bosuvchi tovarlarning mavjudligi. O`rin bosuvchi tovarlar ko`proq elastik bo`ladi, chunki xaridor uchun bu tovardan boshqa tovarga o`tish ancha oson. Masalan, saryog’ va margarin oson o`rin almasha oladi. Saryog’ narxining kichik miqdorda o`sishi margarin narxiga e’tiborimizni qaratadi va sotib olinadigan saryog’ miqdorining kamayishiga sababchi bo`ladi. Teskari ravishda, tuxumning o`rin bosuvchisi bo`lmaganligi sababli tuxum uchun talab saryog’nikiga qaraganda deyarli elastik emas. Qulay hayot kechirishga teskari muhumlik. Qulay hayot kechirishda elastik talab bo`lganligiga teskari ravishda muhimlik noelastik talabdir. Shifokorko`rigining narxi oshgani bilan insonlar shifokor qabuliga yozilishni kamaytirishmaydi, hatto kamroq borishi mumkin bo`lsa ham. Bunga teskari ravishda talab qilinadigan qayiqlar miqdorining kamaytirishga olib keladi. Bunga sabab ko`pchilik odamlar shifokor qabuliga muhimlik sifatida qayiqlarni esa qulay hayot kechirish sifatida baholaydi albatta. Tovar muhimlik yoki qulaylik sifatida baholanishi nafaqat tovarning vaqtinchalik ma’lumotiga, balki sotuvchining afzalliklariga ham bog’liq. Bunga ahamiyat bermaydigan qiziquvchi dengiz suzuvchisi uchun qayiqlar noelastik, doctor uchun qulaylik va elastik talab bo`ladi. Elastiklik - talab qilinadigan yoki taklif qilinadigan miqdorning uning omillaridan biriga ta’siring o`lchovi. Talabning narx elastikligi - tovarning talab qilinadigan miqdori, shu tovarning narxiga qay darajada ta’sir qilishini o`lchaydi va talab qilinadigan miqdorning o`zgarish foizi narxning o`zgarish foiziga nisbati bilan aniqlanadi.