2. Qiymatni tovar shaklidan pul shakliga aylantirishfunktsiyasi. Tovarni ishlab chiqarish uchun mehnat sarflanadi, ishlab chiqarish uchun mehnat sarflanadi, shu mehnat qiyomatni shakllantiradi. Qiymat ish kuchi va moddiy resurslar sarfidan iborat. Tovar bozorga chiqishiga qadar mehnat moddiy shaklda (masalan, ovqat, kiyim, stanok, yoqilg’i va hokazo) bo’ladi, bozorda sotilgan, undagi mehnat ma’lum miqdordagi pulga aylanadi, ya’ni tovar o’zining pul ekvivalentini topadi (ekvivalent-miqdoriy tenglik) va qiymat pul shakliga kiradi.
3.Ishlab chiqarishni yangilashga shart-sharoit hozirlashfunktsiyasi. Korxonalar bozordan o’zlariga kerakli resurslar topadilar, stanoklar, xom ashe, yoqilg’i, har xil materiallar xarid etadilar. Ular mehnat (ish kuchi) bozoridan ishchilarni yollab ishlatadilar, bozordan kerakli axborot va har xil ishlab chiqarish uchun zarur xizmatlarni ham topadilar. Bu resurslarning iste’moli esa ishlab chiqarishning yangidan boshlanishini bildiradi.
4.Iqtisodiyotnitartiblashfunktsiyasi. Bu vazifani bozor imexanizmi bajaradi. «Nimani qancha ishlab chiqarish kerak?» degan savolga bozor javob beradi. Tovarlarni bozorda chaqqon o’tishi yoki kasodligi, tovarning qimmatlashuvi yoki arzonlashuvi, ularning qanchalik kerakli yoki zarur emasligini ko’rsatadi. Bozor barometr singari iqtisodiyotdagi «ob-havodan» darak beradi. Tovar o’tmasa, demak, u kerak emas, uni ishlab chiqarish to’xtatiladi. Tovarchaqqon sotilsa va yaxshi foyda olinsa, uni ishlab chiqarish o’sadi. Tovar mo’ljallangan narxdan arzonroq narxda, lekin yaxshi sotilsa, bu tovarga ketgan sarf-harajatlarni kamaytirish zarurligini anglatadi. Bozor mexanizmi bamisoli qo’l singari iqtisodiyotni u yoki bu tomonga burib turadi. Bozor o’ziga xos strukturaga ega bo’lgan murakkab tizimdir. Va bu Milliy bozorni shakllantirishda turli muommolarni yuzaga keltiradi. Demak, bu ilmiy ishimizda O’zbekistonda milliy bozorni shakillantirish va rivojlantirishdagi muammolarini yortib ularga yechim izlaymiz.