MILLIY IQTISODIYOT VA UNING MAKROIQTISODIY KO\'RSATKICHLARI
4. YAIMni xarajatlar bo`yicha xisoblash. Bu usul yakuniy foydalanish usuli deb xam yuritilib, unda YAMMni xisoblash uchun yakuniy maxsulotlarni sotib olishga kilingan barcha xarajatlar o`zaro ko`shib chikiladi. Bu xarajatlar kuyidagicha guruxlanadi:
Uy xo`jaliklarining iste`mol xarajatlari (S): a) uzok muddat foydalaniladigan iste`mol buyumlari sotib olishga;
b) kundalik foydalaniladigan iste`mol buyumlari sotib olishga;
v) iste`mol xizmatlari to`loviga.
YAlpi ichki xususiy investitsiya xarajatlari (I): a) asbob-uskunalar, mashinalarni yakuniy sotib olishga;
b) korxonalar, inshootlar, turarjoy binolarini kurishga sarflangan;
v) tovar zaxiralari o`rtasidagi farklar yoki zaxiralarning o`zgarishi.
Tovar va xizmatlarning davlat xaridi (G).
Bu gurux xarajatlariga maxalliy va markaziy boshkaruv xokimiyati idoralari tomonidan korxonalarning pirovard maxsulotlari va resurslari xaridi (avtomobil’ yo`llari va pochta muassasalari kurilishi, davlat korxonalarida to`lanadigan ish xaki) xarajatlari kiritiladi. Lekin shu o`rinda ta`kidlash lozimki, bu xarajatlarga davlat transfert to`lovlari kiritilmaydi.
Sof eksport (Xp): mamlakatning import va eksport operatsiyalari bo`yicha xarajatlar o`rtasidagi fark.
YAMMni xarajatlar orkali xisoblash formulasini kuyidagicha tasvirlash mumkin:
YAIM = S + I + G + Xp O`zbekiston Respublikasida yaratilgan YAIMning foydalanish (xarajatlarga ko`ra) tarkibi taxlili (2-jadval) shuni ko`rsatadiki uy xo`jaliklarining iste`mol xarajatlari YAIM tarkibidagi eng salmokli komponent ekan. Bu ko`rsatkichning YAIMdagi ulushiga ko`ra O`zbekiston Rossiya Federatsiyasi, YAponiya va Frantsiya davlatlariga yakin turadi. YAlpi jamgarish, yoki yalpi investitsiyalar ulushi kattaligi bo`yicha ikkinchi komponent bo`lib 2004 yilda YAIMning 23,9 %ini (shu jumladan asosiy kapitalga kiritilgan investitsiyalar 22,1 %ni, zaxiralarning o`zgarishi 1,8 %ni tashkil etgan. Takkoslov uchun maklumotlar keltiradigan bo`lsak[2002 yil yakunlariga ko`ra yalpi investitsiyalarning YAIMdagi ulushi Rossiya Federatsiyasida 21%ni, YAponiyada 17 foizni,Frantsiyada 24%ni, Xitoy Xalk Respublikasida esa 40 foizni tashkil etgan. ]³ 3-jadval.