Esperanto — xalqaro sunʼiy tillardan eng koʻp tarqalgani (qarang Xalqaro tillar, Interlingvistika). 1887-yilda varshavalik vrach L. L. Zamengof tomonidan yaratilgan. Uning laqabi — „Esperanto“ (E.da yezregapgo — ishonuvchan demakdir) tilning nomiga aylangan. E. dastlab Rossiya va Polshada tarqalgan, lekin 20-asr boshlariga kelib Fransiya, Angliya va boshqalar mamlakatlarda koʻplab muxlislarga ega boʻlishi oqibatida esperantochilar harakati xalqaro darajaga koʻtariladi.
Esperanto baynalmilal leksika (asosan, roman tillari, qisman german va slavyan tillari materiallari) asosida tuziladi. Cheklangan miqdordagi oʻzaklardan tilning butun lugʻat tarkibini ishlab chiqish imkonini beradigan soʻz yasovchi affikslar muhim ahamiyatga ega. E. grammatikasi tabiiy tillar grammatikasiga qaraganda sodda va qatʼiy meʼyorlashgan: unda soʻz turkumlarini ifodalovchi 11 tagina variantlashmagan qoʻshimcha mavujud. Bopgqa koʻplab affikslar ham muayyan shakllarni ifodalash uchun „ixtisoslashgan“. E.da urgʻu, asosan, soʻz oxiridan 2boʻgʻinga tushadi.
Esperanto oʻzining paydo boʻlgan davridan hozirgi gacha tadrijiy rivojlanib keldi: u dastlab slavyan tillari materiallariga asoslangan boʻlsa, keyinchalik bu tamoyil milliy taʼsirlardan holi boʻlgan xalqaro standartni ishlab chiqish bilan almashinadi; tildan foydalanishning yangi sohalari oʻzlashtiriladi; turli funksional (soʻzlashuv, ilmiy, badiiy, publitsistik) uslublar paydo boʻldi; E.ning dastlabki asosiy lugʻaviy boyligi va grammatik qurilishi aynan saqlanib qolgan holda, lugʻaviy zaxira yangi oʻzaklar (koʻproq ilmiytexnik terminlar) bilan boyib, 1887-yildagi 927 oʻzak 1984-yilda 16 ming oʻzakka yetadi. E. fonetikasi, grammatikasi va soʻz yasalishida ham, uning koʻp millatli muhitda qoʻllanishi munosabati bilan bir qancha oʻzgarishlar roʻy beradi: baynalmilal boʻlmagan tovushlar va tovush qoʻshilmalari bartaraf etiladi, uzun soʻzlar qisqartiriladi, ularning morfologik qurilishi soddalashtiriladi va boshqalarE.da koʻplab original (jumladan, sheʼriy) adabiyot mavjud. Tarjima asosidagi badiiy adabiyot esa 50 dan ortiq tillardan tarjima qilingan antik va hozirgi adabiyotlar asarlaridan iborat (Sofokl, Ezop, Dante, Shekspir, Gyote, Pushkin, L.Tolstoy, Yesenin, Mayakovskiy va boshqalarning asarlari); maxsus, ilmiytexnikaviy adabiyot ham bor. E., shuningdek, matbuot (140 ga yaqin davriy nashr) va radioeshittirishlarda (9 ta radiostansiya eshittirishlari) ham qoʻllanadi.
Koʻplab mamlakatlar vakillarini oʻz ichiga olgan xalqaro Esperanto akademiyasi (1908-yilda tashkil topgan) E.ni meʼyorlashtirishning asosiy yoʻnalishlarini belgilovchi hamda E.ga kiritiladigan yangi oʻzaklarni tasdiqlovchi tashkilot hisoblanadi
Alifbo: A, B, C, Ĉ, D, E, F, G, Ĝ, H, Ĥ, I, J, Ĵ, K, L, M, N, O, P, R, S, Ŝ, T, U, Ŭ, V, Z.
Har bir harfga bitta tovush mos keladi (fonetik xat). Xarf oʻqilishi uning soʻzdagi joylashishiga bogʻliq emas (xususan, soʻz oxiridagi jarangli undoshlar oʻqilmaydi).
Urgʻu doim oxirgidan oldingi boʻgʻinga tushadi.
C (co) ts, deb talaffuz qilinadi: centro — markaz, sceno — sahna. Ĉ (ĉo) ch, deb talaffuz qilinadi: ĉefo — shef, boshliq; ĉokolado — shokolad. G (go) doim g, deb talaffuz qilinadi (baʼzi tillardagi kabi j emas): grupo — guruh, geografio — joʻgʻrofiya. Ĝ (ĝo) j, deb talaffuz qilinadi: ĝardeno [jardéno] — bogʻ, etaĝo [etájo] — qavat. H (ho) inglizchadagi h kabi boʻgʻiq talaffuz qilinadi: horizonto — ufq. Ĥ (ĥo) oʻzbekchadagi x kabi talaffuz qilinadi: ĥameliono — buqalamun, ĥirurgo — jarroh, ĥolero — oʻlat. J (jo) — y,deb talaffuz qilinadi: jaguaro — yaguar, jam — allaqachon. Ĵ (ĵo) ruschadagi j kabi talaffuz qilinadi: ĵargono — jargon, ĵaluzo — rashk, ĵurnalisto — muxbir. Ŝ (ŝo) sh, deb talaffuz qilinadi: ŝi — u, ŝablono- shablon. Ŭ (ŭo) — inglizchadagi w kabi talaffuz qilinadi: paŭzo — pauza, Eŭropo — Yevropa.
Soʻzlarning koʻpchiligi roman-german tillaridagi soʻzlar bilan oʻzakdosh. Baʼzi soʻzlar slavyan tillaridan olingan. Ularning boshlangʻich orfografiyasi esperanto tilida saqlanib qolmagan.
Esperanto grammatikasini istisnolarsiz 16 qoida koʻrinishida tasniflash mumkin (birinchi darslikda aynan 16ta qoida yozilgan edi). Yozuv uchun lotin alifbosi asosidagi fonematik alifbo ishlatiladi.
Esperantistlar, yaʼni esperanto tilida gaplashuvchilar soni aniq emas. Lekin, shunisi aniqki, esperanto tili sunʼiy tillar ichida eng omadlisidir. 2004 yilgi maʼlumotlarga koʻra, Universala Esperanto-Asocio (Butunjahon Esperanto Assotsiatsiyasi) 114 ta mamlakatda oʻz aʼzolariga ega, har yili oʻtkaziladigan Universala Kongreso (Butunjahon Esperantistlar Kongressi) esa 5 ming nafargacha ishtirokchi yigʻadi.
Xulosa qilib shuni aytish mumkinki, sun’iy tillarni yaratishdan maqsad, turli
tillarda so’zlashuvchi insonlarni birlashtirib, ularga tabiiy tillardan ko’ra samaraliroq
muloqot va tarjima shaklini yaratib berish, ularga ma’lumotni tezroq yetkazish va
uni osonroq tushunarli bo’lishini ta’minlab berishdan iborat. Agar sun’iy tillar kashf
qilinmaganida, ayniqsa fan-texnika tili yaratilmaganida, hozirgi kunda biz osongina
yechimini topa olayotgan masalalar ancha murakkab yo’llar orqali hal etilgan
bo’lardi.
Test
Sotsiolingvistika lotinchadan olingan so’z bo’lib qanday ma’noni anglatadi?