Mikroiqtisodiyotda talab va taklif


Assimmetrik axborot bozori



Yüklə 26,3 Kb.
səhifə2/3
tarix10.04.2023
ölçüsü26,3 Kb.
#95452
1   2   3
Mikroiqtisodiyot 2 oraliq

Assimmetrik axborot bozori

“Men sen bilmaydigan bir narsani bilaman”. Bu bolalar orasida juda mashhur hazil, shu bilan birga uning tagida odamlar baʼzida oʻzaro qanday muomalada boʻlishlarini koʻrsatuvchi haqiqat bor. Hayotda koʻpincha bir odam atrofda nima boʻlayotganini boshqasidan koʻra koʻproq biladi. Hozirgi hodisaga taalluqli boʻlgan turlicha bilimlar farqi axborot asimmetriasi deyiladi.
Misollar. Ishchi oʻz ish beruvchisiga qaraganda oʻz ishiga qancha kuch ketishini koʻproq biladi. Ishlatilgan mashina egasi xaridorga qaraganda mashinaning holati haqida koʻproq maʼlumotga ega. Birinchisi yashirin faoliyatga misol boʻlsa, ikkinchisi yashirin tavsifga misol boʻla oladi. Ikkala holatda ham maʼlumotga ega boʻlmagan taraf (ish beruvchi, xaridor) haqiqiy maʼlumotni bilmoqchi, lekin unga ega boʻlgan taraf (ishchi va sotuvchi) ataylab haqiqatni bir qismini berkitishi mumkin.
Assimetrik axborot juda keng tarqalgani sababli iqtisodchilar yaqin oʻn yilliklarda uning taʼsirini oʻrganish uchun juda koʻp kuch sarflashdi. Asimmetrik axborot - bu shunday holatki, bozordagi bozor subyektlari oʻrtasida boʻladigan savdo-sotiqda ularning bir qismi kerakli, muhim axborotga ega, qolgan qismi esa ega emas.
Bozordagi tovarlarni taqsimlanishi optimal boʻlishi tovarlar narxi va tovar toʻgʻrisida qanchalik toʻgʻri axborot berishi bilan bogʻliq. Raqobatlashgan bozorni qaraganimizda biz axborotni simmetrik ravishda taqsimlangan, yaʼni sotuvchilar va sotib oluvchilar axborot bilan toʻliq taʼminlangan, deb faraz qilgan edik. Bunday holatda narxlar sotiladigan neʼmatlarning alternativ xarajatlari toʻgʻrisida toʻliq axborot beradi. Aniq va toʻliq axborotning boʻlishi bozordagi neʼmatlarning optimal taqsimlanishiga yordam beradi. Lekin, bozorda ahvol butunlay boshqacha. Sotuvchilar oʻz tovarlari sifatini yaxshi bilsada, ushbu axborotni xaridordan yashiradi. Xuddi shunday xaridorlar ham oʻzlarining bozordagi xatti-harakatlarini yashirib, har xil yoʻl bilan savdo-sotiqda bir tomonlama yutuqqa erishishga harakat qiladi. Bozor narxi oʻzida juda koʻp axborotni mujassamlashtiradi. Ushbu axborotni bozor qatnashchilari qancha toʻliq bilsa, savdo-sotiq ikki tomon uchun shuncha samarali boʻladi, yaʼni ikki tomon ham maksimal foyda koʻradi. Yuqoridagidan kelib chiqib aytish mumkinki, bozorda axborotlar asimmetrik (toʻliq) boʻlmaganligi uchun bozor mexanizmi ham yetarli darajada mukammal emas.
Haqiqatdan 2001-yil iqtisod sohasida Nobel mukofoti sovrindorlari boʻlgan uchta iqtisodchi (Jorj Akerlof, Maykl Spens va Joʻzef Stiglitz) larga aynan shu yoʻnalishdagi ilk qadamlari uchun ushbu mukofot berilgan. Keling bu izlanishlar ochib bergan baʼzi tushunchalarni koʻrib chiqamiz. Yashirin faoliyat: prinsipal-agent, agent va maʼnaviy tavakkalchilik Maʼnaviy tavakkalchilik bu muammo boʻlib, u agent deb atalgan bir shaxs prinsipal-agent deb atalgan boshqa bir shaxsning topshirigʻini bajarishida vujudga keladi. Agar prinsipal-agent agentning xatti-harakatini toʻliq nazorat qila olmasa, u holda agent prinsipal-agent oʻylaganidan koʻra kamroq samara bilan ishlaydi. Maʼnaviy tavakkalchilik bu tavakkal yoki ―xavf‖ boʻlib, unda agent notoʻgʻri yoki axloqsiz xatti-harakat qiladi. Bunday holatlarda prinsipal-agent ko’proq masʼuliyat bilan ishga yondashishi uchun har xil ragʻbatlantirishlardan foydalanadi.
Ish bilan bandlik munosabatlari klassik misoldir. Prinsipial-agent bu ish beruvchi, agent bu ishchi. Axloqiy xavf muammosi bu yaxshi nazorat ostida boʻlmagan ishchining oʻz javobgarligidagi ishdan qochishi. Ish beruvchilar bunga turlicha javob qaytarishlari mumkin:
- Yaxshiroq nazorat qilish. Ota-onalar yollangan enagalarni ular yoʻqligida bolalariga munosabatini koʻrish uchun uyga yashirin kameralar oʻrnatishadi. Maqsad masʼuliyatsiz munosabatni tutish.
- Yuqori darajadagi oylik. Ish haqi samaradorligi nazariyasiga koʻra, baʼzi ish beruvchilar oʻz ishchilariga oylikni mehnat bozoridagi narxdan yuqoriroq toʻlashni afzal deb bilishadi. Oddiy darajadan yuqoriroq oylik oladigan ishchi oʻz ishidan notoʻgʻri yoʻlda foydalanishi kamroq ehtimolda, chunki agar u qoʻlga tushsa va haydalsa u qayta bunday oylik toʻlanadigan joy topa olmasligi mumkun.
Ish beruvchi axloqiy xavf kamaytirish uchun ushbu yoʻllardan istaganini tanlashi mumkin.

Yüklə 26,3 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin