Milliy kurashimiz tarixidan kurashchining jismoniy tayyorgarligi tezlik va uni rivojlantirish uslubi


TEZLIK VA UNI RIVOJLANTIRISH USLUBI



Yüklə 0,99 Mb.
səhifə4/4
tarix21.04.2023
ölçüsü0,99 Mb.
#101359
1   2   3   4
Milliy kurashimiz tarixidan kurashchining jismoniy tayyorgarligi

TEZLIK VA UNI RIVOJLANTIRISH USLUBI
Kurashchining tezkorligi – bu uning mumkin qadar qisqa vaqt ichida ayrim harakatlar va usullarini bajarish qobilyatidur. Tezkorlik sifatini yaxshi rivojlantirmasdan kurashda yuqori natijalarda erishib bo‘lmaydi. O‘z raqibidan hatto sekundning yuzdan biri bo‘lagiga tezroq harakat qiladigan kurashchi uning oldida katta ustunlikka ega bo‘ladi. Kurashchi tezkorligi ko‘p jihatdan uning asab jarayonlari harakatchanligiga, bellashuvda har safar yuzaga kelgan vaziyatni bir zumda idrok etish va to‘g‘ri baholay olish malakasiga,taktik harakatlarni o‘z vaqtida aniq bajarishiga bog‘liq. 12 Tezkorlikni rivojlantirish uchun quyidagi uslublar qo‘llaniladi. Mashqlarni yengillashtirilgan sharoitda bajarish uslubi. Harakatlar va qayta tezkorlik bilan bajariladigan alohida harakatlarni yengillashtirilgan sharoitlarda ko‘p marta takrorlash. Masalan, usulning kichik vazn toifasidagi sherik bilan tezkorlikka e’tibor qaratgan holda bajarilishi. Yengillashtirilgan sharoitlarda bajarish tezligi bo‘yicha oddiy sharoitlarda bajariladigan harakatlardan oshadigan juda tez harakatlarning bajarilishi rag‘batlantiriladi. Masalan, yugurish tezlikni oshirish uchun qisqa yo‘lakcha bo‘ylab yugirish qo‘llaniladi. Mashqlarni og‘irlashtiradigan sharoitlarda bajarish uslubi. Kurashchi musobaqalarda duch keladigan sharoitlardan ancha qiyin sharoitlarda maksimal tezkorlik bilan bajaradigan harakatlarni ko‘p marta takrorlaydi. Masalan, og‘ir vazndagi sherik bilan maxsus mashqlarni bajarish. Takrorlash kuchlanishlar uslubi: Ikki xil ko‘rsatishda qo‘llaniladi: – mashqlarni eng katta va unga yaqin tezlik bilan bajarish; – mashqlarni shunday sharoitda bajarish kerakki, bunga eng katta kuch zo‘riqishlari nisbatan yengil ikkita katta tezlik bilan bir joydan ikkinchisiga o‘tkazish yo‘li orqali ta’minlanadi. O‘yin va musobaqa usullari ham katta ahamiyatga ega bo‘lib, ulardan foydalanish sportchining emotsional muhiti, ruhiy holati, raqobatchilik hissini o‘zgarib turishi hisobiga tezkorlikni rivojlantirish uchun qo‘shimcha turtki (raqobat) bo‘lishi mumkin. Kurashchining tezkorlik sifatlarini tarbiyalash uchun maksimal tezlik bilan bajariladigan mashqlar qo‘llaniladi. Tezlik mashqlari texnikasi ularni eng katta tezlik bajarilishini ta’minlashi shart. Mashqlarni bajarish paytida asosiy kuchlanishlar bajarish usullariga emas, balki uning tezligiga qaratilgani uchun mashqlar shunchalik yaxshi o‘rgatilgan va egallangan bo‘lishi kerak. Mashqlar davomiyligi shunday bo‘lishi kerakki, bunda bajarish oxiriga kelib tezlik, toliqishga qaramasdan, pasaymasligi shart. Tezlik mashqlarini bajarish sharoitlari katta ahamiyatga ega. Har bir mashq davomida 20 soniyadan oshmasligi lozim, dam olish oralig‘i mashqlarni takrorlash boshida bir tomondan kurashchining tiklanishi, ikkinchi tomondan uning markaziy asab tizimi optimal qo‘zg‘aluvchanligini ta’minlashi, optimal bo‘lishi kerak.



Yüklə 0,99 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin