Milliy istiqlol g’oyasi, ma’naviyat asoslari va huquq ta’limi yo’nalishi


Huquqiy ta’lim-tarbiya berishda zamonaviy pedagogik texnologiyalardan foydalanish



Yüklə 42,1 Kb.
səhifə6/13
tarix20.06.2023
ölçüsü42,1 Kb.
#133000
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   13
2 5280907962561339402

2.2 Huquqiy ta’lim-tarbiya berishda zamonaviy pedagogik texnologiyalardan foydalanish
Bugungi kunda ta’lim texnologiyalari keng turlarini o’rganmay turib pedagogik bilimli mutaxassis bo’lish mumkin emas. Bunday bo’lishining sababi, shu vaqtgacha an’anaviy ta’limda o’quvchi-talabalarni faqat tayyor bilimlarni egallashga o’rgatilgan bo’lsa, zamonaviy texnologiyalar ularni egallayotgan bilimlarini o’zlari qidirib topishlariga, mustaqil o’rganib, tahlil qilishlariga, hatto xulosalarni ham o’zlari keltirib chiqarishlariga o’rgatadi. O’qituvchi bu jarayonda shaxsni rivojlanishi, shakllanishi, bilim olishi va tarbiyalanishiga sharoit yaratadi va shu bilan bir katorda boshqaruvchilik, yo’naltiruvchilik funktsiyasini bajaradi. Ta’lim jarayonida o’quvchi-talaba asosiy figuraga aylanadi.
«Zinama - zina» texnologiyasi harakteristikasi. Ushbu mashg’ulot talaba (yoki o’quvchi)larni o’tilgan yoki o’tilishi kerak bo’lgan mavzu bo’yicha yakka va kichik jamoa bo’lib fikrlash hamda xotirlash, o’zlashtirilgan bilimlarni yodga tushirib, to’plangan fikrlarni umumlashtira olish va ularni yozma, rasm, ko’rinishida ifodalay olishga o’rgatadi. Bu texnologiya talaba (yoki o’quvchi); bilan bir guruh ichida yakka holda yoki guruhlarga ajratilgan holda yozma ravishda o’tkaziladi va taqdimot qilinadi.
Texnologiyaning maqsadi. Talaba (yoki o’quvchi)larni erkin, mustaqil mantiqiy fikrlashga, jamoa bo’lib ishlashga, izlanishga, fikrlarni jamlab ulardan nazariy va amaliy tushuncha xosil qilishga, jamoaga o’z fikri bilan ta’sir eta olishga, uni ma’qullashga, shuningdek, mavzuning tayanch tushunchalariga izoh berishda egallagan bilimlarini ko’llay olishga o’rgatish.
Texnologiyaning ko’llanishi: ma’ruza (imkoniyat va sharoit bo’lsa), seminar, amaliy va laboratoriya mashg’ulotlarida yakka tartibda yoki guruhlarda o’tkazish hamda nazorat darslarida qo’llanilishi mumkin.
Mashg’ulotda qo’llaniladigan vositalar: A-3, A-4 qog’ozlarida tayyorlangan (mavzuni ajratilgan kichik mavzuchalar soniga mos) chap tomoniga mavzular yozilgan tarqatma materiallar, flomaster (yoki rangli qalam)lar.

Yüklə 42,1 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   13




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin