Milliy kurashimiz tarixidan kurashchining jismoniy tayyorgarligi tezlik va uni rivojlantirish uslubi



Yüklə 0,99 Mb.
səhifə2/4
tarix21.04.2023
ölçüsü0,99 Mb.
#101359
1   2   3   4
Milliy kurashimiz tarixidan kurashchining jismoniy tayyorgarligi

MILLIY KURASHIMIZ TARIXIDAN
O‘zbekistonda sportning o‘ziga xos xususiyatlaridan biri aniq ifodalangan milliy xarakterdagi sport turlari, ag‘darish, ko‘pkari, poyga, kurash, xalq o‘yinlari va hokazolarning birligidir. Bu sport turlarining hammasi qadim zamonlarda paydo bo‘lgan taraqqiyotning har bir tarixi bosqichida turli ijtimoiy vazifani bajargan va o‘z shaklini o‘zgartirgan. Fikrimizning dalili sifatida, keling, o‘tmishga bir nazar tashlaylik. O‘zbek kurashi bir necha ming yillik tarixga ega. Qadimiy qo‘lyozmalarda eramizdan oldingi davrda ham kurash ommaviy musobaqalar tarkibidan munosib o‘rin olganligi haqida ma’- lumotlar mavjud. Buni ko‘pgina yozma va tarixiy yodgorliklar tasdiqlaydi. Masalan, Antik Dunyo olami muallif Elan Klavdiy ma’lumotlariga ko‘ra hozirgi O‘zbekiston hududida qadimgi zamonlarda Sak, Massaget va boshqa qabilalar yashagan. Ular orasida kuchlar sinovi-kurash keng tarqalgan: jan yigitlar uylanadigan bo‘lishsa, qalliqlarini kurashda yengish lozim bo‘lgan. Mashhur sharqshunos olim va etnogrof S.R.Tolstov o‘zbeklarning o‘tmishda, Ramazon, Qurbon Hayitlarida, Navro‘z kunlarida va sayillarida kurashga katta ahamiyat berishganini yozadi. Shu bayramlarning dastlabki uch kunida keksalar rahbarligida kurash uyushtirilgan, el tomoshaga chiqqan. Mahbuslar ozod qilingan, aybdorlar gunohidan o‘tilgan. Ko‘pgina arxeologik materiallarning tasdiqlashicha, o‘zbek xalqining turmushi va hayotida kurash asosiy o‘rinlardan biri sanalgan. Darhaqiqat, xalqimiz kurashimizga kishini jismonan chiniqtirishning asosiy vositalaridan biri sifatida qaragan. Etnografik tadqiqotlarga ko‘ra mamlakatimiz hududida kurashimiz milodning IX - X asrlarida keng rivojlangan bo‘lib, 6 hamma sayillarda kurash musobaqalarini o‘tkazish odatga aylangan ekan. Qadimgi manbalarni birma-bir ko‘zdan kechirsak, kurashimizning qanchalik rivojlanganiga, o‘zbek elida ko‘p bahodirlar etishib chiqqaniga amin bo‘lamiz. Ular kuch sinash, og‘ir yuklarni ko‘tarish, kurash bobida mislsiz mahoratlari bilan yetti iqlimga dong taratganlar va xalq orasida polvonlar deb atalganlar. O‘zbek xalq og‘zaki ijodi namunalari – «Alpomish», «Go‘ro‘g‘li» kabi dostonlarda ham polvonlar kurashi madh etilgan. Tarixiy manbalarda yozilishicha, milodning X asrida hozirgi O‘zbekiston hududida ko‘plab kurash musobaqalari o‘tkazilgan ekan. Qadimgi Xitoy qo‘lyozmasi – «Tan-shi» da Farg‘onada Navro‘z bayramida aholi ikkiga bo‘linib, musobaqalar o‘tkazilganligi qayd etilgan. X asr arab geografi va sayohatchisi Maqsudiyning ma’lumot berishicha, Marv, Samarqand, Balx kabi yirik shaharlarda ham Navro‘z bayramida shunday bellashuvlar o‘tkazilgan. Buyuk hakim Abu Ali ibn Sino «Kitob-al qonun