Millatchilik va uning salbiy oqibatlari Tayyorladi: J. Komilov Reja



Yüklə 0,73 Mb.
səhifə6/8
tarix02.01.2022
ölçüsü0,73 Mb.
#40382
1   2   3   4   5   6   7   8
J.Komilov 2-kurs (sirtqi) Millatchilik va uning salbiy oqibatlari

Etnik millatchilik (boshqa nomlari: madaniy-etnik, organik, romantik, Sharq millatchiligi) millatni etnosning rivojlanish fazasi deb biladi va qisman oʻzini fuqaroviy millatchilikka qarshi qoʻyadi. Bugungi kunda „millatchi“ deb etnik millatchilikka urgʻu beradigan harakatlar ataladi. Etnik millatchilik nuqtai nazaridan, millat aʼzolarini umumiy meʼros, til, din, anʼanalar, tarix, bitta qon, ona yerga hissiy bogʻliqlik birlashtiradi, va ular hammasi butun xalqni, qoni bir jamiyatni tashkil qilishadi.[9] Madaniy anʼanalar va etnik mansublik millatchilikning asosini tashkil etishi uchun ular jamiyatga mayoq boʻla oladigan hamma qabul qilgan tasavvurlarni oʻzida mujassam etishi lozim.

Madaniy millatchilik millatni til, urf-odatlar va madaniyat umumiyligi bilan belgilaydi. Davlatning legitimligi uning millatni himoya qilish va millatning madaniy hamda jamoat hayotini rivojlantirish qobiliyatidan kelib chiqadi. Odatda, bu etnik koʻpchilikning tilini va madaniyatini davlat qoʻllab-quvvatlashini hamda millatning bir tusligini saqlash uchun etnik ozchiliklarning assimilyatsiyasini nazarda tutadi.

Primordial etnik millatchilik millat umumiy haqiqiy yoki taxmin qilinayotgan kelib chiqishga asoslangan, deb taʼkidlaydi. Millatga mansublik maʼlum genetik faktoralar (qon) bilan aniqlanadi. Ushbu shaklining tarafdorlari milliy oʻzini oʻzi taʼriflash qadimgi etnik tomirlarga ega va shuning uchun tabiiy tus olgan, deb hisoblaydilar. Ular etnik koʻpchilik madaniyatining boshqa guruhlardan izolyatsiyasini yoqlashadi va assimilyatsiyani maʼqullashmaydi.


Yüklə 0,73 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin