Nazorat savollari. Tikuv sexini loyixalash bosqichlari.
Texnologik oqimlarni loyixalashning dastlabki ma’lumotlari.
Ishlab chiqarish oqimining asosiy parametrlari va ularni hisoblash.
9-MA’RUZA. Mavzu: TIKUV SEXI VA TEXNOLOGIK JARAYONLARNI LOYIHALASHNING DASTLABKI MA’LUMOTLARI. (2-soat)
Reja: 1. Ishlab chiqarish oqimida modellarni ishlab chiqarishga qo’yiladigan talablar. 2. Buyum modeliga moslab gazlamani tanlash.
3. Asbob-uskuna va tikish usullarini tanlash.
1. Ishlab chiqarish oqimida modellarni ishlab chiqarishga qo’yiladigan talablar. Bu ishning eng ma’sul bosqichi bo’lib, keng assortimentda mahsulot tayyorlab berish, oqimni bir ma’romda ishlashi va mahsulotning samaradorligi bilan bog’liqdir. Tanlangan buyum modellari ikki guruxga bo’linuvchi talablarga javob berishi kerak:
1) kiyimning sifati va aholi talabi hususiyatlarini shakllanishini ta’minlovchi iste’molchi talablar;
2) kam mexnat va kam material sarflab yuqori sifatli kiyim tayyorlashga yo’naltirilgan ishlab chiqarish talablari.
Kiyimning talab hususiyatlari quyidagilar bilan aniqlanadi.
a) gigiyenik
b) ekspluatatsion
v) estetik.
2. Buyum modeliga moslab gazlamani tanlash. Bitta ishlab chiqarish oqimida tikishga mo’ljallangan modellar belgilangan assortiment talabiga javob berishi kerak. Model konstruktsiyasi moddiy jixatdan va mexnatni sarflanishi tomonidan tejamli va qulay konstruksiyali bo’lishi talab qilinadi. Modellar mahsulot sifatini darajasini ta’minlab beruvchi, o’rtachadan yuqori murakkab ishlov beradigan ko’rsatkichlarga javob berishi kerak
Ishlab chiqarish oqimida yuqori unumdorli mashinalarni qo’llash tavsiya etiladi, bu esa ishlab chiqarish oqimini quvvatini oshishiga olib keladi, bu o’z navbatida ishlab chiqariladigan modellar sonini ko’paytirishni talab qiladi. Ishlab chiqarish oqimiga yangi modellarni tushurish vaqtida ish unumdorligi bir necha marta pasayadi. Buni oldini olish maqsadida bitta ishlab chiqarish oqimida tikiladigan modellarni tanlashda ularni konstruktiv va texnologik jixatdan o’xshashligi e’tiborga olinadi. Ko’p fasonli oqimlarda tikuv buyumlar ikkita-uchta modeldan iborat guruxlarga bo’linib tikishga tushuriladi. Modellarni tanlashda har bir guruxning murakkabligi va mexnat sarflashi har xil bo’lgan modellardan oborat qilib komplektlanadi, lekin bu guruxlarning har qaysisiga sarflanadigan vaqt bir biridan +10% dan ortiq farq qilmasligi kerak. Bir vaqtning o’zida bitta ishlab chiqarish oqimida tikishga mo’ljallangan modellarning tikish usullari o’xshash, ishlatiladigan mashina va moslamalar bir turli ekanligiga asoslanib tanlanadi. Bitta oqimda tikiladigan modellar konstruktiv va texnologik jixatdan o’xshash bo’lishi kerak deyiladi, ammo konstruktiv jixatdan o’xshash bo’lgan modellar texnologik jixatdat o’xshash bo’lmasligi mumkin, ya’ni modellarni konstruktiv va texnologik jixatlari bir biri bilan bog’liq emas. Tikuv ishlab chiqarish oqimlar uchun modellarni tanlashda asosiy mezon qilib texnologik o’xshashlik olinadi. Buning uchun modellarni o’xshashlik koeffitsienti hisoblanadi.
bu yerda
Nt.ux.- buyum tikish texnologik tartibi bir xil bo’linmas operatsiyalarini soni.
Nt.ux.- bo’linmas operatsiyalarni umumiy soni.
O’xshashlik koeffitsientini natijalari bo’yicha modellarni o’xshashlik koeffitsientining matritsasi tuziladi. Matritsa asosida modellar ishlab chiqarish oqimiga eng kam o’zgarish kiritish bilan tushuriladi. Modellarni ishlab chiqarish oqimiga maqbul varianti ketma ketligida tushurish natijasida yangi modellarni o’zlashtirish muddati qisqaradi, assortimentni kengaytirish imkoniyati oshadi.
Tanlangan modellar aniq bo’lgandan keyin ularga moslab gazlamalar ham moda yo’nalishiga moslab tanlanadi. Avra, astar va qo’shimcha materiallarni hususiyati va tashqi ko’rinishi ulardan tikiladigan modellarga va bir-biriga mos kelishi kerak. Bunda gazlamalarni nafaqat fizik-mexanik hususiyatlari, balki ularning rangi va ishlov berish tartibi bir xil bo’lishi kerak. Chunki shundagina tikish mashinalaridagi ipni kamroq o’zgartiriladi va namlab-isitib ishlov berish tartibi ham bir xil bo’ladi. Gazlamalarni tanlashda ularni bichish jarayoni ham hisobga olinadi.