Bioinformatika fani istiqbollari. O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi ―Genomika va bioinformatika‖ markazida sohada anchagina muvaffaqiyatli dasturlar amalga oshirildi. Markazda yetakchi xorijiy ilmiy markaz tajribalariga ega, bioinformatsion texnologiyalar bo‘yicha bilim va ko‘nikmalarni puxta egallagan ilmiy xodimlarning faoliyat olib borishi va shular hisobga olingan holda markazda bioinformatika laboratoriyasining tashkil etilganligi bunga yaqqol misol bo‘la oladi. Markaz ilmiy jamoasi hanuzgacha noaniq bo‘lgan g‘o‘za genomidagi rekombinatsion bloklar (ya‘ni, avloddan avlodga ko‘chib o‘tadigan gen allellari to‘plami) o‘lchamlarini topib, topib, zamonaviy tezkor ―assotsiativ kartalashtirish‖ usulini kashf etdi. Natijada g‘o‘za genomidagi genlardan foydalanishning yangi imkoniyatlari ochilib, g‘o‘zada zamonaviy markerlarga asoslangan selektsiya usullari ishlab chiqildi. Gen-nokaut yoki RNK interferentsiyasi molekulyar genetika va bioinformatika usullari mahsuli bo‘lib, organizmning belgilangan genlari faolligin to‘xtatish imkonini beradi. Shu tufayli genlari ―o‘chirilgan‖ (nokaut qilingan) organizm vujudga keladi. Bu nukleotid ketma-ketligi ma‘lum bo‘lgan genlarning funksiyasini aniqlashga yordam beradi. Nokaut qilingan va normal organizm namunalari orasidagi farqlar, o‘rganilayotgan gen funksiyasini ko‘rsatib beradi.Qishloq xo‘jaligi ekinlarining biologik ko‘rsatkichlari -hosildorlik, ertapisharlik, zararkunanda va hasharotlarga chidamlilikning namoyon bo‘lishida ishtirok etuvchi genning tarkibi va funksiyasi aniqlangandan so‘ng maqsadga muvofiq ravishda ushbu gen faoliyatini kuchaytirish yoki aksincha uni to‘xtatish mumkin. Markaz olimlari erishgan eng so‘nggi yutuqlardan biri -bu ular tomonidan g‘o‘za uchun yaratilgan dunyodagi ilk -nokaut texnologiyasidir
Bioinformatika fanining asosiy atamalari. Bioinformatika, shuning uchun bio bo‘limlariga kiritilgan - anatomiya, botanika, virusologiya, mikrobiologiya, tsitologiya, paleontologiya, fiziologiya va boshqalar bilan birga. Bioinformatika eksperimental biologiyada olingan dalillarni tahlil qiladi. Eksperimentator olingan ma‘lumotlarni ma‘lumotlar bankida mavjud bo‘lgan butun to‘plam bilan solishtiradi. Ketma-ketliklar aniqlanganch, ma‘lumotlar bazasiga kiritadi. Ma‘lumotlar banklarning vazifalariga axborotlarni saqlash, tizimlashtirish, yangilash va ulardan foydalanishni ta‘minlash kiradi. Biologik mavzulardagi ilmiy nashrlar banklari ham mavjud. Xar qanday ilmiy jurnalning sonida chop etilgan har bir maqola bu banklarda saqlanadi va boshqa har qanday olim uni internetda osongina topishi uchun imkon bo‘ladi. Yeng yirik onlayn kutubxona PubMed tibbiy va biologik nashrlar so‘nggi 50 yil ichida chop etilgan 16 milliondan ortiq maqolalarni o‘z ichiga oladi. Integratsiyalashgan ma‘lumotlar banklari va entsiklopediyalar muayyan gen haqidagi barcha ma‘lum ma‘lumotlarni birlashtirib, muhim vazifani bajaradi. Boshqa banklardagi ma‘lumotlarni ko‘p sonli ma‘lumotlar bilan umumlashtiradilar va doimiy uni yangilab turishadi. Bioinformatika o‘z oldiga qanday tadqiqot maqsadlarini qo‘yishini ko‘rib chiqaylik. Genomlarni tahlil qilish, ulardagi genlarni qidirish, yangi o‘qilgan genom turli takrorlanadigan kombinatsiyalar aniqlash kiradi. Genomdan genni ajratib olishning bu operatsiyasi genom markup deb ataladi.