fit tib» asarida kurashning ikki turi haqida ma’lumot beradi. Uning yozishicha, dastlabkisida ikki kishi bir-birini belbog‘idan ushlab, o‘ziga tortib yiqitmoqchi bo‘lsa, boshqa turida esa biri ikkinchisining to‘ni (yaktak) yoqasidan, qo‘lidan ushlagan holda raqibini oyoqlarini chalib, o‘rama va qaytrama usullarini qo‘llab yiqitishga harakat qilgan. Faylasuf, shoir va sozanda Pahlavon Mahmud (1247-1326) Eron, Turkiston va Hindistonda kuragi yerga tegmagan polvon sanalgan. 1881-yil Bombeyda nashr etilgan «Otashkadan Ozariy» kitobida quyidagi satrlar bitilgan ekan: «Ismi Mahmud, Puriorivaliy laqabi bilan shuhrat qozongan, o‘z zamonasining ovozasi olamni tutgan yagona pahlavon edi». Tarixga bir nazar tashlasak, qadim-qadim zamonlarda, ayniqsa, Amir Temur zamonida milliy kurashimiz juda ham rivojlangan. Kurash Amir Temur lashkarlari uchun jismoniy tarbiya, kuch-qudrat manbayi bo‘lgan. Ayniqsa, Amir Temur kurashning musobaqa va jang turlariga katta e’tibor bergan hamda qo‘shinlarini kurash ilmini o‘rganishga chaqirgan. Amir Temur nafaqat davlat arbobi, zukko, ma’rifatparvar, harbiy ilmni mukammal bilgan tarixiy shaxs, balki kurash san’atini ham chuqur bilgan kuchli polvon bo‘lgan. 7 Mahmud Koshg‘ariy o‘zining mashhur «Devoni lug‘otitturk» kitobida polvonlar bir-birini belidan ushlab oyog‘i yordamida raqibini ko‘tarishi haqida yozadi. Polvonlarning mislsiz qahramonliklari, o‘zaro kurashlar. Firdavsiyning «Shohnoma»- sida, Sheroziyning «Devon»ida, Nizomiyning «Hamsa»sida madh etilgan. O‘zbek xalq og‘zaki ijodida ham milliy kurash sporti haqida qimmatli ma’lumotlar bor. Bu janrdagi adabiyotlarda biz kurashning mavjudligini emas, balki uning xususiyatlari, kurash shartlari va texnikasi haqida ham bilib olamiz. Milliy kurash ertaklarda ham aks ettirilgan. Masalan, «Hasan va Zuhro» ertagida biz quyidagi satrlarni o‘qiymiz: «Oradan yetti yil o‘tib ketibdi, Hasan va Zuhro ancha ulg‘ayibdilar. Kunlardan bir kun Hasan bolalar bilan kurash tushibdi va shu zaylda butun qishloq bolalarini yengibdi. Hasan ulg‘ayib, kun ortib borgan sari kuchi ham oshib boribdi. Kurashda katta yoshli kishilarni ham kuragini yerga tegiza boshlabdi. Hasan qaddi-qomati kelishgan yigit bo‘lib o‘sibdi». «To‘lg‘anoy» ertagida esa jang lavhasi tasvirlanadi. Qo‘qon xoni qo‘shinlari jang bilan O‘rta tepaga yurish qiladilar. Qo‘qon xoni va O‘rta tepa lashkarlari bir-biriga to‘qnash kelgach, jangni boshlamay qarama-qarshi saf tortib turadilar. Qo‘qon bahodirlari oldiga chiqib, O‘rta tepalik polvonlarni kurashga chaqiradilar. O‘rta tepalik polvon Ollonazarning bellashuvlari faqat raqibi ustidan g‘alaba qilish vositasi emas, balki jangchilarga axloqiy va emotsional ta’sir ko‘rsatganligidan dalolat beradi. Polvonlar bellashuvi ramziy xarakterda bo‘lib, kurashuvchi tomonlarning jismoniy tayyorgarligini, ma’naviy qiyofasini aks ettirar hamda jangchilarning jangovarlik kayfiyatini ko‘tarishga yordam berar edi. «Hirs