Milliy daromad va milliy hisoblar tizimidagi boshqa daromad ko’rsatkichlari dj Xinsning daromad haqidagi ta’limoti



Yüklə 22,93 Kb.
səhifə5/7
tarix25.04.2023
ölçüsü22,93 Kb.
#102530
1   2   3   4   5   6   7
17-mavzu

Mulk uchun daromad deganda, - institutsion birliklarning boshqa birliklar iqtisodiy faoliyatida o’zlariga tegishli bo’lgan moliyaviy va ishlab chiqarilmagan aktivlari bilan qatnashganliklari natijasida ega bo’ladigan daromadlarini tushunamiz.
Birliklarning iqtisodiy faoliyatida moliyaviy va ishlab chiqarilmagan aktivlari bilan qatnashishlari quyidagi ko’rinishlarda nomoyon bo’lishi mumkin: o’z aktivlari bilan ishlab chiqaruvchi birlikning ustav kapitalini shakllantirishda qatnashish, moliya mablag’larini kelishilgan muddatga berish, asosiy vositalarni moliyaviy lizing asosida berish, boshqa birlikning aktsiyalariga va qimmatli qog’ozlariga ega bo’lish, ishlab chiqarilmagan aktivlarni berish, sug’urta polislariga ega bo’lish.
Bu faoliyat natijasida birliklar quyidagi ko’rinishdagi daromadlarga ega bo’lishlari mumkin: moliyaviy aktivlar berganliklari uchun foiz to’lovlari, to’g’ri investitsiyalar va aktsiyalar uchun dividendlar, foydadagi ulushlar, renta, sug’urta polisidan daromad.
Mulk uchun daromadlar oldi-berdi operatsiyalari mamlakat rezidentlari o’rtasida va rezidentlar bilan norezidentlar o’rtasida bo’lishi mumkin.
Rezident birliklar bir-birlariga bir vaqtning o’zida mulk uchun daromad to’laganlaganliklari va olganliklari uchun mamlakat miqyosidagi hisoblarda daromadlar olingani to’langaniga teng bo’ladi. Shuning uchun, ichki iqtisodiyot sektorlarining mulk uchun daromadlar saldosi nolga teng va mamlakat miqyosidagi hisoblarda ularni qayd etish zarurati qolmaydi.
Transfertlar - bir tomonlama iqtisodiy operatsiyalardan iborat. Bu operatsiyalar orqali bir institutsion birlikning boshqa institutsion birliklarga tovar va xizmatlarni, moliyaviy va nomoliyaviy aktivlarni, egalik huquqini bepul berish jarayonlari aks ettiriladi.
Transfertlar pul va natura holatida berilishi mumkin. Pul holatidagi transfertlar bir birlikning ikkinchi birlikka naqd pul yoki hisob raqamiga pul o’tkazish yo’li bilan bergan pul miqdoridan iborat. Natura holatidagi transfertlar deganda, bir birlikning ikkinchi birlikka evaziga hech narsa olmay, tovar va aktivlarni berish, hamda xizmatlarni ko’rsatish jarayoni tushuniladi.
Natura holatidagi transfertlar olingan(berilgan) tovarlar, aktivlar va ko’rsatilgan xizmatlarning shu davrdagi bozor baholaridagi miqdorida qayd qilinadi. Pul va natura holatidagi transfertlar joriy va kapital xarakterda bo’lishi mumkin. Ularni bir biridan farqlash juda muhim. Chunki, joriy transfertlar pul holidagi daromadlarni qayta taqsimlash schyotida, kapital transfertlar esa kapital xarajatlar schyotida qayd qilinadi.

Yüklə 22,93 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin