Ba`zi bir bakteriyalarning kattaligi. BAKTERIYA HUJAYRASINING TUZILISHI VA SISTEMATIKASI Bakteriya hujayrasi murakkab tuzilishga ega. Elektron mikroskopning yaratilishi, o`ta yupqa kesmalar tayyorlash usullarining ishlab chiqilishi, mikrobiologiya usullarini rivojlanishi bakteriya hujayrasining tashqi va ichki qurilmalarini o`rganishga katta imkon yaratdi.
Bakteriya hujayrasini sxematik ko`rinishi quyidagilarni o`z ichiga oladi: tashqitomondan kapsula, xivchin, fimbriy, pili;
ichki qismida: sitoplazma, nukleoid, ribosomalar, membrana qurilmalari, kiritmalar qo`shilmalar), ba`zi bakteriyalarda sporalar ham bo`ladi..
Kapsula. Bakteriyalarning ko`p lari kapsula bilan o`ralgan. Ular shilimshik moddadan iborat bo`lib mikro va makrokapsuladan iborat bo`lishadi. Makrokapsulaning qalinligi 0.2 mkm, mikrokapsulaniqi esa - 0.2 mkmdan kichik bo`ladi.. Makro va mikrokapsulaning ichki tomonida shilliq qavat va uni ichki tomonida esa eruvchan shilliq qalin: bo`ladi..