MIKROORGANIZMLARNING O`SISHI VA KO`PAYISHI Mikroorganizmlar ham o`sadi va ko`payadi. O`sish deganda hujayradagi butun kimyoviy moddalarning (oqsil, RNK, DNK va boshqalar) bir-biriga mutanosib tarzda ko`payishga aytiladi. O`sish natijasida hujayraning kattaligi va massasi oshadi. Hujayraning kattaligi ma`lum darajaga yetgandan so`ng, u ko`p aya boshlaydi.
Ko`payish deb mikroorganizmlar hujayra sonining oshishiga aytiladi. Ko`payish, o`sish vaqtida, ko`ndalangiga bo`linish yuli bilan, ba`zan esa kurtaklanib yoki spora hosil qilibamalga oshadi. Umuman, prokariotlarning ko`ayishi jinssiz binar bo`linib ko`p ayishdir. Ko`p ayish jarayonining boshlanishi hujayraning o`zayishidan, nukleoidning ikkiga bo`linishidan boshlanadi, Nuklerid — superspirallashgan, zich joylashgan DNK molekulasidir (u replikon ham deyiladi). Mikroorganizmlarda ham DNKning replikatsiyasi, DNK — polimeraza orqali amalga oshadi. DNKning replikatsiyasi, bir vaqtning o`zida, qarama — qarshi yunalishda ketadi va u ikkilanib qiz hujayralarga tarqaladi. Qiz hujayrada ham DNK ketma-ketligi ona hujayraniqidek bo`ladi.. Replikatsiya bakteriya hujayrasining ko`payishiga ketadigan vaqtning 80% ni egallaydi.
Bakteriyaning rivojlanish sikli bir necha fazadan tashkil topadi:
1. Statsionar faza — mikroorganizmning oziqa muhtga tushgandan boshlab, 1 — 2 soat davom etadi. Bu fazada hujayra soni ortmaydi.
2. Lag faza — ko`p ayishning tormozlanishi. Bu vaqtda bakteriyalar intensiv o`sadi, ammo ularning bo`linishi juda kam bo`ladi.. Bu ikki fazada bakteriya populyatsiyasini rivojlanishi muhtga moslashuv fazasi desa bo`ladi..
3. Logarifmik — eksponensial ko`payish fazasi. Ko`p ayish katta tezlikda ketadi, hujayralar soni geometrik progressiya buyicha ortadi.
4. Manfiy tezlanish faeasi. Hujayralar kamrok aktiv bo`ladi., generatsiya vaqti cho`ziladi, chunki oziqa muhti kamayadi, zaharli moddalar hosil bo`ladi., natijada ko`payish susayadi, ba`zi hujayralar uladi ham.
5. Statsionar faza. Hosil bo`lgan hujayralar soni o`lganlari bilan tenglashadi. SHuning uchun tirik hujayralar soni ma`lum vaqtda bir xil darajada turadi. Tirik va o`lgan hujayralar soni sekin asta ko`p ayadi. Bu fazani yana boshqacha "maksimal statsionar" faza deb ham ataladi, chunki hujayralar soni maksimumga yetadi.
6 va 7— faza. O`lim fazasi. O`luvchi hujayralar soni ko`payuvchi hujayralar sonidan ko`p bo`ladi..
6 — fazada o`lgan hujayralar soni ko`p ayadi.
7 — faza — hujayralarning logarifmik o`lim fazasi deb nomlanib,o`lish doimiy tezlikda bo`ladi..
8 — fazada hujayralarning o`lishi asta sekin kamayadi.