Olishuvchining qanday borishini va olishuv davomida kurash qoidalariga qatiy rioya qilishini kuzatib boradi.
Olishuv davomida yon tomonlarda o`tirgan hakamlarning baholarini ham kuzatib boradi.
Kurashchi tomonidan qo`llanilgan har bir usulni baholashda kurashni (“To`xta” buyrug`i bilan) to`xtatib 2-3 sekund ichida tegishli bahoni berib, “Kurash” deb qaytadan olishuvni boshlash kerak.
Olishuv davomida qanday buzganlik uchun beriladigan ogohlantirishlari e`lon qilish uchun o`rtadagi hakam bellashuvi (“To`xta” komandasi bilan) to`xtatib, 8-10 sekund ichida tegishli ogog`lantirish berib, (bu vaqt ichidan kurashchildar kiyimlarini tartibga solib o`z joylarida turishlari lozim. “Kurash”deb qaytdan olishuvni boshlash kerak.
Vaqtni kuzatib boruvchi hakamning bildirishi bilan o`rtadagi hakam belgilangan olishuv vaqti tugaganligini “Vaqt” iborasini aytib, ishorasini qo`l bilan ko`rsatib olishuvni to`xtatish kerak.
YOn tomondagi hakamlar.
YOn tomondagi hakamlar o`rtadagi hakamga yordam eradilar, kurashchilarning hamma harakatlarini baholab boradilar.
Kurashchilar harakatini baholashda gilamdagi uchta hakamdan ko`pchilik fikri bilan ish yuritiladi.Agar fikrlar har xil bo`lsa, bir fikrlarga kelish uchun maslahatlashib olishlari kerak.
YOn tomondagi hakamlari bir biriga qarama-qarshi tomonlardagi kurslarda o`tirishadi. Olishuv davomida zaruriyat tug`ilib qolsa, yon tomondagi hakam olishuvni tik turib kuzatishi ham mumkin:
Agar kurashchilarning biriga yoki ikkalasiga ham qisa fursatga gilamdan chiqish zarur bo`lib qolsa, yon tomondagi hakamlardan biri hamrohliq qilish zarur.