Mavzuning maqsadi. Huquqiy tarbiyani olib borishda an`anaviy va zamonaviy pedagogik texnologiyalardan foydalangan holda ta`limning samaradorligini oshirishdan iborat.
Mavzuning obekti. Maktablarda ota-onalar va o`quvchilar uchun ilmiy amaliy konferensiyalar huquqiy tarbiyaga doir ish tajribasini umumlashtiradi va ommalashtiradi hamda tarbiyalashda maktab, oila va jamoatchilikning birligi» va boshqa mavzularda birgalikdagi konferensiyalar o`tkazilgan.2kelgusi yil uchun vazifalarni belgilaydi. O`qituvchilar va ota-onalar uchun «Maktab o`quvchilari huquqbuzarliklarning oldini olish va huquqiy tarbiya».
Bunday konferensiyalarda odatda, butun pedagogika jamoalari tayyorgarlik ko`rishadi. Maktablarda 4-10 sinf o`quvchilari uchun surovnomalar, bush vaqtni rejalashtirishlar o`tkaziladi, «tarbiyasi qiyin » bolalarning paydo bo`lishi sabablari aniqlandi. Ota-onalar faollari bilan birgalikda oilaning ijtimoiy tarkibi, bola shaxsi, uning ota-onasiga munosabati o`rganildi. Ko`pincha manoda, huquq erkinlik me’yorini belgilab yoki chegaralab, majburiyat yuklab va aniqlab, kishilar faoliyatini ijobiy yo’naltirish uchun ularning fe’l-atvoriga faol ta’sir ko’rsatadi.
Kurs ishining predmeti: Huquqiy onglilik va huquqiy savodxonlikni hamda huquqiy madaniyatni oshirishdagi ahamiyatini aniqlashni huquqiy tarbiyadagi pedagogik jarayoni
Kurs ishining tuzilishi va tarkibi. Kurs ishi kirish, ikkita bob, to’rtta paragraf, har bir bob yuzasidan xulosalar, umumiy xulosa, foydalanilgan adabiyotlar royxatidan iborat.
I BOB.Huquqiy madaniyat va huquqiy tarbiyani shakllantirish asoslari
Huquqiy madaniyat va huquqiy tarbiya tushunchalarining mohiyati
Huquqiy ong, huquqiy tarbiya va huquqiy madaniyat sohasida ilmiy faoliyatni o’rganish tadqiqotchilar uchun an’anaviy tusga aylandi. Ya’ni, huquqiy tarbiya masalasi ko’pgina olimlar ilmiy tadqiqot ishlarining ob’ekti sifatida xizmat qilgan va xizmat qilmoqda. Haqiqatda ham ayni vaqtda ushbu masala mamlakatimizning rivojlanishidagi asosiy dolzarb muammolardan biri bo’lib qoldi.
«Tarbiya» atamasi kundalik hayotda insoniyat muammosida ko’p marotaba takrorlanadigan ijtimoiy kategoriyadir. Jamiyatdagi barcha tarbiyalarning yagona tizimini ijtimoiy tarbiya o’zida mujassam etadi va u siyosiy tarbiya, madaniy tarbiya, ma’naviy tarbiya, ekologik tarbiya, estetik tarbiya, shuningdek, huquqiy tarbiya va boshqa tarbiya turlarini o’z ichiga oladi. Ijtimoiy tarbiya tizimida tarbiyaning boshqa turlari singari huquqiy tarbiya alohida ahamiyat kasb etadi. Huquqiy tarbiya ijtimoiy tarbiyaning ahloqiy, estetik, ma’naviy va boshqa shu kabi turlari negizida shakllanadi va rivoj topadi. Ya’ni, huquqiy tarbiya ijtimoiy tarbiyaning barcha turlari bilan chambarchas bog’liq bo’ladi. Jumladan, yuksak rivojlangan huquqiy davlat va adolatli fuqarolik jamiyati qurishni o’z oldiga asosiy maqsad qilib qo’ygan har bir davlatning asriy orzusi o’z aholisining huquqiy ongi va huquqiy madaniyati darajasini yuksaltirishdir.
Har qanday davlatning ijtimoiy rivojlanishi o’sha davlat fuqarolarining huquqiy madaniyati bilan bog’liq bo’ladi.
Zero, yuksak darajada rivojlangan huquqiy ong va huquqiy madaniyat huquqiy davlat va fuqarolik jamiyatining ajralmas belgisidir. Yuksak darajadagi huquqiy ong va huquqiy madaniyat esa huquqiy tarbiyaning mahsuli. Aholining huquqiy ongi va madaniyatini shakllantirishda huquqiy tarbiya asosiy o’rinni egallaydi.
O’zbekiston Respublikasi Birinchi Prezidenti I.A.Karimov ham yuqoridagi fikrlarning isboti sifatida «huquqiy madaniyatni yuqori darajada bo’lishi huquqiy davlatning o’ziga xos xususiyatidir»deb ta’kidlagan. Buyuk mutafakkir Abdulla Avloniy ham «Tarbiya biz uchun yo hayot– yo momot, yo najot– yo halokat, yo saodat– yo falokat masalasidir» deb bejiz ta’kidlamagan. CHunki «huquqiy ong, huquqiy tarbiya va huquqiy madaniyat» kabi bir-biri bilan uzviy aloqada bo’lgan va bir-birini to’ldirib turuvchi ushbu mantiqiy izchillikda va ketma-ketlikda joylashgan o’xshash kategoriyalar jamiyat huquqiy tizimining holatidan darak beradi.
SHaxs huquqiy ongi eng avvalo huquqiy tarbiya ta’sirida shakllanadi. Huquqiy tarbiya batartiblilik va intizom darajasining oshishiga, burch hissining mustahkamlanishiga va shaxs huquqiy madaniyatining yuksalishiga yordam beradi. Huquqiy tarbiya– murakkab va ko’p qirrali hodisadir, ya’ni uni bir ma’noli qilib ta’riflab bo’lmaydi. Huquqiy tarbiyaning ta’rifi bu jarayonning qaysi tomonini, jumladan, umum ijtimoiy jihatini, huquqning ijtimoiy amal qilish tizimi sifatida yoki davlatning ijtimoiy boshqarish, huquqbuzarlikning oldini olish elementi sifatidagi va zifasi va shu kabilarni tadqiq qilishimizga bog’liq bo’ladi3.
Huquqiy tarbiya deganda shaxsning ongiga tashkiliy suratda va aniq maqsadni ko’zlab ta’sir ko’rsatishning maxsus yuridik turi tushuniladi. «Huquqiy tarbiya» kategoriyasi olimlar tomonidan turlicha talqin qilingan va izohlar berilgan.
Yuqorida huquqiy tarbiyaga berilgan izohlarni tahlil qilgan holda, fikrimizcha, huquqiy tarbiya– davlat organlari, nodavlat organlari, mansabdor shaxslar va alohida shaxslar guruhining aholining huquqiy ongi va madaniyatini yuksaltirishga qaratilgan maxsus faoliyati hisoblanadi.
Tarbiya jarayonlarining yo’nalishlarini farqlashda qo’llaniladigan muhim mezonlardan biri- ong shakllarining turlicha ekanligi. CHunki, alohida olingan tarbiya jarayonlarining har qaysisi, inson ongining hamma tomonlarini emas, faqat uning ayrim ko’rinishlarini kamrab oladi. Masalan, siyosiy tarbiya-siyosiy ongni; ma’naviy tarbiya- ma’naviy ongni; estetik tarbiya- estetik ongni qamrab oladi va hokazo.
