Kredit muddati: 36 oygacha.
Yillik foiz stavkasi: 28% (budjet tashkilotlari xodimlariga 20%).
Kredit ajratishning eng yuqori miqdori:
Bazaviy hisoblash miqdori (BHM) ning 150 baravari miqdorigacha (kafillik yoki sug‘urta polisi asosida);
Bazaviy hisoblash miqdori (BHM) ning 150 baravari miqdoridan 50 mln. so‘mgacha (likvidlik garovi ta'minoti asosida).
Birlamchi bozordan ipoteka krediti
Ipoteka krediti kredit olish uchun murojaat qilgan kunida 18 yoshga toʼlgan va 60 yoshdan oshmagan Oʼzbekiston Respublikasi fuqarosi.
Qarz oluvchi: Doimiy daromadga ega jismoniy shaxsga ajratiladi.
Kredit maqsadi: Birlamchi uy-joy bozorida ko‘p kvartirali uylardagi kvartirani sotib olish.
Kredit muddati: 20 yilgacha.
Boshlang‘ich badalning eng kam miqdori: Birlamchi uy-joy bozorida ko‘p kvartirali uylardagi kvartira umumiy qiymatining 15 foizidan kam bo‘lmagan miqdorda.
Yillik foiz stavkasi: 17%.
Kredit ajratishning eng yuqori miqdori:
Qoraqalpog‘iston Respublikasi va viloyatlarda – 327 250 000 so‘m;
Toshkent shahrida – 416 500 000 so‘m.
Xulosa
Hozirda fan texnika rivojlangani sari, barcha ishda qulayliklar yaratib berilmoqda. Shu jumladan bank ishlarida hambir qancha o’zgarishlar mavjud. Masalan hozirda Mikrokreditbankdan online ularning rasmiy sahifasi orqali istalgan turdagi kreditlar haqida ma’lumot olishingiz mumkin, xattoki ba’zi mikroqarzlarni uydan chiqmagan holda online rasmiylashtirish imkoniyati ham yaratilmoqda. Mikrokreditbank rasmiy saytida banking barcha qulayliklari, yangi imkoniyatlari haqida xabardor bo’lish mumkin. Istalgan turdagi kreditni olish uchun boshlang’ich arizani online topshirish imkoniyati mavjud.