S = Sp + Sd + Sx Bu erda: Sp - xususiy jamgarmalar;
Sd - davlat jamgarmalari;
Sx - boshka mamlakatlar jamgarmalari.
Bunda xususiy jamgarmalar daromadlar (U), transfert to`lovlari (TR), davlat zayomlari bo`yicha foizlar yigindisidan (N) soliklar (T) va iste`mol (S) xarajatlari yigindisini ayirish natijasiga teng bo`ladi.
Sp = (U + TR + N - T) – C Davlat jagmarmalari kuyidagi mikdorga teng bo`ladi:
Sg = (T - TR - N) – G Agar davlat jamgarmalari nolga teng bo`lsa, davlat byudjeti muvozanatlashgan, jamgarishning manfiy mikdori byudjet takchilligini (BT) bildiradi:
BT = - Sg Bu erda: BT – byudjet takchilligi mikdori.
Boshka mamlakatlarning jamgarmalari tashki dunyoning bizning importimiz xisobiga olgan daromadlaridan ularning bizning eksportimizga sarflangan xarajatlarini ayirib topiladi.
Sx k=M – X yoki Sx = -Xn Agar mamlakat eksportiga nisbatan ko`prok import kilsa, unda daromadlarning bir kismi xorijda koladi va keyinchalik undan xorijiy sheriklar tomonidan mamlakatimizda ko`chmas mulk va moliyaviy aktiv sotib olishda foydalaniladi.
Xar kanday xolatda xam barcha turdagi jamgarmalarning umumiy yigindisi investitsiyalarga teng bo`ladi:
Sp = Sd + Sx = (U + TR + N –T ) -C + ( T – TR – N )) - G + (-Xn) yoki
Sp + Sd + Sx = U - C - G - Xn S = C + I + G - Xn - C - G - Xn S = I Demak, iktisodiyotdagi investitsiya xarajatlari nafakat ichki jamgarmalar xisobiga, balki tashki dunyo jamgarmalari xisobiga xam amalga oshirilishi mumkin. Mamlakatda investorlarga kafolatlangan yukori foyda olishi uchun yaratilgan shart-sharoitlar xorijiy investorlar okimining o`sishiga olib keluvchi muxim shartlardan biridir.
Keynschilar fikriga ko`ra, S= I ayniyatga bozor mexanizmlari vositasida tasodifan erishiladi, xolos. CHunki investorlar va jamgaruvchilarnnig rejalari o`zaro mos kelavermaydi. SHu tufayli davlat to`gri iktisodiy siyosat yurgizib makroiktisodiy barkarorlikni ta`minlashi shart.