Huquqiy tarbiya jarayoni odamlar orasida muayyan munosabatlar orqali amalga oshadi. SHu bois huquq bilan tartibga solinadigan ijtimoiy munosabatlar huquqiy tarbiya doirasiga kiradi. Unda tarbiyalanuvchilar (shaxslar, ijtimoiy guruhlar) huquqiy ongining shakllanishi ro’y beradi. Huquqiy tarbiya jarayonida kishilarning muayyan huquqiy bilim darajasiga ega bo’lishiga erishish maqsad qilib qo’yiladi. Ularning shaxsiy e’tiqodi dan kelib chiqadigan qonunga, huquqqa bo’lgan xurmatni shakllantirish huquqiy tarbiyaning o’zagini tashkil etadi.
Bu yig’indiga kiruvchi huquqiy ongning tarkibiy qismlari shaxsga nisbatan kerakli psixologik va mafkuraviy yo’l-yo’riqlarni tashkil qiladi, uning o’z huquqiy bilimlarini turmushda faol tadbiq qila olishiga imkoniyat yaratadi. Mana shu tayyorgarlik darajasi huquqiy tarbiya ishlarining samaradorligini ko’rsatadigan asosiy ko’rsatkichdir.
Huquqiy tarbiya-shaxsga nisbatan huquqiy ongni,huquqiy ko’rsatmalarni, qonunga itoatkor xulq-atvor ko’nikmalari va odatlarini shakllantiruvchi, uyushgan, bir tizimli, aniq maqsadni ko’zlagan holda ta’sir ko’rsatishdir.
SHuni ta’kidlash kerakki, yaqin o’tmishda ham huquqiy tarbiyaga unchalik jiddiy e’tibor berilmas edi. Pedagogikaga doir darsliklarda ham shaxsning aqliy kamoloti, mehnati, jismoniy, ma’naviy, estetik tarbiyasi haqida so’z borar ediyu, lekin huquqiy tarbiya xususida eslatilmasdi. Huquqiy tarbiyaning tarbiyaviy ishning mustaqil yo’nalishi sifatida belgilab qo’yilmaganligi o’sib kelayotgan avlodning ayrim qismi huquqiy ongiga salbiy ta’sir ko’rsatmay qolmadi.4
SHubhasiz, huquqiy, siyosiy, va ma’naviy ongning o’zaro bog’liqligini esdan chiqarmaslik kerak, lekin shuni nazarda tutish lozimki, ularni bir-biri bilan qo’shib yuborish ham mumkin emas. Tarbiyaviy ishning o’ziga xos yo’nalishi sifatida huquqiy tarbiyaning mustaqilligi avvalo uning mazmuni bilan bog’liq. Huquqiy tarbiya mustaqil huquqiy ongni shakllantiradi, bu esa tarbiyaning o’ziga xos shakllari va usullarini izlab topish hamda qo’llanish zaruriyatini taqozo etadi.
Tarbiyachilar zarur hajmdagi huquqiy bilimlar bilan qurollangan, huquqiy ongi shakllangan, huquqiy madaniyati yuksak bo’lishi lozim. Huquqiy tarbiya tamoyillariga ilmiylik, amaliyot bilan uzviylik, o’ziga xoslikni hamkiritish mumkin. Huquqiy tarbiyaning ilmiyligi uni amalga oshirish jarayonida hozirgi zamon huquqiy va boshqa fanlari, avvalo, huquqiy faoliyat, shaxs tarbiyasi (sotsiologiya, ruhshunoslik, pedagogika va boshqalar) bilan bevosita munosabat dor yutuqlardan foydalanishni ifodalaydi. Ayni vaqtda huquqiy tarbiyaning ilmiyligi uning mavjud holatini aks ettirmaydigan sub’ektiv izm bilan, huquqiy voqelikni baholashda mafkuraviy andozalardan foydalanish bilan chiqisha olmaydi.
Huquqiy tarbiyaning amaliyot bilan munosabatdorligi ushbu tizim hal qiladigan huquqiy masalalarni hayotdagi mavjud hodisalar bilan uzviylashtirish zarurligini ifodalaydi.
Dostları ilə paylaş: |