Makroiqtisodiy beqarorlik va iqtisodiy tsikl nazariyalar Dunyodagi barcha mamlakatlar iqtisodiy va narxlarning barqaror darajasiga erishishga harakat qiladilar. Lekin iqtisodiy o’sish bir tekis va uzliksiz bo’lmaydi, u iqtisodiy beqarorlik davrlari bilan uzilib turadi. Iqtisodiy o’sish ketidan doimo tanazzul kelib turadi. Vaqti-vaqti bilan ob‘ektiv qonunlarning o’zgartirib bo’lmaydigan ta‘siri ositida takror ishlab chiqarish harakatida uzilishlar paydo bo’ladi va bu uzilish iqtisodiyot nomutanosibliklarning keskin shaklda namoyon bo’lishidir. Bunda iqtisodiyotda yuz beradigan o’zgarishlar davriy ravishda ruy berib, iqtisodiy holatidan yoki bir inqirozdan ikkinchisi boshlangunga qadar takrorlanib turadigan to’lqinsimon harakati tushiniladi. Tsikl inqiroz, turg’unlik, jonlanish, yuksalish fazolarini o’z ichiga oladi.
Inqiroz - ishlab chiqarishning pasayishida ifodalanadi va tsiklning qayd etuvchi ifodasidir. U bir tsikli nihoyasiga yetkazib, yana muqarrar ravishda inqiroz bilan to’gaydigan yangisining boshlanishiga asos soladi, inqiroz vaziyatda asosiy kapitalning ortiqcha jamg’arilishi uning hamma funktsional shakillarida namoyon bo’ladi.
Inqirozdan keyin turg’unlik keladiki, uning davomida iqtisodiy faollik jonlanishi uchun sharoitlarda vujudga kelishi nihoyasiga yetadi.
Jonlashish fazasining boshlanishi ozmi-ko’pmi darajada barqaror ishlab chiqarishning kengayishiga o’tishini bildiradi.
Yuksalish fazasida ishchi kuchiga bo’lgan talabning ortishi ishsizlikning birmuncha kamayishiga holda ish haqining o’sishiga olib keladi, buning oqibatida iste‘mol tovarlariga to’lovga qadar talab kengayadi.
Iqtisodiy inqiroz deb ishlab chiqarish hajmining keskin tushib ketishiga aytiladi.
Inqirozning sababi shundan iboratki, jamiyatda ishlab chiqarilgan tovarlar massasi to’lovga qabil talabga mos kelmaydi (undan oshib ketadi yoki kam buladi) qoladi. Iqtisodiy inqirozga ichki va tashqi omillar ta‘sir qiladi.
Tashqi omillar: - urimlar, inqilobiy o’zgarishlar va boshqa siyosiy larzalar;
oltin, uran, neft va boshqa qimmatlik resurslar yirik konlarning ochilishi;
yangi hududlarnig ochilishi va bu bilan bog’liq ravishda aholi migiratsiyasi;
yer shari aholisi sonining o’zgarib turishi;
ijtimoiy ishlab chiqarish tarkibini tubdan o’zgartirishga qodir bo’lgan texnologiya, tadqiqotlar va innovatsiyalardagi qudratli o’zgarishlar.
Iqtisodiy tsikllarni tashqi omillarning mavjudligi bilan tushuntiruvchi nazariyalar eksternal nazariya deb atash qabul qilingan.
Internal nazariya iqtisodiy tsikillarni iqtisodiy tizimning o’ziga xos ichki omillar to’g’diradi deb hioblaydi.
Ichki omillar:
- shaxsiy iste‘molning o’zgarishi (qisqarishi yoki kengayishi);
- investitsiyalar, ya‘ni ishlab chiqarishni kengaytirish, uni yangilash va yangi ish joylarini vujudga keltirishga yo’naltiriladigan mablag’lar hajmi;
- ishlab chiqarish, talab va takliflar hajmiga ta‘sir ko’rsatishga qaratilgan davlatning iqtisodiy siyosatining o’zgarishi.