Mikrokreditbank



Yüklə 338,34 Kb.
səhifə4/6
tarix07.09.2022
ölçüsü338,34 Kb.
#63453
1   2   3   4   5   6
amaliyot hisoboti — копия

Online mikroqarz – “Mikrokreditbank” ATB tomonidan ish haqi loyihasi doirasida ochilgan plastik kartalarga masofaviy qarz taqdim etish turi. Bank tomonidan Online mikroqarz naqd pulsiz shaklda bank kartasiga “MKB Mobile” ilovasi orqali milliy valyuta – "soʼm"da - 3 oygacha boʼlgan muddatga ajratiladi. Onlayn mikroqarzning asosiy qismi foydalanishning oxirgi oʼttizinchi kunida qaytarish sharti bilan beriladi. Bunda, mijoz tomonidan oferta shartnomasi tasdiqlanganidan soʼng 3 bank ish kuni ichida foydalanish lozim, mijoz tomonidan foydalanilmagan taqdirda shartnoma keyingi kundan bekor qilinadi. Onlayn mikroqarz oluvchi jismoniy shaxs soʼnggi ish joyida kamida 6 oy ishlagan (kredit olish davrida ishlab turgan) boʼlishi lozim.
Online mikroqarz quyidagi shartlar asosida ajratiladi:

  1. "Online mikroqarz" yillik foiz stavkasi: 24%
    3 oygacha muddatda 1 500 000 so'mgacha beriladi.

  2. "Online mikroqarz-2" yillik foiz stavkasi: 27%
    12 oygacha muddatda 5 000 000 so'mgacha beriladi.

Mikrokreditbankda “MKB Mobile” ilovasi orqali “Online” mikroqarz olish bosqichlari haqida ma'lumot:
Endi Siz istalgan paytda bankka kelmasdan hech qanday hujjatlarsiz “MKB mobile” ilovasi orqali skoring tahlili asosida “Online” mikroqarz olish imkoniga egasiz. E'tiborlisi, bu xizmat faqat MIKROKREDITBANK ish haqi plastik kartasi emissiya qilingan jismoniy shaxslarga onlayn rejimda mobil telefon yordamida ajratiladi. Eng asosiysi, kredit olish uchun soatlab navbatda turishdan qutuling va 10 daqiqa ichida o'zingiz kredit rasmiylashtiring.
Ishlatish tartibi:

  • Telefoningizga “MKB Mobile” mobil ilovasini yuklab olasiz;

  • “MKB Mobile” ilovasiga kirib, “MENING KREDITIM” yo’nalishi tanlanadi;

  • Bu yo’nalishidan “ONLAYN KREDIT” ustuniga kiriladi va "online mikroqarz" yoki "online mikroqarz 2" kredit turlaridan biri tanlanadi va elektron tarzda mikroqarz ajratishga buyurtma jo’natiladi. Bunda mijoz elektron oferta shartnomasi bilan tanishib chiqadi va elektron imzolaydi;

    1. "Online mikroqarz" 1 oydan 3 oygacha muddatda beriladi;
      "Online mikroqarz 2" esa 12 oy muddatga ajratiladi.

    2. “Online” mikroqarz yillik 24 foizdan;
      "Online mikroqarz 2" esa yillik 25 foiz.

  • Mikroqarz summasi skoring tahlil asosida ish haqi bo’yicha ochilgan plastik kartasiga faqat oylik maoshi kirim bo’lgan summasining 50 foizi kredit to’lov qobiliyati uchun qabul qilinadi va barcha mavjud kreditlarining bir oylik to’lovlari chegirib tashlanadi;

Bankka hujjat taqdim qilmasdan, mijoz tomonidan oferta shartnomasi elektron tarzda tasdiqlanib ajratiladi.
Muddati o’tgan kredit qarzdorliklari bor mijozlarga ushbu kredit ajratilmaydi. Bunda mijoz tomonidan kredit buyurtmasida berilgan summani plastik kartasiga yuklab oladi. Аgarda mijoz “Online” mikroqarzdan foydalanib, muddati o’tgan qarzdorligi 15 kun muddatdan oshgan taqdirda ushbu kreditdan qayta foydalana olmaydi. Shuningdek, kredit qarzdorligini qaytarishda elektron tarzda bankka bormasdan amalga oshiriladi.

Yüklə 338,34 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin