Millatchilik va uning salbiy oqibatlari Tayyorladi: J. Komilov Reja



Yüklə 0,73 Mb.
səhifə5/8
tarix02.01.2022
ölçüsü0,73 Mb.
#40382
1   2   3   4   5   6   7   8
J.Komilov 2-kurs (sirtqi) Millatchilik va uning salbiy oqibatlari

Millatchilik turlanishi

Oldinga qoʻyilgan va hal etilayotgan masalalarning mohiyatiga qarab, zamonaviy dunyoda bir nechta turdagi milliy harakatlar shakllanmoqda. Siyosiy va etnik millatchilik tushumchlarini kiritgan Hans Konning klassifikatsiyasi eng keng qoʻllaniladi.[5] Koʻpchilik mutaxassislar (Konning oʻzi ham) har bir shakllangan millat bu ikkita komponentni oʻzida mujassam etadi, deb hisoblashadi.



Vatandoshlik (fuqarolik) millatchiligi (boshqa nomlari: inqilobiy-demokratik, siyosiy, gʻarb millatchiligi) davlat legitimligi fuqarolarning siyosiy qarorlarni qabul qilishda faol ishtiroki bilan belgilanadi. Millat irodasini aniqlashning asosiy instrumenti saylovlar, referendum, soʻrov, ochiq ijtimoiy bahs shaklida boʻlishi mumkin boʻlgan plebissit sanaladi. Insonning millatga mansubligi shaxsiy tanlov asosida aniqlanadi va fuqarolik bilan tenglashtiriladi. Odamlarni ularning fuqarolar sifatidagi teng siyosiy statusi, qonun oldidagi tenglik, millatning siyosiy hayotida ishtirok etish shaxsiy xohishlari[6], umumiy siyosiy qadriyatlarga va fuqaroviy madaniyatga talpinish birlashtiradi[7]. Millat bir biri bilan bitta hududda yashshni istaydiganlardan tashkil topishi muhim sanaladi.[8]

Vatandoshlik (fuqarolik) millatchiligining quyidagi turlarini ajratishadi:



Davlat millatchiligi millatni oʻz manfaatlarini davlatning qudratini oshirishga va qoʻllab quvvatlashga yoʻnaltirgan insonlar hosil qiladi, deb hisoblaydi. U jinsiy, irqiy va etnik mansublik bilan bogʻliq mustaqil haq-huquqlarni tan olmaydi, chunki bunfay muxtoriyat millatning birligini buzadi, deb hisoblaydi.

Liberal millatchilik liberal qadriyatlarga urgʻu beradi va patriotik-axloqiy kategoriyalardan ustun turadigan inson huquqlari kabi umuminsoniy qadriyatlar mavjudligini eʼtirof etadi. Liberal millatchilik yaqinroq va qadrliroq boʻlganlar uchun prioritetlarni inkor etmaydi, lekin bu birovlarning hisobiga boʻlishi kerak emas, deb hisoblaydi.


Yüklə 0,73 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin