4-savol. Tarkibiy inqirozlar. Agrar inqirozlar va uning xususiyatlari Iqtisodiyotdagi inqirozlardan bor ko’rinish yoki uning bir turi tarkibiy inqirozlardir. Tarkibiy inqirozlar bilan iqtisodiy tebranishlar va shu jumladan iqtisodiy faollikning mavsumiy tebranishlari ham mavjud bo’ladi. Masalan, bayramlar arafasidagi xarid qilish, iste‘molchilik tovarlarning faollik suratida, asosan chakana savdogar sezilarli har yillik tebranishlarga olib keladi. Qishloq xo’jaligi, avtomobil sanoati, qurilish ham qndaydir darajada mavsumiy tebranishlarga duchor bo’ladi.
Qishloq xo’jaligidagi iqtisodiy inqirozlar agrar inqirozlar deb ataladi. Agrar inqirozlar quyidagi shakllarda namoyon bo’ladi: Qishloq xo’jalik mahsulotlarinig nisbat ortiqcha ishlab chiqarilishi, uning sotilmay qolgan juda katta zahiralarining to’planishi;
Narxlarning pasayishi, daromadlar va foydalarnig kamayishi;
Fermerlarning ommaviy ravishda xanavayron bo’lishi, ularning qarzlarini ortishi.
Qishloq aholisi o’rtaida ishsizlarning ko’payishi.
Birinchi agrar inqiroz o’tgan asrning 70 yillarida boshlanib, har xil shakillarda 90 yillarda o’rtasigacha davom qilgan edi.
Ikkinchi jahon urishidan keyin, aholining xarid qobiliyati jada pasayib ketgan sharoitda, 1920 yil bahorida keskin agrar inqiroz boshlanishiga qadar davom etdi . Uchinchi agrar inqiroz 1948 yildan boshlanib, 80 yillargacha daom etdi.
Agrar inqirozlarning cho’zilib ketishinig asosiy sabablari quyidagilar:
a) yerga xususiy mulk monopoliyasi sharoitida, u qishloq xo’jalik ishlab chiqarishning rivojlanishia sanoatga nisbatan orqada qolishi taqazo etadi;
b) yer rentasining mavjud bo’lishi va uning uzluksiz suratda o’sib borishi. Yer rentasining, avvalo absolyut rentasining ko’payishi qishloq xo’jalik mahsulotlarini qimmatlashtirib yuboradi, buning natijasida uni sotish qiyinlashadi.
v) ko’plab mayda dehqon xo’jaliklarining majud bo’lishi.
Agrar inqirozlar tsiklli xarakterga ega bo’lmaydi, qishloq xo’jalik mahsulotlarining ortiqcha ishlab chiqarish absolyut xarakterga emas balki nisbiy xarakterga ega. Xullas, inqiroz ruy bergan mamlakatlarda millonlab kishilar doimiy suratda ochlikda yashaydilar.