maxsus jismoniy tayyorgarlikni tashkil etish lozim. Taktik tayyorgarlik maqsadi va vazifalari Kurash
taktikasi
-
bu
musobaqalarda eng yaxshi natijaga erishish uchun yuzaga kelgan muayyan
sharoitlarda texnik, jismoniy va irodaviy imkoniyatlardanmaksadga muvofiq holda
foydalanishdir. Taktik tayyorgarlik sportchilarda taktika sohasidagi zarur bilimlarni
egallash, sport kurashini to’g’ri olib borishda ma’lum malaka hamda bilimlarni
shakllantirish, shuningdek taktik mahoratni takomillashtirishga qaratilgan.Taktik
tayyorgarlikning asosiy maqsadi sportchida musobaqada g’alabaga erishish yoki
yuqoriroq natijani ko’rsatish maqsadida sport bellashuvini to’g’ri tashkil qilish hamda
olib borish qobiliyatini tarbiyalashdan iborat. Sport taktikasini egallash jarayonida bir
qator xususiy vazifalar hal qilinadi. Sportchi:musobaqa vaziyatini shunday qabul
qilishi va tahlil qilishi lozimki, ushbu vaziyatdan kelib chiqadigan taktik vazifalarni
tushuna bilishi hamda qisqa vaqt ichida uni hayolan va harakat bilan hal etishi
zarur;musobaqada o’z kuchidan shunday foydalanishi kerakki, raqib ustidan g’alaba
qozonish maqsadida, uni oxirigacha safarbar qila olishi lozim;
to’satdan o’zgarib
qolgan vaziyatlarda bellashuv rejasini mustaqil o’zgartira olishi kerak
Taktik tayyorgarlikning asosiy vazifalari:
taktik bilimlarga ega bo’lish;
taktik ko’nikmalarni egallash;
taktik malakalarga ega bo’lish.
Taktika vositalariga qat’iy belgilangan harakat tuzilmasi va ularni namoyon
qilish uchun zarur jismoniy sifatlar darajasi bilan ifodalanadigan sportchilar
harakatlari kiradi.Kurashda taktika uchta asosiy bo’limlardan tashkil topadi:hujum
harakatlarini tayyorlash taktikasi;bellashuvni tuzish taktikasi;
musobaqalarda qatnashish taktikasi: Texnik usullarni amalga oshirish taktik tayyorgarligining hamma usullari
nafakat mustaqil, balki uyg’unlashgan holda qatnashishi mumkin (ya’ni usulni
amalga oshirish uchun bir xil bo’lgan qulay sharoitlar bitta emas, balki bir-birini
to’ldirib keladigan bir qancha usullar bilan tayyorlanadi).