polvon» ertagida polvonlik sifatlarini shakllantirishda mashq qilishning roli qayd qilinadi. «Men hozirgi vaqtgacha, – deydi ertak qahramoni, – o‘zimga teng keladigan raqibni uchratmadim. Raqib bilan uchrashganda mag‘lub bo‘- lishni hech istamayman. Shuning uchun kurashishni doimo mashq qilaman». Bu ertaklar jismoniy tarbiya jismoniy tayyorgarlikka yordam beruvchi muayyan sistemadagi mashqlar ekanida dalolat beradi. Masalan, Hirs polvon qoqma deb nomlangan usulni qo‘llagan. Hozirgi vaqtda ham o‘zbeksitonlik kurashchilar bu usuldan foydalanadilar. 8 Xalq og‘zaki ijodi asarlari orasida «Alpomish» dostoni alohida o‘rin egallaydi. Undagi badiiy g‘oya hayotiy asosga ega bo‘lib, real tarixiy voqealar bilan qo‘shilib ketadi. Dostonda polvonlarning bellashuvi, ularning kuchlilik, chaqqonlik, chidamlilik, botirlik kurashish usullarini qo‘llay bilish sohasida musobaqalashuvi badiiy shaklda tasvirlanadi. Jumladan, Barchinoyga bo‘lgan muhabbat tufayli sherdek bo‘lib ketgan Alpomish kurashda Ko‘kaldoshni osmonga otib yuborib, hammani hayajonga soladi. O‘zbeklar orasida kurashning mushtlashish, qo‘l qisish kabi turlari keng tarqalgan. Sa’diy o‘zining «Guliston» asarida xalq milliy kurashiga katta o‘rin beradi. Jumladan, u bir kimsa kurashni mahorati va san’- atini egallab olgan va uch yuz oltmishta usulini bilishi, shu sababli har kuni har xil usul bilan kurash tushishini yozadi. O‘z shogirdlaridan birini yoqtirgani uchun unga 359 usulni o‘rgatgan. Bttasini undan yashirgan. Yigitcha kurash san’atini mukammal o‘zlashtirgandan so‘ng to‘la kuchga erishgan, hech kimsa unga qarshilik ko‘rsata olmagan. Asardagi shu parchadan ham, xalq milliy kurashi juda ko‘p usullariga ega bo‘lganini ko‘ramiz. Bu usullarni o‘rgatgan ustozmurabbiylar ham bor, lekin bularning tavsifi bizgacha yetib kelmagan, kurash har doim xalqimizning sevimli tomoshasi bo‘lgan. O‘zbek xalqi milliy kurashni insonni jismoniy tarbiyalash vositasi deb qaraydi. Xalq o‘zida kuchlilikni, iroda va botirlikni mehnatkash xalqning axloqiy sofligini mujassamlashtirgan kurashga-polvonlarga hurmat bilan munosabatda bo‘lar edi. Turli bayramlarda ba’zan esa odatdagi kunlarda ishdan bo‘sh vaqtlarda kurash musobaqalari o‘tkazilar edi. Bu musobaqalar Navro‘z bayrami kunlari, ayniqsa, avj olib, ommaviy xalq o‘yinlari sifatida o‘tkazilar edi. Unda turli shahar va qishloqlardan kelgan kurashchilar ishtirok etardi. Kurashchilar juftini tanlashda ularning vazni ko‘z bilan chamalab aniqlanar edi. Bellashuvga taxminan bir xil vazndagi polvonlarni kiritishga harakat qilar edilar. Bellashuv oldidan kurashchilar oyoq-qo‘llar chigilini yozish mashqlarini bajarishmas, faqat gavdani uqalar, silash qo‘llashar edi. Bellashuv esa na o‘zining davomiyligini va na bir kunda nechta o‘tkazilishi bilan chegaralanar edi. Bellashuv sur’ati tez bo‘lib ular o‘rtasidagi tanaffus juda qisqa bo‘lar edi.

Yüklə 0,99 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin