Huquqiy tarbiya - bu jamiyat a’zolarining yurish-turish madaniyatiga va ongiga huquq haqidagi bilimlarni doimiy ravishda maqsadga muvofiq ta’sir etish orqali singdirib borish jarayoni.
Huquqiy tarbiya vositalariga: huquqiy targ’ibot, huquqiy ta’lim, yuridik amaliyot, o’zini o’zi tarbiyalashlar kiradi.
Huquqiy dunyoqarash -bu jamiyatda kishilar tomonidan ijtimoiy munosabatlarni tartibga solishda bosh rolni huquq bajaradi deb tan olinishi.
Huquqiy nigilizm –bunda (lot. “nihil”-“hech narsa”) huquq sub’ekt(lar)ining amaldagi huquq normalarini mensimasligi, ularga hurmatsizlik munosabatida bo’lishi yoki inkor qilishi tushuniladi.
Huquqiy nigilizm quyidagi ko’rinishlarda namoyon bo’ladi:
- nazariy shakli(olimlar, mutafakkirlar, siyosatshunoslar tomonidan muayyan manbalarda huquqni inkor qilinishi);
- amaliy shakli (faol va sust (passiv)).
Faol huquqiy nigilizm - ijtimoiy munosabatlarda huquqni ochiqdan ochiq inkor qilish;
Sust huquqiy nigilizm - jamiyatdagi kishilar tomonidan amaldagi huquq normalarini mensimaslik.
1.2 Huquqiy ta’lim- tarbiya berish orqali yoshlarning huquqiy ong va madaniyatini shakllantirishning o’ziga xos yo’llari Hozirgi kunda eng dolzarb muammolardan biri – aholi huquqiy ongi o’sishi dinamikasini monitoring qilishni ta’minlashdir.Huquqiy ong esa huquqiy madaniyatga asoslanadi. Huquqiy ong va huquqiy madaniyat tushunchalari, yuqorida ta’kidlaganimizdek, o’zaro uzviy bog’liq tushunchalardir.
Huquqiy ong deganda, kishilarning huquq haqida tushuncha va bilimlarga ega bo’lishi, shuningdek, huquq borasidagi tasavvurlarning inson ongida aks etishi tushuniladi.
Huquqiy mafkura – har xil huquqiy hodisalar haqidagi nuqtai nazar, tushuncha, g’oya va qarashlarning ilmiy umumlashtirilgan tizimidan iborat.
Huquqiy madaniyat bo’lmasa, huquqiy ong ham bo’lmaydi.Huquqiy ong degani bu – qonunlarni faqat bilishgina emas, balki ularni izchil ijro etish hamdir.Prezidentimiz uqtirganidek, “Qonunlar so’zsiz bajarilgandagina biz huquqiy davlat qurishimiz mumkin”.
SHu ma’noda, “huquqiy ong” tushunchasi “huquqiy savodxonlik” tushunchasidan kengroqdir.Huquqiy ong qonunlarning ijrosini ham o’z ichiga oladi.Demokratik jamiyatda qonunlarning ijro etilishi bilan birga, qonunlarga hurmat ko’rsatilishini ham ta’minlash taqozo etiladi.
Mamlakatimiz rahbari ta’biri bilan aytganda, “oldimizda turgan barcha g’ov va to’siqlarni yengish jarayonida hammamiz uchun eng ta’sirchan qurolga aylanadigan kuch – bu xalqimizning huquqiy ongini, tafakkurini tarbiyalash, huquqiy madaniyatini oshirish, qalbida erkinlik va mas’uliyat tuyg’ularini qaror toptirishdir.
Biz qonun ustuvorligiga erishgandagina o’zimiz uchun maqsad qilib qo’ygan adolatli, erkin jamiyat, farovon hayot barpo etishimiz mumkin.Jamiyat hayotining mezoni bo’lgan Konstitutsiyani chuqur va har tomonlama o’rganishimiz, uning ma’nosiga yetib borib, amaliy hayotimizning doimiy qo’llanmasiga aylantirishimiz darkor”
Haqiqatan ham, istiqlol yillarida biz shaxs va oilaning huquq va manfaatlarini himoya qilish, aholining huquqiy madaniyati va ongini oshirish vazifasini o’zimiz uchun maqsad qilib qo’yish bilan birga, bu masalani tom
ma’nodagidemokratikhuquqiydavlatvafuqarolikjamiyatiqurishningmuhimshartisifatidabelgilaboldik.
Huquqiy ong bo’lmasa, demokratiya bo’lmaydi. Huquqiy ongning o’sishi – bu huquqiy madaniyatning o’sishi, qonunlarni ijro etish va hurmat qilish darajasining oshishi, demakdir.
Huquqiy ong qonunlarni nafaqat bilishni, balki qonun talablariga itoat etishni ham anglatadi. Albatta, inson hamma qonunlarni bilishi mumkin emas, ammo u eng muhim qonunlarni bilishga majbur. Bu konstitutsiyaviy majburiyatdir.
Prezidentimiz kuyinib gapirganlaridek: “Odamlarimizda huquqiy ong, huquqiy madaniyatning yetarli darajada emasligi jamiyatda adolat mezonlarining buzilishiga olib kelmoqda. Ochig’ini aytganda, har birimiz ham Konstitutsiya va qonunlarimiz bergan haq-huquqlarimizni yaxshi bilmaymiz va uni himoya qila olmaymiz...
Bir so’z bilan aytganda, Konstitutsiyamiz biz uchun nazariy-huquqiy hujjat – burch va majburiyatlarimiz majmuasigina emas. Balki u hayotimizni farovon etish, uni chinakam qonuniy asosda qayta qurish, o’z haq-huquqimizni ta’minlash, jamiyatda qonun va adolat ustuvorligini o’rnatishning hayotbaxsh manbaidir. Bu olijanob maqsadlarga erishish uchun barchamiz, avvalo, Konstitutsiyamiz va qonunlarimizning tub mohiyatini anglab yetishimiz va ularni hayotga tatbiq etish yo’lida birgalikda qat’iyat bilan kurashmog’imiz lozim”5.5 Bu haqda gap borar ekan, hech shubhasiz, aholini huquqiy axborotlar bilan ta’minlash, bunda ommaviy axborot vositalarining rolini yanada oshirish g’oyat dolzarb vazifa ekanini, ya’ni fuqarolarning axborot olish borasidagi konstitutsiyaviy huquqlarini ta’minlash, o’z navbatida, yurtdoshlarimizning huquqiy ongi va huquqiy madaniyatini oshirishga ham xizmat qilishini alohida ta’kidlash joiz.
Chunki, hayotda har bir inson o’zining insonligini o’z haq-huquqlari va majburiyatlarini bilganda, anglab yetgandagina to’la his etadi. Aks holda, o’zining va o’zgalar huquqini tanib olmagan inson jamiyatning jonsiz bir “murvati” bo’lib qolaveradi. SHu ma’noda, komil insonni tarbiyalashning eng zarur shartlaridan biri ham aslida insonning huquqni, qonunlarni chuqur bilishiga alohida ahamiyat qaratishdan iboratdir.
Yoshlarni huquqiy merosimiz xazinasidagi asarlar bilan tanishtirish, hech shubhasiz, yosh avlodni o’zligini tanishiga, Vatanga muhabbat, kattalarga hurmat-e’tibor ruhida kamol topishiga xizmat qiladi. SHu bois buyuk allomalarimizning “Hidoya”, “Sunani Termiziy”, “Siyosatnoma”, “Usulul fiqh” kabi huquqiy asarlarini nashr etish, ularning mazmun-mohiyatini ommaviy axborot vositalarida muntazam targ’ib etish dolzarb vazifalardandir.
Qisqa aytganda, ommaviy axborot vositalari aholining ayrim hollarda hali ham saqlanib kelayotgan eskicha psixologiyasini tamomila o’zgartirib, odamlarda yangi huquqiy ongni shakllantirishga xizmat qilishi zarur. Toki har bir yurtdoshimiz insonning huquq va erkinliklari ayni vaqtning o’zida burch, majburiyat va mas’uliyat ekanini chuqur his etadigan bo’lsin.6 Albatta, huquqiy ong huquqiy bilimlarsiz shakllanmaydi va rivojlanmaydi. Har bir kishiga shuni tushuntirish lozimki, demokratiya sari yo’l – bu faqat qonunlarning soni bilan emas, balki ularning kishi ongiga nechog’lik singishi bilan belgilanadi.
Huquqiy ong uch mezonda yotadi, bular – shaxs, jamiyat, davlat. Har qanday jamiyatning belgilari jamiyat va davlat, shaxs va jamiyat o’rtasidagi o’zaro munosabatlar bilan aniqlanishi lozim. Davlat doirasida qonunlarni bajarish shart, jamiyatda esa axloqiy, ma’naviy qadriyatlarga amal qilish lozim.Inson jamiyatning a’zosi sifatida ma’naviy-axloqiy qadriyatlarni hisobga olishi shart.SHaxsning jamiyatdagi o’rni uning ma’naviy qadriyatlarga, axloqiy normalarga hurmati bilan o’lchanadi.
Huquqiy madaniyat va ma’naviy qadriyatlar, axloq-odob haqida gap borganda, avvalambor, ko’hna zaminimiz odamlari ko’nglida ustuvor bo’lgan adolat, haqiqat, iymon, olijanoblik, bag’rikenglik, mardlik, tantilik kabi ulug’ xislatlar Konstitutsiyamizdan munosib o’rin olganini alohida e’tirof etish joiz. Zotan, Asosiy Qonunimiz xalqimizning irodasini, ruhiyatini, ijtimoiy ongi va madaniyatini o’zida yaqqol aks ettiradi.
Binobarin, inson o’z huquqini anglab yetar ekan, unda huquq bilan birga, burch va mas’uliyat borligini ham unutmasligi lozim. Agarki jamiyatda hammamiz faqat huquqimizni talab qiladigan bo’lsak, Vatan himoyasi, yurt tinchligi, tinchlik-osoyishtalikni ta’minlash, mehnatga munosabat, atrofdagi voqealarga daxldorlik, vijdon amri degan tushunchalarning amaliy ifodasi qanday bo’ladi, degan mantiqiy savol tug’ilishi tabiiy.
Yuqoridagi fikr-mulohazalarni umumlashtirib aytganda, huquqiy madaniyat – bu qonunchilik bergan imkoniyatlardan, Konstitutsiyada muhrlangan va qonunlarimizda o’z ifodasini topgan, biz deyarli har kuni takrorlab gapiradigan masala, ya’ni, bizga berilgan shuncha huquqlardan imkon qadar ko’p foydalanish darajasi deganidir.
Ne-ne buyuk mutafakkir ajdodlarimiz yashab o’tgan shonli tariximizning qaysi davrini olmaylik, yurtimizda ilmu ma’rifat va ma’naviyatga, yuksak huquqiy ong va madaniyatga intilish hech qachon to’xtamaganini, bu buyuk insoniy sifatlar xalqimiz dahosining o’lmas timsoli sifatida eng og’ir va murakkab davrlarda ham yaqqol namoyon bo’lib kelganini ko’rishimiz mumkin.
Markaziy Osiyo xalqlari, shu jumladan o’zbek xalqi ko’p ming yillik boy huquq va huquqiy madaniyat tarixiga ega. Payg’ambarimiz vafotlaridan keyin islom olamida yangi qonun va qoidalarni paydo bo’lish jarayonini to’xtadi. Ana shu davrdan boshlab barcha huquqiy muammomalar Qur`oni Karimda va Payg’ambar alayhissalom sunnatlarida korsatilib berilgan vaqonun qoidalar hal etilib xuquqiy tarbiya beriladigan boldi. Islom huquqshunosligi asosan Qur`oni Karim va sunnati nabaviya asosida shakllandi va sunnatning negizini tashkil etuvchi hadislarni jamlab kelajak avlodni huquqiy tarbiyalash ehtieji vujudga keldi. Dastlabki urinishlar natijasida Zayd ibn al-Xasanning «Majma` ul-fiqh», Malik ibn Anasning «al Muvatga» nomli vaAhmad ibn Hanbaning «al-Musnad» nomli hadislar toplamlari vujudga keldi. Lekin ushbu hadislarning mualliflari mavjud hadislarni saralab toplashni ozlariga vazifa qilib qoymasdan, muayan tartibga keltirib quyganlar.
Huquqiy tarbiya o’quvchilar o’rtasida fuqarolik tarbiyasini tashkil etishda o’ziga xos o’rin tutadi. 1993 yil mart oyida e’lon qilingan "Sinfdan va maktabdan tashqari tarbiyaviy ishlar Konsepsiyasi"da qayd etilganidek: "Huquqiy tarbiyaning asosiy maqsad va vazifalari Konstitutsiyani, davlat haqidagi ta’limotni, chunonchi, fuqarolik, oila, mehnat, xo’jalik, ma’muriy, nafaqa, sud ishlarini yuritish va boshqarish huquqlarining ma’nosini tushuntirishdan, bolalarni davlat qonunlarini yuksak darajada hurmat qilish, ularga so’zsiz rioya etish, adliyaviy bilimlarni egallashga ehtiyoj sezish, tartib va intizomni buzuvchilarga nisbatan murosasizlik ruhida tarbiyalash, xalqaro huquqning ahamiyatga molik masalalari, xalqaro tashkilotlar (BMT, Xavfsizlik Kengashi va hokazo) faoliyati haqida o’quvchilarning umumiy tasavvurlarini shaklantirishdan iboratdir1.
1997 yil 29 avgustda O’zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining IX sessiyasida qabul qilingan "Jamiyatda huquqiy madaniyatni yuksaltirish Milliy dasturi"
- o’quvchilarda huquqiy bilimlarni egallashga bo’lgan ehtiyojni yuzaga keltirish, huquqiy ongni qaror toptirishga erishish;
- o’quvchilarda huquqiy faoliyatni tashkil etish borasidagi ko’nikma va malakalarni hosil qilish;
- ularda ijobiy mazmundagi huquqiy sifatlar (huquqiy tasavvur, huquqiy idrok, huquqiy tafakkur, huquqiy savodxonlik, huquqiy mas’ullik, huquqiy faollik, huquqiy e’tiqod va huquqiy salohiyat)ning qaror topishini ta’minlash;
- o’quvchilar huquqiy madaniyati (huquqiy me’yorlar, qonunlarning ijtimoiy hayotdagi ahamiyatini to’g’ri baholash, harakat va harakatsizlikning qonuniy bo’lishiga erishish, davlat Konstitutsiyasi va ramzlarini, shuningdek, fuqarolik huquq va burchlarini hurmat qilish, yuridik xizmatlarga nisbatan ehtiyojni qaror toptirish, har qanday ko’rinishdagi huquqbuzarliklarga qarshi murosasiz kurashni tashkil etish)ni shakllantirish.
Huquqiy madaniyat – shaxs tomonidan huquqiy bilimlarning o’zlashtirilishi hamda huquqiy faoliyatni tashkil etish darajasining sifat ko’rsatkichi. SHaxs huquqiy madaniyatini shakllantirish quyidagi shartlar asosida amalga oshiriladi:
- keng ko’lamli ijtimoiy – huquqiy axborotli muhitning mavjudligi;
- shaxs huquqiy ongini shakllantirish;
- shaxs huquqiy faoliyatini yo’lga qo’yish.
Pedagogik jarayonda huquqiy ta’lim-tarbiyaning samaradorligini hisobga olish maqsadga muvofiqdir. O’quvchilarning huquqiy jihatdan tarbiyalanganligi quyidagi holatlar bilan o’lchanadi:
-o’quvchilar tomonidan "O’zbekiston davlat va huquqi asoslari", "Konstitutsiyaviy huquq" kabi o’quv fanlarining o’zlashtirilish darajasi, ya’ni, huquqiy bilimlarning muayyan darajasi;
- - ularning umumjamiyat axloqiy-huquqiy me’yorlariga amal qilishlari hamda maktab va boshqa o’quv yurtlari ichki tartib-qoidalari, shuningdek, o’quvchilar qoidalariga rioya qilishlari, tartib-intizomni buzish hollarining kamayganligi, o’z-o’zini nazorat qilish, xatti-harakatlari mohiyatini ongli tahlil etish qobiliyatiga ega ekanliklari – huquqiy ongning muayyan darajasi;
- - ijtimoiy-huquqiy faolliklari (o’quvchilar o’z-o’zini boshqaruv organlari, yoshlar uyushmalari, tabiatni muhofaza qilish, shuningdek, jamoat tashkilotlari hamda huquq-tartibotni himoya qiluvchi tashkilotlar faoliyatini uyushtirishdagi ishtiroklari) – amaliy-huquqiy faoliyat ko’lami.
O’quvchilardagi qiziqishni inobatga olgan holda huquqiy mazmundagi, xususan, "Biznes faoliyatini tashkil etishning huquqiy asoslari", "Maishiy xizmat turlaridan foydalanishning huquqiy mohiyati", "Oldi-sotdi munosabatlarining huquqiy-axloqiy negizlari", "YOshlar jinoyatchiligi va uning oqibatlari", "XXI asrga narkotiklarsiz qadam tashla!", "Sening huquq va burchlaring", "YOshlar ijtimoiy mehnatini tashkil etish shartlari", "Nikoh-muqaddas bitim", "Tabiatni muhofaza qilishning huquqiy asoslari", "Terrorizm – mudhish jinoyat", "Qonuniy harakat va harakatsizlik nima?" kabi mavzularda ma’ruza va seminarlar tashkil etish, mustaqil ravishda huquqiy bilimlarni o’zlashtirish maqsadida ularni huquqiy adabiyotlar bilan ishlashga o’rgatish, jinoiy xatti-harakatlar va ularning oqibatlari xususida davra suhbati, huquqni muhofaza qilish organlari xodimlari bilan uchrashuv va konferensiyalar o’tkazish, shuningdek, huquqiy mavzudagi kinofilmlar namoyish etish g’oyat muhim.
SHaxsda huquqiy sifatlarni qaror topishi uning ijtimoiy – huquqiy munosabatlar jarayonidagi ishtiroki darajasi va sifatiga bog’liq. Doimiy ravishda, maqsadli tarzda huquqiy munosabatlarga kirishish shaxsda huquqiy madaniyat unsurlarining shakllanishiga olib keladi.SHu bois jamiyat mafkurasi, ijtimoiy tuzumda qaror topgan huquqiy munosabatlar mazmuni, uning g’oyalari o’quvchilar huquqiy madaniyatini shakllantirishda yetakchi o’rin tutadi.
Huquqiy tarbiyani tashkil etish davrida o’quvchilar faoliyati mazmunini tahlil etish, ularda o’z faoliyatlariga nisbatan tanqidiy yondoshuvni qaror toptirish, shuningdek, o’z faoliyatlarini real baholashga o’rgatib borish talab etiladi.
O’quvchilar "O’zbekiston davlat va huquqi asoslari", "Konstitutsiyaviy huquq" o’quv predmetlari asoslarini o’rganish jarayonida O’zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi, fuqarolik jamiyati asoslari, milliy davlat tuzilishi, davlat organlari tizimi, vakillik hokimiyati organlari, O’zbekiston Respublikasi Prezidenti, Respublika Vazirlar Mahkamasi, vazirliklar va davlat qo’mitalari, mahalliy boshqaruv organlari, fuqarolarining o’zini o’zi boshqarish organlari, Qoraqalpog’iston Respublikasi Vazirlar Kengashi kabi organlar faoliyatini o’rganish, shuningdek, O’zbekiston Respublikasi ichki va tashqi siyosati mohiyatini o’zlashtirish, xalqaro huquqiy munosabatlarni yo’lga qo’yilishi tartibi bilan tanishib borar ekanlar, ayni vaqtda ularda nafaqat huquqiy ong balki siyosiy ong ham shakllanadi.